1. Koshiyning hayoti va ijodiy faoliyati Ulug‘bekning hayoti va ijodiy faoliyati
Download 413.18 Kb. Pdf ko'rish
|
8-AMALIY MASHG'ULOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Ali-Qushchining hayoti va ijodiy faoliyati
8-AMALIY MASHG’ULOT Mavzu: Samarqand ilmiy markazi. Ulug’bek, Koshiy, Rumiy, Ali- Qushchi. Reja: 1. Koshiyning hayoti va ijodiy faoliyati 2. Ulug‘bekning hayoti va ijodiy faoliyati 3. Qozizoda Rumiyning hayoti va ijodiy faoliyati 4. Ali-Qushchining hayoti va ijodiy faoliyati
(1385-1430)
Ulug’bek ilmiy maktabining yirik olimlaridan biri Jamshid Koshiy hisoblanadi. Koshiy 1385 yilda Koshon shahrida (Tehron va Isfaxon shaharlari orasida) tug’ildi. Koshiy yoshlik chog’idanoq o’z davrining yetuk matematik va astronom olimi sifatida shuxrat qozondi. Ulug’bek Koshiyni ham boshqa olimlar qatori Samarqandga kelishga taklif etdi va u bu taklifni qabul qilib 1417 yili Samarqandga keladi. Koshiy Samarqandda Ulug’bek rasadxonasi ishlariga faol qatnashib, chuqur ilmiy ishlar olib boradi. Ularni astronomiyadan yozgan 10 ta asari va matematikadan yozgan 3 ta eng katta asarlarida bayon etgan. Koshiy 1430 yili Samarqandda vafot etdi. Koshiyning asarlaridan ayrimlari bilan tanishib o’tamiz: 1. Jamshid Koshiy o’zining astronomik asari – «Haqqoniy astronomiya jadvallari» asarini 1413 yilda Koshon shahrida yozib, uni Shohruh Mirzoga bag’ishlaydi. Bu asar Nasriddin Tusiyning «Elxoniy jadvallariga» o’xshash bo’lib, Nasriddinning bu asarini qaytadan ishlab chiqadi va yangi jadvallar tuzadi (fors- tojik tilida yozilgan.) 2. «Osmon narvoni» asari astronomiyaga bag’ishlangan. Bu asar arab tilida yozilgan bo’lib, uning qo’lyozmalari Tehron universiteti va Mashhad kutubxonasida saqlanadi. 3. «Vatar va sinus haqida risola» asarida bir gradusli burchakning sinusi aniqlanadi. 4. «Usturlob yasash haqida risola» asarini 1416 yilda Koshon shahrida fors- tojik tilida yozgan. 5. «Aylana uzunligining diametriga nisbati» asari 1424 yilda Samarqandda fors-tojik tilida yozilgan. Uning qo’lyozmasi Mashhadda Imom Rizo kutubxonasida saqlanmoqda. Jamshid Koshiy asarlari orasida juda katta ahamiyatga ega bo’lgan va Ulug’bek davridagi matematik bilimlar saviyasini ko’taruvchi mashhur asar bor, u «Arifmetika kaliti» («Liftoxul-hisob») 1427 yilda yozilgan bo’lib, bu kitob bir necha asr davomida Sharq mamlakatlarida talabalar uchun matematikadan asosiy darslik bo’lib keldi. Aloviddin ibn Muhammad Ali Qushchi (1402 yilda Samarqandda tug’ilgan). Ulug’bek ilmiy maktabi katta ishlarni amalga oshirib, “ Matematika va jug’rofiy astronomiya” asarini yozadi. Keyinchalik u Muhammad 2 podsholigi davrida unga atab, matematikaga oid “Kitobul Muhammadiya” asarini yozadi. Bundan tashqari, “Hisob risolasi” (1425 y.) hindlar arifmetikasi, oltmishlik sanoq sistemasi, o’nli kasrlar va geometriya masalalari bayon etilgan. “Kasrlar haqida risola” (1430 y.) asarida kasrlar haqidagi ta’limotni rivojlantirdi hamda uchburchaklarni yechish masalalari, kosinuslar teoremasini qo’llash misollarini bayon etadi. Shuningdek, Ali Qushchi o’z asarlarida trigonometrik funksiyalar qiymatlarini hisoblashda chiziqli interpolyasiyalash usuli bayon qilingan. Bundan tashqari, birinchi marta Ali Qushchi asarlarida musbat va manfiy atamalari kiritilgan. U “Ulug’bek Zijiga” sharhlar yozadi va uni geometriya teoremalari yordamida tahlil qiladi. Ulug’bek ilmiy maktabi davomchilaridan Ali ibn Muhammad Qushchi (Kermonda) ham o’z ilmiy maktabini tashkil etib, o’z faoliyatini keyinchalik Stambulda davom ettirgan. U Ulug’bek akademiyasida 10 yil faoliyat ko’rsatib, uning ishlarini nashr etish va tarqatishda eng asosiy tashkilotchilardan hisoblanadi.
Download 413.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling