1. Korporativ tuzilma deganda nimani tushunasiz?


Download 16.98 Kb.
bet2/2
Sana16.11.2023
Hajmi16.98 Kb.
#1778156
1   2
Bog'liq
kor.moliya.9docx

9.Lizing – bu uzoq muddatli ijara bo‘lib, uning oxirida ijaraga olingan obyektni sotib olish imkonini beradi. Bir tomondan bu oddiy ijara shakliga juda ham o‘xshash. Aslida esa ular o‘rtasidagi farq yetarlicha aniq.Lizing – bu xizmatdir. Misol uchun, traktorni lizingga olmoqchi bo‘lgan fermer ushbu xizmat turini ko‘rsatuvchi kompaniyaga tashrif buyuradi. O‘z navbatida, kompaniya o‘z mablag‘lari hisobiga traktorni xarid qiladi va uni mijozga ma’lum miqdordagi to‘lov evaziga muddatli foydalanish uchun topshiradi. Belgilangan ijara muddati yakunlanganidan so‘ng esa traktorga egalik qilish huquqi bevosita mijozning nomiga o‘tadi.Lizingda bitim predmetini mijoz tanlaydi. U sotuvchini tanlaydi. Xaridni esa lizing kompaniyasi amalga oshiradi va sotib olingan tovarni mijozga vaqtinchalik foydalanishi uchun kelishilgan muddatga beradi. Belgilangan summa to‘langandan keyin, ijaradagi mulk mijozning tasarrufiga o‘tadi.
10. Korporativ obligatsiyalar chiqarish talablarini keltiring
korporativ va infratuzilma obligatsiyalari chiqarish shartlari endilikda “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari bilan emas, balki qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi (Kapital bozorini rivojlantirish agentligi) tomonidan belgilash tartibi joriy qilinmoqda.Bundan tashqari, agar obligatsiya chiqarish to‘g‘risidagi qaror garov, bank kafolati yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ta'minlansa, ushbu qaror ta'minot taqdim etuvchi shaxs va ta'minot shartlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olishi lozimligi, bunday holatlarda obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorni ta'minlovchi shaxs ham imzolash tartibi belgilanmoqda. Bunda garov bilan ta'minlanmagan obligatsiya chiqarishga ham ruxsat berilmoqda.
Korporativ obligatsiyalar quyidagi shartlarga rioya etgan holda:
- emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror
qabul qilingan sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan
tasdiqlangan o‘z kapitali miqdori doirasida;
- keyingi uch yilda rentabellik, to‘lovga qobiliyatlilik, moliyaviy
barqarorlik va likvidlilikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan
tasdiqlangan ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan, shuningdek, qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil reyting bahosini olgan
emitentlar tomonidan;
- investorlarga tegishli mablag‘larning emitentlar tomonidan
to‘lanishi bo‘yicha to‘lov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat
banklari ishtirokida chiqariladi.
Download 16.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling