1. Kovak ichlilar tipiga umumiy tavsifi Chuchuk suv gidrasi va uning hayoti


Download 111.5 Kb.
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi111.5 Kb.
#1415432
1   2   3   4   5
Bog'liq
kovakichlilar tipi

1. Olti nurli korallar.
2.Sakkiz nurli korallar.


5. Aktinia tuzilishi va hayoti.

Yakka yashovchi olti nurli polip aktinialarning ba’zi kichikroq turlar Qora dengiz sohillarida, bir necha turlari uzoq Sharq dengizlari va Barents dengizi sohillarida uchraydi. Aktinia g‘o‘lasimon tanasining ostki tovon qismi bilan suv osti buyumlariga yopishib yashaydi.


Tananing ustki og‘iz diski deb nomlanuvchi qismida og‘iz, diskning chetida esa bir qancha kaltaroq paypaslagichlari joylashgan. Gastral bo‘shlig‘i tikkasiga joylashgan bir nechta entoderma iskanalari bilan ajralib, iskanalar oralig‘ida karmon hosil qilgan.
Paypaslovchilar va og‘iz oldi diski yuz minglarcha zaharli otiluvchi ho‘jayralar bilan ta’minlangan. Gastral bo‘shlig‘i iskanalarining qirg‘oqlarida mezenteriya iplari degan tolalar bo‘lib, bular ham juda ko‘p otiluvchi ho‘jayraga ega tanasining ostki qismi muskulli va notekis. Ba’zan aktinia tanasi bilan harakatlanadi.
Aktinialar ko‘pchiligi turli hayvonlar, jumladan bir muncha yirik qisqichbaqasimonlar, hatto mayda hayvonlar bilan oziqlanadigan yirtqichlardir. Bularni ovlashda chaqqon va otiluvchan zaharli iplar xizmat qiladi. Chala o‘lik “ov” mezenteriya iplarining zahridan o‘ladi. Otiluvchi ho‘jayralar zahri kuchli ta’sir qiladi. ( Jumladan odamga ham) Aktinia ayrim jinsli. Gonadalari endodermal iskanalarda joylashgan. Tuxum ona aktinia gastral bo‘shlig‘ida urug‘lanadi. Urug‘ suv orqali kiradi. Dastlabki rivojlanish ona tanasidan chiqib biror substratga yopishib oladida mustaqil hayot kechiradi.
Bundan tashqari aktinialar kurtaklanib ham ko‘payadi. (Xuddi gidradek)
Aktinia okean va dengizlarda ko‘p tarqalgan. Janubiy issiq dengizlarda ularning bir qancha katta (30-70 sm) turli rangdagi turlari uchraydi.
Bularning hayoti uchun krablar tanasi ustiga joylashib simbioz hayot kechirishi harakterlidir. Kovak ichlilar ichida aktinialar eng uzoq yashaydigan hayvonlar bo‘lib, 50-60 yilgacha umr ko‘rishi aniqlangan.



Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling