1-kurs 104-guruh


Download 6 Kb.
Sana11.10.2023
Hajmi6 Kb.
#1697538
Bog'liq
Slayd Biosfera ekologiyasi

1-kurs 104-guruh Murtazoqulov Davlat

Mavzu:Landshaftlar, qo’riqxonalar, milliy bog’lar, buyurtmalarning ahamiyati

Landshaft (nem. Land — yer, shaft-ôzaro aloqadorlik,birikkanlik )tipologik tabiiy komplekslarni umumlashtiruvchi tushuncha: geologik zamini, relyefi, iqlimi, tuproqlari, oʻsimlik turkumi, hayvonot dunyosi, gidrologik rejimining bir xilligi bilan ajralib turadigan va tabiiy chegaraga ega boʻlgan hudud.

Landshaftshunoslikda L.ning 3 xil tushunchasi mavjud: regional tushuncha, bunda L. Yer yuzasining tabiiy chegaralangan uncha katta boʻlmagan qismi tushuniladi; tipologik birlik boʻlib, bunda L. Termini barcha tasnif birliklariga nisbatan qoʻllaniladi; umumiy tushuncha, bu holda L. Terminini turli katta-kichiklikdagi tabiiy geografik komplekslarga nisbatan qoʻllanilyshi mumkin.

Qoʻriqxona — belgilangan qonunlarga muvofiq, davlat tomonidan ajratilgan, alohida ilmiy yoki madaniy ahamiyatga ega boʻlgan (tipik yoki noyob landshaft, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar va boshqalar), tabiiy obʼyekt joylashgan yer (hudud) yoki suv kengliklari; ilmiy tadqiqot va madaniy-maʼrifiy maqsadlar uchun uzoq muddatga ajratilgan va toʻlaligicha xoʻjalik ishlaridan xoli tabiiy majmua.

20-asrning 90-yillarida BMTning „Milliy bogʻlar va ular maqomidagi qoʻriqxonalar roʻyxati“ga 2618 alohida qoʻriqlanadigan hududlar (yer maydoni 4 million km2dan ortiq va Yer yuzidagi quriqlikning 3 % ini tashkil qiladi) kiritilgan.

Oʻzbekistonda qoʻriqxonalarning tashkil qilinishi, faoliyati, taʼminoti va muhofazasi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3 dekabrdagi „Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida“gi qonuni bilan tartibga solinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Ovchilik xoʻjaliklari, qoʻriqxonalar va milliy bogʻlar boshqarmasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi tasarrufida 8 ta davlat qoʻriqxonasi bor:

Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi, Badaytoʻqay davlat qoʻriqxonasi, Qizilqum davlat qoʻriqxonasi, Zarafshon davlat qoʻriqxonasi, Surxon davlat qoʻriqxonasi, Hisor davlat qoʻriqxonasi, Chatqol bio-sfera qoʻriqxonasi, Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasi. Oʻzbekistonda, shuningdek, milliy bogʻ va buyurtma qoʻriqxonalar faoliyat olib boradi.

Milliy bogʻ,- milliy tabiat bogʻi — alohida qoʻriklanadigan, inson faoliyati taʼsiriga uchramagan va tabiiy manzaralari saqlangan, oʻsimliklar va hayvonot olami va ularning yashash muhiti ilmiy va oʻquv-amaliy ahamiyatga ega boʻlgan katta tabiiy hudud.

Jahonda birinchi Milliy bogʻ AQSH kongressi 1872-yilda qabul qilgan qonun asosida Yellouston daryosining yuqori oqimidagi Qoyali togʻlar hududida tashkil etilgan Yellouston Milliy bogʻ dir.

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy bogʻi — Oʻzbekistonda mamlakat miqyosidagi eng yirik madaniyat va istirohat bogʻi. Toshkent shahrining markaziy qismida joylashgan; maydoni 69 ga.

1991-yilda Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi tantanalari munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan bunyod etilgan.

Zarafshon milliy parki -1975 – yilda Samarqand viloyatining janubiy-sharqida, Zarafshon daryosining o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab tashkil etilgan. Uning maydoni ikki ming gektardan ortiq erni egallaydi.

Park hududi, tor chiziq kabi daryo bo‘ylab, 46 km. Uzunlikda yoyilgan. Parkni tashkil etishdan asosiy maqsad noyob florani inson qo‘li tegmagan holda saqlab qolish edi. Hududining kichikligiga qaramay, bu erda to‘qaydan tashqari, tol, terak, yulg‘un, chakanda, qamish, qizilmiya, supurgi, jiyda va boshqa ko‘p mevali daraxtlar ham o‘sadi.

Zarafshon qo‘riqxonasi – chakanda o‘simligi tog‘li hududda emas, tekislikda o‘sadigan yagona joydir.

Parkning hayvonot olami ham juda boy, u yerda 80 dan ortiq hasharotlar, 20 dan ortiq mollyuskalar, 240 dan ortiq umurtqali hayvonlar qayd etilgan. Dasht toshbaqasi, qumilon, botqoq qurbaqasi, o‘qilon u yerning doimiy yashovchilaridir. Bu erda qushlarning 207 turi va sutemizuvchilarning 24 turi, shu jumladan cho‘chqalar, tulkilar, qarsoq, ondatra, dasht mushuklari ham mavjud. 2000 yilda qo‘riqxona hududiga Buxoro kiyiklarini joylashtirishga harakat qilindi.


Download 6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling