1-kun 1-o’yin Aqliy Asar qahramonlarini taqqoslang


Download 0.95 Mb.
Sana30.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1408167
Bog'liq
1-kun


1-kun
1-o’yin Aqliy
Asar qahramonlarini taqqoslang .
Buratino, Yalmogʻiz, Boʻgʻirsoq, Zumrad, Qimmat, Boʻri kabi asar qahramonlarining xislatlariga qanday taʼrif bera olasiz. Taqqoslash uchun 3-4 asar qahramonlarini tanlab olamiz. Keyin bolalarga quyidagi savollarni berish mumkin:
Quyidagi qahramonlarning qanday xislatlari bor?
-Qaysi ishga qarab xislatlarini bilish mumkin ?
-Ular bir-birlaridan nimasi bilan farq qiladi.
-Buratino bu yerda Boʻgʻirsoqning oʻrnida boʻlganida oʻzini qanday tutardi.



Didaktik o’yinlar
2.Oʻyin “Qorli sharcha”.
Maqsad: Ushbu oʻyinda qatnashuvchilarning barchasini ismlarini eslab qolishlarini taʼminlash va tanishishni davom qildiriladi.
1-oʻquvchi (chapdan oʻngga qarab ) oʻzini ismini aytadi. Keyinggi qatnashuvchi oʻzidan oldingi ishtirokchi ismini aytib, keyin oʻzinikini aytadi, uchinchi ishtirokchi oʻzidan oldingi 2 ta oʻquvchining ismini aytib, keyin oʻzinikini aytadi. Oʻyin shu tariqa davom qiladi. Oʻyin oxirida birinchi ishtirokchi hammaning va oʻzining ismini aytib, oʻyin yakunlanadi.

Jismoniy
3-o’yin
Toʻti qush Poʻli
Maqsad: tanishuv asosan ishtirokchilar oʻzaro bir birlarini ismlarini eslab qolishi, ijobiy kayfiyatni vujudga keltirish.
Jarayon: ishtirokchilardan aylana shaklini hosil qilib turib olish soʻraladi va trener ham ular bilan birga turishi kerak. Shundan soʻng trener shartni tushuntiradi. Aylanadagi har bir kishi (galma-gal) bir qadam aylana ichiga qadam tashlaydi va ismini baland ovozda aytib ixtiyoriy tana harakatini amalga oshiradi. Buni oʻsha paytiyoq, barcha ishtirokchilar yuqoridagi ishtirokchini harakatini huddi oʻshanday tarzda oldinga bir qadam tashlab koʻrsatishlari hamda uning ismini baland ovozda qaytarishlari kerak. Birinchi ishtirokchi vazifasida trener boʻlib, tanishuvni boshlab bergani maqul. Soʻngra bu jarayon trenerdan oʻng tarafga qarab davom etadi. Va hamma ishtirokchidan oʻtib trenerga qaytib navbat kelganida, trener yana bir qadam oldinga chiqadi va “Men sizlar bilan tanishganimdan hursandman” deb qarsak chaladi va boshqa ishtirokchilar ham buni qaytarishadi, shuning bilan mashgʻulot yakunlanadi
Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling