1-kurs talabasi ermuhamedova madinabonu milliy g`oya va etnomadaniy qadriyatlar fanidan mustaqil ishi mavzu
Download 40.71 Kb.
|
ERMUHAMEDOVA MADINABONU
- Bu sahifa navigatsiya:
- MILLIY G`OYA VA ETNOMADANIY QADRIYATLAR FANIDAN
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA TA`LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI MILLIY G`OYA, MA`NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA`LIMI YO`NALISHI 1-KURS TALABASI ERMUHAMEDOVA MADINABONU MILLIY G`OYA VA ETNOMADANIY QADRIYATLAR FANIDAN MUSTAQIL ISHI Mavzu: Milliy g`oya va etnomadaniy qadriyatlar rivojida xalq tomosha san`ati,teatri hamda milliy raqsning o`rni. Qabul qildi: F.F.N.,Dots. S.X.Xudoynazarov Toshkent-2022 MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………3-5 I.BOB. Milliy g`oya va etnomadaniy qadriyatlar fani haqida tushuncha….. …………………………………………………………………5-7 1.1.Milliy g`oya tushunchasi va uning mohiyati………………………5-6 1.2.Etnomadaniy qadriyatlar tushunchasi va uning milliy g`oyaning shakl- lanishidagi o`rni……………………………………………………6-7 II.BOB. Milliy g`oya va etnomadaniy qadriyatlar rivojida xalq tomosha san`ati,teatri hamda milliy raqsning o`rni………………………………7-9 2.1.Milliy g`oya va etnomadaniy qadriyatlar rivojida xalq tomosha san`ati hamda teatrining o`rni……………………………………………..7-8 2.2.Milliy g`oya etnomadaniy qadriyatlar rivojida milliy raqsning o`rni…… ………………………………………………………………………....8-9 Xulosa……………………………………………………………………..10 Foydalani adabiyotlar ro`yxati……………………………………………11 2
KIRISH Mustaqil ish mavzusining dolzarbligi:Milliy g`oya va etnomadaniy qadriyatlar rivojida tomosha san`ati , teatri hamda milliy raqsning o`r- beqiyos va muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shuning ushun ham reapublikamiz miqyosida tomosha san`ati ,milliy xalq taetri hamda mil- liy raqs san`ati bo`yicha ko`plab turli xil ko`rik tanlovlari o`tkazilib kelin- moqda.Bu narsalar bizga o`zligimizni anglashimizda yordam beradi, kelajak yosh avlodga sahna ko`rinislari orqali vatanparvarlik, insonpar- varlik,oilaga muhabbat, mehr-oqibatlilik, millatlararo totuvlik,dinlararo bag`rikenglik kabi tuyg`ularni singdirishimiz mumkin. Biz san`atimiz- ning bu turlari orqali dunyoga tanilishimiz ham mumkin. Taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida yuksak salohiyatli,bilimli Insonlarni tarbiyalash,qonunchilikka rioya qiladigan , fuqarolik burchi- ado etadigan , demokratik jamiyat talablariga amal qiladigan barkamol shaxsni shakllantirish vazifasi turibdi. Ayniqsa,yosh avlodni yuksak ma- daniyatli va umuminsoniyqadriyatlarga hurmatva sadoqat ruhida tarbiya- lash milliy taraqqiyotning muhim talabi , ta`lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh vazifasidir . Albatda bu islohotlarni amalga oshirishda tomosha san`ati,teatr hamda milliy raqs san`ati muhim rol o`ynaydi. Mustaqil ish mavzusining obyekti: milliy teatr,tomosha san`ati hamda milliy raqsni rivojlantirish , takomillashtirish yoshlarda bu san`at turlariga nisbatan qiziqish uyg`otish, ularni shu sohaga jalb etish usullari va yo`nalishlari. 3 Mustaqil ish mavzusining predmeti: milliy tomosha, teatr va raqs san`atlari orqali O`zbekistonimizni butun dunyoga tanitish. Mustaqil ish mavzusining maqsadi: milliy o`zligimizni tani- tish , ma`naviyatimizni boyitish hamda o`tmishimizni unutmaslik. Mustaqil ish mavzusining vazifalari: Miliy teatr,tomosha va raqs san`ati orqali yoshlarimizning onggini shakllantirish; Milliy ma`naviyatimiz sarchashmalarining bugungi g`oyaviy tarbi- yada tutgan o`nini ilmiy tahlil etish; Jamiyatda mafkuraviy imunitetni shakllantirish. Mustaqil ish mavzusining ilmiy yangiligi: Hozirgi globallashuv sharoitida milliy ma`naviyatimiz xazinasidagi chuqur falsafiy ma`naviy-ma`rifiy g`oyalarni hamjamiyatimizdagi sog`- lom ma`naviy muhitni asrab-avaylashdagi roli ilmiy-falsafiy tahlil qilingan. -jamiyatimiz ma`naviy hayotini yanada sog`lomlashtirishda milliy ma`- naviy merosimizning ta`sir samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy takliflar va metodologik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mustaqil ish mavzusida qo`llanilgan metodikaning tavsifi: tarixiylik va mantiqiylik, taqqoslash va umumlashtirish,analiz va sintez, qiyosiy tahlil va boshqalar. Mustaqil ish mavzusining nazariy va amaliy ahamiyati: Mazkur ish natijalaridan turli ta`lim maskanlarida tarbiyashu- 4 noslik , etnomadaniyat , milliy g`oya va ma`naviyt ,odobnoma , Vatan tuyg`usi kabi fanlarning tegishli bandlarida , ma`naviyat tar- g`ibot ishlarida shuningdek,ma`naviy ma`rifiy tadbirlarni o`tkazish- da ilmiy manba sifatida foydalanish mumkin. I.BOB Milliy g`oy va etnomadaniy qadriyatlar fani haqida tushuncha. 1.1.Milliy g`oya tushunchasi va mohiyati. Milliy g`oya va etnomadaniy qadriyatlar fanini o`rganishdan maq- sad kelajagimiz bo`lgan yosh avlodni ongida vaanparvarlik,insonparvar- lik,diniy bag`rikenglik, millatlararo totuvlik kabi g`oyalarni mustahkam- lashdan iborat. G`oya inson tafakkuri mahsuli ,milliy g`oya esa millat ta- fakkurining mahsulidir. Milliy g`oya millatning orzu-umidlari va kelajak ideallarini o`zida ifodalaydi.Boshqacha qilib aytganda , milliy g`oya mil- latning yetakchi maqsadi,xalqning,millatning birlashtiruvchi,yo`lga bosh- lovchi ,safarbar etuvchi bamisoli bayroqdir. Milliy g`oya – inson va jami- yat hayotiga ma`no va mazmun baxsh etadigan,uning ezgu maqsadlari sari yetaklaydigan fikrlar, g`oyalar tizimidir. Ozodlik, mustaqillik, adolat, haqi- qat ,tinchliksevarlik, insonparvarlik,bunyodkorlik kabilar uning asosiy mo- hiyatini tashkil etadi. Milliy g`oya ko`p millatli xalqimizning ozoz va obod Vatan , erkin va farovon hayot barpo etishdek ezgu maqsad-muddaolarini, orzu-umidlarini , kelajak ideallarini o`zida tugal ifodalaydigan va unga eri- shish yo`llarini ko`rsatadigan mayoqdir.Milliy g`oya va mafkurasiz hech qay- si jamiyat,hech qaysi davlat rivojlana olmaydi. Milliy g`oya millatning o`tmi- 5 shi,buguni va istiqbolini o`zida mujassamlashtiradi, uning tub manfaatlarini, maqsadlarini ifodalaydi.Milliy g`oya o`z mohiyatiga ko`ra,xalq,millat taqdiri- ga daxxldor bo`lgan, qisqa yoki uzoq muddatga hal etilishi kerak bo`lgan va- zifalar va mo`ljallarni ham aks ettiradi.Milliy g`oya vositasida el-yurt birlasha- di, o`z oldiga buyuk maqsadlar qo`yadi va ularni ado etishga qodir bo`ladi. 1.2.Etnomadaniy qadriyatlar tushunchasi va uning milliy g`oyaning shakllani- dagi o`rni. Etnomadaniy qadriyatlarimiz o`zligimizni anglashimizda juda katta aha- miyatga ega.’Etnomadaniyat’so`zi ‘etnos’ va ‘madaniyat’so`zlarining uyg`un- ligidan tashkil topgan bo`lib, ‘etnos’ so`zi yunon tilidan tarjima qilinganda ‘ki- shilar birlashmasi,xalq, urug`, to`da, qabila, o`zga qabila, nasl’ degan ma`nolar- anglatadi va shu ma`nolarda ishlatilgan. ‘Madaniyat’ so`ziga esa 400dan ortiq ta`riflar mavjud bo`lib, shulardan biri: Madaniyat-bu inson faoliyati va shu fao- liyatning ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir.’Mada- niyat’ arabcha ‘madina’ va ‘iyat’ so`z yasovchi qo`shimchasining birikishidan hosil bo`lgan va ‘shaharga oid’,ilm-fan,ma`rifat,tarbiya maskani degan ma`noni anglatadi. Madaniyat-jamiyat,inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyo- tining muayyan darajasi. Madaniyat atamasi kishilarning faqat ma`naviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi. Qisqa qilib aytganda,etnomadaniyat biror xalqning kelib chiqishi, moddiy va ma`naviy madaniyati, turmush tarsi, urf-odati, an`ana- yu tutumlari , bayram-u marosimlari , e`tiqodi , ma`naviy-ma`rifiy xususiyatlari, madaniy kashfiyotchiligi,tarixiy jarayonlarda ravnaq topib rivojlanib kelayotgan meroslarini va umuman qisqa qilib aytganda , etnosga xos moddiy va ma`naviy 6 qadriyatlar olamini o`rganadigan fan sohasidir.Milliy g`oya va qadriyatlar rivo- jida etnomadaniyat muhimo`rin tutadi.Ular o`zaro uzluksiz aloqadorlikda‘o`za- ro ta`sir’ va ‘o`zaro boyitish’ qonuniyatlariga ega. Etnomadaniy atefikatlar, qad- riyatlar quyidan yuqoriga , oddiydan murakkabga tomon vertical va gorizontal rivojlanib,asrlar osha ajdodlardan avlodlarga tomon tobora sayqallanib,takomil- lashib umuminsoniylikka xos ma`no-mazmun , shakl-shamoil kasb etib kelgan. Unga har bir avlod o`z taraqqiyoti ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda baholi qud- rat hissasini qo`shgan va yangi bosqichga ko`targan. II.BOB
milliy raqsning o`rni. 2.1.Milliy g`oya va etnomadaniy qadriyatlar rivojida xalq tomosha san`ati hamda teatrining o`rni. Milliy istiqlol tufayli tiklanib, qadimiy va ezgu an`analar rivoj topayotgan bugungi kunda teatrlashtirilgan ommaviy tomoshalar g`oyat muhimamaliy ahami- yat kasb etmoqda. Mamlakatimizning m`naviy-madaniy hayotida alohida o`rin tu- tadigan teatrlashtirilgan tomosha san`ati milliy bayram va sayllarimizning asosiy mohiyatini o`zida mujassamlashtirgan. Bu madaniy hodisa ko`p sonli ishtirokchi- lar ommasining qatnashishi hamda bayramona kayfiyatning hukm surishi bilan ha- rakterlanadi. Bugungi teatrlashgan tomosha san`ati xalq ommasining o`z ijodiy im- koniyatlarini erkin namoyish etmoqda. Unda san`atning turli soha va yo`nalkishla- ri tadbir senariysining bosh g`oyasiga bo`ysundiriladi hamda tabiiy hayotiy asari sifatida sahnalashtiriladi. O`zbek xalqining madaniy merosi tizimida ajdodlarimiz tomonidan ijod qi- 7 lingan hamda katta ijtimoiy-ma`naviy ahamiyatga ega bo`lgan turfa xil bayram- lar ,ommaviy o`yinlar ,tomoshalar alohida o`rin tutadi. Ular ijtimoiy va ma`na- viy hayotning barcha tomonlarini o`z ichiga qamrab olgan sintetik hodisadir.Ki- shilik hayotining hamma qirralarini o`zida mujassamlashtirgan tomosha va bay- ramlar ma`naviy targ`ibotning tarixan shakllangan an`analaridan sanaladi. Ular- ning barqarorligi, ommaviyligi va ananaviyligini keng rivojlantirish takroriylik, davomiylik va uzluksizlikka asoslanadi. Tarix sinovidan o`tgan bayram va tomo- shalar kishilarning o`zaro ijtimoiy munosabatlaridagi yaxshi fazilatlarni,chinakam xalqchil va ezgu qarashlarni aks ettiradi. Milliy istiqlol sharofati bilan umumxalq shodiyonasi sifatida keng nishonla- nadigan Navro`z bayrami g`oyat muhim ijtimoiy-ma`naviy mohiyat kasb etishi bi- lan bir qatorda, an`anaviy xalq tomosha san`atining ham noyob yodgorligidir. An`- anaga ko`ra sayil sifatida nishinlanadigan bu bahoriy bayramda xalq o`yinlari,an`- anaviy tomoshalar, qo`g`irchoqbozlik, askiyabozlik,qiziqchilik,xalq milliy qo`shiq- chiligi ,sozandalik,qandolatchilik,hunarmandchilik,folklor qadriyatlari, milliy o`yin folklori,bolalar folklori va nomoddiy madaniy merosning boshqa shu kabi nodir namunalari o`z aksini topadi. Shuning uchun ham teatrlashgan maydon tomosha- lari rejissurasi va drammaturgiyasi xususida to`xtalganda Navro`z bayramining mustaqillik yillarida qadamba-qadam tiklanishi,Navro`z bayrami tantanalarini tash- kil qilish va uni o`tkazish bo`yicha to`plangan ijodiy tajribalar,Navro`z bayrami re- jissurasining o`ziga xosligi kabi masalalarga alohida e`tabor qaratish lozim. 2.2.Milliy g`oya va etnomadaniy qadriyatlar rivojida milliy raqsning o`rni. Milliy raqsimiz ham qadimdan rivojlanib kelgan an`analarimizdan biri hi- 8 soblanadi. Shuning uchun ham turli xil milliy raqs tanlovlari o`tkazilib turiladi. Milliy raqslarimiz milliy g`oya va etnomadaniy qadriyatlarimiz rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.Milliy raqslarimiz milliy musiqalarimiz asosida shakllanadi, umuman olganda ular bir biri bilan uzviy bog`liq. O`sib kelayotgan yosh avlod ongu shuuriga ezgulik va nafosat, estetik-ma`naviy kamolotga muhabbat tuyg`u- larini singdirishda o`zbek milliy raqs san`atining o`rni hamda ahamiyai beqiyos. Milliy raqslarda xalqimizning eng munavvar qadriyatlari, insoniy fazilatlari, mil- liy an`analari ifodalanadi. O`zbekiston Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi ‘Raqs san`ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashti- rish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida’gi hamda ‘Milliy raqs san`atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida’gi qarorlari madaniyat va san`at taraqqiyotida o`ziga xos tarixiy voqea bo`ldi. 9
Vatanimiz hududida ulkan madaniyatning bunyod etilishiga beqiyos his- sa qo`shgan ulug` bobokalonimiz Amir Temur, o`z asarlari bilan jahon badiiy tafakkuri taraqqiyotida o`lmas iz qoldirgan Alisher Navoiy ,ona diyorimiz daxl- sizligi va hurligi yo`lida jon bergan ulug` sarkarda Jaloliddin Manguberdi,shu- ningdek,ulug` alloma Ahmad al-Farg`oniy, buyuk muhaddis Imom al-Buxoriy, fiqh ilmi sohiblari Marg`iloniy va Moturudiy singari buyuk tarixiy shaxslarning yubiley tantanalariga bag`ishlab teatrlashtirilgan bayram tomoshalari tashkil etil- di.Bunday bayramlar ssenariysi xalqimizning tarixiy,ilmiy va adabiy-ma`naviy ulug`lash hamda jahon taraqqiyotidagi o`rnini ko`rsatib berishga qaratilganligi bilan harakterlanadi. Ana shu tipdagi bayram tadbirlarimateriallari teatrlashgan maydon tomoshalarining mazmunan rang-barangligi va funksional talqinining xilma-xilligini ko`rsatuvchi muhim manbaidir. Mamlakatimiz hududida bundan bir necha ming yillar muqaddam ulkan Madaniy meros yaratib, dunyodagi eng qadimiy shaharsozlik an`analariga asos slogan xalqimiz dahosining ulug`ligi Xiva, Buxoro, Toshkent, Samarqand,Qar- shi, Marg`ilon kabi qadimiy shaharlarimizning yuzaga kelish tarixi bilan bog`- liq sanalarga bag`ishlangan bayram tadbirlarida yaqqol o`z aksini topadi. Milliy g`oya va etnomadaniy qadriyatlar rivojida umuman olganda, tarixan shakllanib kelgan barcha an`analarimiz, urf-odatlarimiz, marosimlarimiz, shuningdek, teatr tomosha hamda raqs san`ati ham muhim rol o`ynaydi. 10
1.’Tomosha san`ati tarixi va nazariyasi’B.Sayfullayev.(2014). 2.’Milliy g`oya tarixi va nazariyasi’O.M.G`aybullayev.(2019). Download 40.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling