1. Korxonaning iqtisodiy hamda moliyaviy salohiyati va holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayerdan olinadi ?


Download 18.61 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi18.61 Kb.
#235596
Bog'liq
1-mustaqil ish-1


1. Korxonaning iqtisodiy hamda moliyaviy salohiyati va holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayerdan olinadi ?

2. Buxgalteriya balansi nima ?

3. Hisoblash tamoyili nima ?

4. Qaysi hollarda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritish siyosatida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin?

5. Buxgalteriya hisobi markazlashtirilgan shakli qanday tashkil qilinadi ?

6. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati qanday bo‘lishi lozim ?

7. Mamlakatimizda moliyaviy hisobotining xalqaro standartlari (MHXS)ni joriy qilishda qanday muammolar mavjud?

8. Korxonaning hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga qaysi omillar ta’sir etadi?

9. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati qanday bo‘lishi lozim?

10. Xalqaro andozalarga muvofiq olib boriladigan hisob siyosati deganda nimani tushunasiz?

11. Mamlakatimizda buxgalteriya hisobining bozor munosabatlari talablari asosida isloh qilish necha bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan?

12. Moliyaviy hisobni tashkil etishdagi konsepsiyalarni ro‘yobga chiqarishda qaysi talablar hisobga olinadi?

14. Axborotlarga qiziqish qaysi mazmunda berilishi kerak?

15. Moliyaviy hisobotlarida keltiriladigan buxgalterlik axboroti qaysi talablarni qondirishi kerak?

16. Moliyaviy hisob qaysi vazifalarni hal etishga qaratilgan?

17. Tashqi foydalanuvchilarni asosan qaysi ko‘rsatkichlar qiziqtiradi?

18. Moliyaviy hisobning ob’ektlari qaysi guruhlardan tashkil topgan?

Javoblar:



1. Moliyaviy hisobot – xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot (ish va xizmat) lar sotish natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar majmui bo’lib, u subyektning moliyaviy -xo’jalik faoliyatining holatini ma’lum davr (chorak, yillik) ga qiymat ko’rinishida aks etishidir. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot (ish va xizmat) lar, ishlab chiqarish xarajatlari, xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish hamda dividendlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.

Hisobot ma’lumotlari bo’yicha korxona rahbari mulkdorlar, ta’sischilar, boshqaruv va nazorat tizimi, yuqori tashkilotlar oldida hisobot beradilar.

Birinchi navbatda shuni aytish joizki, korxonalar majburiy tartibda quyidagi foydalanuvchilarga chorak va yillik hisobotini topshiradi: ta’sis hujjatlariga binoan mulkdorlarga; davlat soliq inspeksiyasiga; O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan korxona faoliyatining ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish vazifalari yuklatilgan boshqa davlat organlariga. Amaldagi qonunga binoan:


  • barcha korxona va muassasalar uchun 1- yanvardan 31- dekabrgacha bo’lgan davr hisobot yili hisoblanadi;

  • yangi tashkil etilgan korxona va muassasalar uchun birinchi hisobot yili bo’lib, ular yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan shu yilning 31- dekabrigacha bo’lgan davr hisoblanadi. 1- oktabrdan keyin tashkil etilgan korxonalar uchun ularning yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan keyingi yilning 31- dekabrigacha bo’lgan davrni birinchi hisobot yili deb hisoblashga ruxsat beriladi;

  • korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini

O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradilar.

2. Moliyaviy hisobot tizimida balans muhim ahamiyatga ega bo’lib, yillik hisobot tarkibida unda katta o’zgarishlar sodir bo’ldi, chunki xalqaro andazalar talablariga yaqinlashdi va bozor munosabatlariga qaratildi. Balansning aktiv va passiv moddalarining mazmuni ichki hamda tashqi foydalanuvchilarga undan foydalanish imkoniyatini berdi. Ichki va tashqi qiziquvchilar uchun korxona faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy barqarorligi, kreditor qarzlarining hajmi, bank kreditlari bo’yicha qarzlari to’g’risidagi ma’lumotlar zarur.

Korxona ichida balansda keltirilgan axborotlar xo’jalik faoliyatini tahlil qilish, xarajatlar va yo’qotishlarni qisqartirish zaxiralarini qidirib topish, korxona hisobidan to’lanadigan jarimalar sabablarini bartaraf etish uchun keng qo’llaniladi.

Yillik hisobotga tushintirish xati, korxona rahbarining faoliyatning yo’nalishi to’g’risidagi ma’ruzasi, ilova qilinadi. Bu korxonaning asosiy analitik hujjatlaridan biri hisoblanadi. Bunda asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha reja bajarilishiga ta’sir etuvchi quyidagi omillar ochib tashlanadi: mahsulot miqdori, assortimenti, sifati, mahsulot sotish hajmi, foyda summasi, tannarxni pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, samaradorlik, ilmiy - konstruktorlik ishlarini natijalari va istiqbollari va shu kabilar. Тushintirish xatining mazmuni ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologiya xususiyatlari bilan belgilanadi. Bugungi kunda moliyaviy hisobotlarning yangi shakllari tasdiqlangan.

Balansga asosan korxonaning to’lov qobiliyati va boshqa bir qancha sifat ko’rsatkichlarini hisoblab tahlil qilish mumkin.

Balans ma’lumotlariga asosan korxonaning mutlaq to’lov qobiliyati quyidagicha aniqlanadi: Korxona mutlaq to’lov qobiliyati = Pul mablag’lari / Korxonaning qisqa muddatli majburiyatlari

3. Hisoblash tamoyili; ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish; uzluksizlik; xo’jalik muomalalari, aktivlar va passivlarni baholash, ishonchlilik, ehtiyotkorlik, mazmunning shakldan ustunligi, ko’rsatkichlarning qiyosiyligi, moliyaviy hisobotning betarafligi, aktiv va majburiyatlarning haqiqiy bahosi, hisobot davri daromaddari va xarajatlarining mosligi, tushunarlilik, ahamiyatlilik, muhimlik, haqiqiy xolis taqdim etish, tugatilganlik, izchillik, o’z vaqtidalik, ofsetting (moddalarning o’zaro qoplanishi), xolislik.

Hisoblash tamoyiliga asosan aktivlar, passivlar o’z kapitali, daromadlar, xarajatlar, xo’jalik muomalalari va hodisalar sodir etilgan (yoki naqd olingan) paytda buxgalteriya hisobida ko’rsatiladi, ular bo’yicha pul mablag’lari yoki ularning ekvivalenti olingan va to’langan vaqt bundan mustasno.

Ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish tamoyili xo’jalik yurituvchi su’yekt buxgalteriya muomalalarini ikki yoqlama yozish tizimi asosida yuritishi kerakligini bildiradi. Ikki yoqlama yozish tizimi sodir bo’lgan xo’jalik muomalasi bo’yicha tegishli summani bitta schyotning debet tomoniga va aynan shu summani ikkinchi schyotning kredit tomoniga qayd qilishdan iborat bo’ladi.

Uzluksizlik tamoyili moliyaviy hisobot xo’jalik yurituvchi su’yekt doimiy faoliyatni noma’lum uzoq muddatgacha davom ettiradi degan qoida bo’yicha tayyorlanadi, ya’ni xo’jalik yurituvchi su’yektga o’z muomalalari bo’yicha faoliyatini jiddiy qisqartirish yoki tugatish ehtimoli yo’q degan ma’noni bildiradi.

Uzluksizlik qoidasi buxgalteriya hisobotini yuritish muddati xo’jalik yurituvchi su’yektning faoliyat ko’rsatish muddatiga mos kelishi kerakligini, ya’ni buxgalteriya hisobi su’yektni tugatish yoki bankrot bo’lguniga qadar olib borilishi kerakligini bildiradi. O’z faoliyatini tugatgan kundan boshlab ushbu su’yekt buxgalteriya hisobi yuritishni to’xtatadi.

4. Shunday hisob-kitoblarning eng asosiysi xo’jalik yurituvchi su’yekt mol-mulki, mablag’lari, debitorlik va kreditorlik qarzlari va boshqa buxgalteriya hisobi ob’yektlarini inventarizatsiya qilish hisoblanadi.

Inventarizatsiya-korxona mol-mulkini ro’yxat qilish va ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirishdir. Inventarizatsiya buxgalteriya hisobi usullaridan biri bo’lib, uning yordamida xo’jalik mablag’larining, korxona boshqa tashkilotlar bilan olib boradigan hisob-kitob munosabatlarining haqiqiy miqdori va summasi hisob ma’lumotlariga solishtiriladi va ular o’rtasidagi farq topiladi.

Balans va hisobotda aks ettiriladigan ko’rsatkichlarning aniqligini ta’minlash, o’g’irlik va nobudgarlikchiliklarga qarshi kurash olib borish uchun material, pul mablag’larining hammasi va hisob-kitoblar yilda kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi.

Inventarizatsiyaning to’la va qisman turlari mavjud. Korxonaga tegishli mol-mulkning hammasini inventarizatsiya qilish to’la inventarizatsiya, mol-mulkning bir qismini inventarizatsiya qilish esa qisman inventarizatsiya deyiladi.

Inventarizatsiya yana rejali va to’satdan qilinadigan inventarizatsiya turlariga ham bo’linadi. Rejali inventarizatsiya yillik hisobot tuzishdan avval o’tkaziladigan, oylik va choraklik tugallanmagan ishlab chiqarish inventarizatsiyasi va boshqa inventarizatsiyalardir. Тo’satdan qilinadigan inventarizatsiyalar korxona rahbarlariga yoki yuqori tashkilot va organlarga tegishli ob’yektdagi javobgar shaxsning nojo’ya harakatlari haqida biror xabar tushganda, korxona faoliyati taftish qilinishi davrida, o’t olish, suv toshishi va boshqa sabablarga ko’ra amalga oshiriladi.



5.
Download 18.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling