1. Korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari haqida malumot
Download 24.91 Kb.
|
qayta o\'zlashtirish
Huquqiy shaxslar – tijorat tashkilotlari – ro‘yhatga olinishlari va yagona Davlat reestriga kiritilashlari kerak. Reestr – bu huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lum zarur ma’lumotlarni kiritish lozim bulgan hisob daftaridir. Qonunchilikda tadbirkorlik faoliyatini yuritishning juda aniq turlari ko‘zda tutilgan. Boshqa shakllarda faoliyat yuritishga yo‘l qo‘yilmaydi.Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyekti, tadbirkorlik tashkilotlari (firmalar) tuzadi. Ularni tuzishning, faoliyatining, firmani qayta tashkil qilish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida korxonalar haqida”gi qonuni bilan tartibga solinadi. Firma – bu tijorat hisob-kitobi tamoyillari asosida ishlovchi xo‘jalik, sanoat, savdo korxonasi yoki alohida biznesmen, ya’ni huquqiy shaxsdir.Kichik korxonalar tadbirkorlikning alohida turi emas, bu termin faqat miqdor parametrlarini bildiradi xolos, tadbirkorlikning shakli esa har xil: yakka tartibdagi korxona, o‘rtoqlik, MChJ, XJ va boshqa bo‘lishi mumkin. Kichik korxonalarga:- sanoat va qurilishda – ishlaydigan xodimlari soni 100 kishigacha bo‘lgan; - fan sohasida va ilmiy xizmat ko‘rsatishda ishlaydigan xodimlari 50 dan 100 kishigacha bo‘lgan; - ishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida ishlaydigan xodimlar soni 50 kishigacha bo‘lgan;- ishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida ishlaydigan xodimlar soni 50 kishigacha bo‘lgan; - ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘lmagan tarmoqlarda ishlaydigan xodimlar soni 50 kishigacha bo‘lgan; - chakana savdoda ishlovchi xodimlari soni 5 dan 15 kishigacha bo‘lgan huquqiy shaxslar kiradilar.Kichik korxona xo‘jalik faoliyatining xususiyatiga ko‘ra ishchilar soni o‘zgarishi mumkin. Kichik korxonalar soliq imtiyozlariga va ular soliqlarni hisoblashning soddalashtirilgan tartibidan foydalaniladilar. Kichik korxonalar bozorni tovarlar bilan tezda to‘ldirishga yordam beradilar, yangi ish o‘rinlari yaratadilar, tovarlarning assortimentini yangilashga ko‘maklashadilar. Hamma mamlakatlarda KK larni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlaydilar, ular imtiyozli kreditlar oladilar, soliqlarni past stavkalar bo‘yicha to‘laydilar va hokazo.Download 24.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling