1. Kuchaytirgich tog`risida tushuncha. Operatsion kuchytirgichlar


Integral sxemani o’rganish.Bosma montaj qilishni o’rganish.Operatsion kuchaytirgichni montaj qilish va ishlatish


Download 85.79 Kb.
bet2/2
Sana15.06.2023
Hajmi85.79 Kb.
#1482867
1   2
Bog'liq
IMS chiqish kaskadlari. Analog integral mikrosxemalarning negiz elementlari Teskari aloqa kuchaytirishlari. Differentsial kuchaytirishlar.

Integral sxemani o’rganish.Bosma montaj qilishni o’rganish.Operatsion kuchaytirgichni montaj qilish va ishlatish.

Integral sxema (IS, integral mikrosxema) — juda ixcham (mikrominiatyur) elektron qurilma. Elementlari (diodlar, tranzistorlar, rezistorlar, kondensatorlar va b.) konstruktiv, texnologik va elektr jihatdan oʻzaro uzviy bogʻlangan (birlashtirilgan) va oʻta zich joylashtirilgan boʻladi. Uzluksiz yoki diskret (uzlukli) elektr va optik signallar tarzidagi axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash uchun moʻljallanadi. I. s. quyidagi xillarga boʻlinadi: elementlarni birlashtirish (integratsiya) usuli boʻyicha — yaxlit (monolit) va gibrid (tarkibiy) (osma diskret elektron asboblarlan foydalanilgan) sxemalar; ishlov beriladigan signallarning xili boʻyicha — raqamli va analog sxemalar; IS dagi elementlar soni N (integratsiya darajasi) boʻyicha — kichik (N< 102) oʻrta (N = 102 — —103), katta {N= W— 104) va juda katta (N> 104) sxemalarga boʻlinadi. I. s. elektron hisoblash mashinalari, nazorat-oʻlchash apparatlari, aloqa texnikasi va b. sohalarda qoʻllaniladi.
Bosma montaj — mikroelektron qurilmalar elementlari (qismlari)ni montaj qilish usuli. Bunda elektr ulashlar elektr oʻtkazuvchi yupqa metall lentalar (simlar) orqali amalga oshiriladi( q. Bosma plata). Bosma montaj elementlari oʻzgarmas va oʻzgaruvchan qarshiliklar, kondensatorlar, induksiya gʻaltaklari, transformatorlar, tranzistor va diodlar, rele, ulagichlar va almashlab ulagichlardan iborat. Radioelektronikada va, ayniqsa, kosmik apparatlarda mikroelektron qurilmalarni mumkin qadar ixchamlashtirishning juda katta ahamiyati bor. Bu sohada 3 omil; qurilmaning oʻlchami, puxtaligi va narxi muhim rol oʻynaydi. Mikroelektron sxemada 1 sm2 sathga elementlarni oʻzaro ulovchi 14 ga yaqin sim toʻgʻri keladi. Bunga erishish uchun koʻp qavatli Bosma montaj dan foydalaniladi. Oʻtkazgichlar (simlar) bir-biriga elektron nur yordamida payvandlanadi.
Integral ko’rinishda bajarilgan operatsion kuchaytirgich (OK) – bu universal analogmikrosxemadir. U ikki kirishli differentsial kuchaytirgichda bajarilgan keng polosali o’zgarmas tok kuchaytirgichi bo’lib, chiqishida shakllanayotgan signal kirishdagi signallarning farqiga teng bo’ladi.
Uning chiqishida teskari aloqa zanjirini qo’llab kirishdagi signallar ustidan turlimatematik amallar bajarish imkoniyati borligi tufayli ҳam - operatsion kuchaytirgich nomini olgan. CHiqish zanjirini tanlashga qarab OK qo’shish, ayirish, ko’paytirish, o’rta qiymatni aniqlash, integrallash, differentsiallash, logarifmlash va boshqa amallarni bajarish uchun qo’llanilishimumkin. Amallarni bajarish aniqligi OKning kuchaytirish koeffitsienti va kirish qarshiligi qancha katta, chiqish qarshiligi esa qancha kichik bo’lsa, shuncha yuqori bo’ladi.


Download 85.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling