Sony” brendi haqida to'liq ma'lumot reja


Download 430.6 Kb.
bet1/5
Sana20.06.2023
Hajmi430.6 Kb.
#1632131
  1   2   3   4   5
Bog'liq
“SONY” BRENDI HAQIDA TO\'LIQ MA\'LUMOT


SONY” BRENDI HAQIDA TO'LIQ MA'LUMOT
Reja:

  1. Sony kompaniyasining tashkil etilishi

  2. Bozorga kirishga birinchi urinishlar

  3. Sony kompaniyasi haqida hikoya


Sony kompaniyasining tashkil etilishi
Sony kompaniyasining hikoyasi Ikkinchi Jahon urushi tugaganidan soʻng, Masaru Ibuka 1945-yil sentyabr oyida Tokioga qaytib kelganida boshlanadi. Avvaliga Masaru va uning sheriklari savdo markazining uchinchi qavatini ijaraga olishdi.
T oʻgʻri, kompaniyaning tashkil etilgan yili 1946-yil deb hisoblanadi, chunki oʻsha paytda isteʼdodli tadbirkor Akio Morita va yosh muhandis Masaru Ibuka Tokioda radio komponentlarning kichik ustaxonasini ochdilar. Hamkorlar oʻz kompaniyalari deb atagan “Tokio tadqiqot laboratoriyasi” dastlab xaridorlar kamdan kam topadigan qurilmalarni ishlab chiqarardi. Kompaniyaning birinchi muvaffaqiyati qisqa toʻlqinli radioeshittirish qutilarini ishlab chiqish va seriyali ishlab chiqarish edi.

Qabul qiluvchi qurilmalarni ishlab chiqarish yaxshi ketayotgan edi, ammo oʻsha paytlarda odamlarda kompaniya xizmatlari uchun toʻlashga pullari yoʻq boʻlgan. Ibuka guruchda toʻlovni amalga oshirishni boshladi, bu esa och Yaponiya sharoitiga koʻproq mos edi. Guruchni qayta sotish paytida Ibuka guruch pishirgich ishlab chiqish orqali maishiy texnika yoʻnalishiga oʻtib ketish haqida oʻylardi.


Ibuka va Morita oʻzlarini darhol biznesda topmadilar. Ular dastlab radio qabul qiluvchilar moslamalar, elektr qurilmalar ishlab chiqardilar.
Bozorga kirishga birinchi urinishlar
Oʻz biznesini qidirish 3 yildan soʻng muvaffaqiyatga yetakladi. 1949-yilda Morita Amerika magnitofonini sotib oldi. Yapon muhandislari aynan shu magnitofondan ilhomlanishgan.
Yangi mahsulot gʻoyasi kompaniya xodimlari tomonidan iliq qabul qilinmadi — ular Masaruning xayoliy gʻoyalarini juda uzoq vaqt tinglashdi, biroq ishonishmadi. Hamkasblarga (va ayniqsa, buxgalterga) loyihaning pul va kuch sarflashini isbotlash imkonsiz edi.
1950-yilda kompaniya birinchi magnitofonni chiqardi. Uning vazni 35 kilogrammni tashkil etdi va narxi 170000 iyenani, yaʼni $472ni tashkil etdi. Biroq ishlab chiquvchilar toʻxtashni rejalashtirmadilar va 1957-yilda birinchi tranzistorli radio qabul qiluvchini taqdim etdilar, u Sony — yangi brendi ostida ishlab chiqarildi.




Download 430.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling