1-kurs talabasi ermuhamedova madinabonu milliy g`oya va etnomadaniy qadriyatlar fanidan mustaqil ishi mavzu


Download 40.71 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi40.71 Kb.
#1049457
Bog'liq
ERMUHAMEDOVA MADINABONU



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
MILLIY G`OYA, MA`NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA`LIMI
YO`NALISHI
1-KURS TALABASI
ERMUHAMEDOVA MADINABONU
MILLIY G`OYA VA ETNOMADANIY QADRIYATLAR FANIDAN

MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Milliy g`oya va etnomadaniy qadriyatlar rivojida
xalq tomosha san`ati,teatri hamda milliy raqsning o`rni.

Qabul qildi: F.F.N.,Dots. S.X.Xudoynazarov



Toshkent-2022

MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………3-5
I.BOB. Milliy g`oya va etnomadaniy qadriyatlar fani haqida tushuncha…..
…………………………………………………………………5-7
1.1.Milliy g`oya tushunchasi va uning mohiyati………………………5-6
1.2.Etnomadaniy qadriyatlar tushunchasi va uning milliy g`oyaning shakl-
lanishidagi o`rni……………………………………………………6-7
II.BOB. Milliy g`oya va etnomadaniy qadriyatlar rivojida xalq tomosha san`ati,teatri hamda milliy raqsning o`rni………………………………7-9
2.1.Milliy g`oya va etnomadaniy qadriyatlar rivojida xalq tomosha san`ati
hamda teatrining o`rni……………………………………………..7-8
2.2.Milliy g`oya etnomadaniy qadriyatlar rivojida milliy raqsning o`rni……
………………………………………………………………………....8-9
Xulosa……………………………………………………………………..10
Foydalani adabiyotlar ro`yxati……………………………………………11

2


KIRISH
Mustaqil ish mavzusining dolzarbligi:Milliy g`oya va etnomadaniy
qadriyatlar rivojida tomosha san`ati , teatri hamda milliy raqsning o`r-
beqiyos va muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shuning ushun ham
reapublikamiz miqyosida tomosha san`ati ,milliy xalq taetri hamda mil-
liy raqs san`ati bo`yicha ko`plab turli xil ko`rik tanlovlari o`tkazilib kelin-
moqda.Bu narsalar bizga o`zligimizni anglashimizda yordam beradi,
kelajak yosh avlodga sahna ko`rinislari orqali vatanparvarlik, insonpar-
varlik,oilaga muhabbat, mehr-oqibatlilik, millatlararo totuvlik,dinlararo
bag`rikenglik kabi tuyg`ularni singdirishimiz mumkin. Biz san`atimiz-
ning bu turlari orqali dunyoga tanilishimiz ham mumkin.
Taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida yuksak salohiyatli,bilimli
Insonlarni tarbiyalash,qonunchilikka rioya qiladigan , fuqarolik burchi-
ado etadigan , demokratik jamiyat talablariga amal qiladigan barkamol
shaxsni shakllantirish vazifasi turibdi. Ayniqsa,yosh avlodni yuksak ma-
daniyatli va umuminsoniyqadriyatlarga hurmatva sadoqat ruhida tarbiya-
lash milliy taraqqiyotning muhim talabi , ta`lim-tarbiya sohasida amalga
oshirilayotgan islohotlarning bosh vazifasidir . Albatda bu islohotlarni
amalga oshirishda tomosha san`ati,teatr hamda milliy raqs san`ati muhim
rol o`ynaydi.
Mustaqil ish mavzusining obyekti: milliy teatr,tomosha san`ati
hamda milliy raqsni rivojlantirish , takomillashtirish yoshlarda bu san`at
turlariga nisbatan qiziqish uyg`otish, ularni shu sohaga jalb etish usullari
va yo`nalishlari.
3
Mustaqil ish mavzusining predmeti: milliy tomosha, teatr va
raqs san`atlari orqali O`zbekistonimizni butun dunyoga tanitish.
Mustaqil ish mavzusining maqsadi: milliy o`zligimizni tani-
tish , ma`naviyatimizni boyitish hamda o`tmishimizni unutmaslik.
Mustaqil ish mavzusining vazifalari:

  • Miliy teatr,tomosha va raqs san`ati orqali yoshlarimizning onggini

shakllantirish;

  • Milliy ma`naviyatimiz sarchashmalarining bugungi g`oyaviy tarbi-

yada tutgan o`nini ilmiy tahlil etish;

  • Jamiyatda mafkuraviy imunitetni shakllantirish.

Mustaqil ish mavzusining ilmiy yangiligi:

  • Hozirgi globallashuv sharoitida milliy ma`naviyatimiz xazinasidagi

chuqur falsafiy ma`naviy-ma`rifiy g`oyalarni hamjamiyatimizdagi sog`-
lom ma`naviy muhitni asrab-avaylashdagi roli ilmiy-falsafiy tahlil
qilingan.
-jamiyatimiz ma`naviy hayotini yanada sog`lomlashtirishda milliy ma`-
naviy merosimizning ta`sir samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy
takliflar va metodologik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Mustaqil ish mavzusida qo`llanilgan metodikaning tavsifi:
tarixiylik va mantiqiylik, taqqoslash va umumlashtirish,analiz va sintez,
qiyosiy tahlil va boshqalar.
Mustaqil ish mavzusining nazariy va amaliy ahamiyati:
Mazkur ish natijalaridan turli ta`lim maskanlarida tarbiyashu-
4

noslik , etnomadaniyat , milliy g`oya va ma`naviyt ,odobnoma ,


Vatan tuyg`usi kabi fanlarning tegishli bandlarida , ma`naviyat tar-
g`ibot ishlarida shuningdek,ma`naviy ma`rifiy tadbirlarni o`tkazish-
da ilmiy manba sifatida foydalanish mumkin.
I.BOB
Milliy g`oy va etnomadaniy qadriyatlar fani haqida tushuncha.
1.1.Milliy g`oya tushunchasi va mohiyati.
Milliy g`oya va etnomadaniy qadriyatlar fanini o`rganishdan maq-
sad kelajagimiz bo`lgan yosh avlodni ongida vaanparvarlik,insonparvar-
lik,diniy bag`rikenglik, millatlararo totuvlik kabi g`oyalarni mustahkam-
lashdan iborat. G`oya inson tafakkuri mahsuli ,milliy g`oya esa millat ta-
fakkurining mahsulidir. Milliy g`oya millatning orzu-umidlari va kelajak
ideallarini o`zida ifodalaydi.Boshqacha qilib aytganda , milliy g`oya mil-
latning yetakchi maqsadi,xalqning,millatning birlashtiruvchi,yo`lga bosh-
lovchi ,safarbar etuvchi bamisoli bayroqdir. Milliy g`oya – inson va jami-
yat hayotiga ma`no va mazmun baxsh etadigan,uning ezgu maqsadlari sari
yetaklaydigan fikrlar, g`oyalar tizimidir. Ozodlik, mustaqillik, adolat, haqi-
qat ,tinchliksevarlik, insonparvarlik,bunyodkorlik kabilar uning asosiy mo-
hiyatini tashkil etadi. Milliy g`oya ko`p millatli xalqimizning ozoz va obod
Vatan , erkin va farovon hayot barpo etishdek ezgu maqsad-muddaolarini,
orzu-umidlarini , kelajak ideallarini o`zida tugal ifodalaydigan va unga eri-
shish yo`llarini ko`rsatadigan mayoqdir.Milliy g`oya va mafkurasiz hech qay-
si jamiyat,hech qaysi davlat rivojlana olmaydi. Milliy g`oya millatning o`tmi-
5

shi,buguni va istiqbolini o`zida mujassamlashtiradi, uning tub manfaatlarini,


maqsadlarini ifodalaydi.Milliy g`oya o`z mohiyatiga ko`ra,xalq,millat taqdiri-
ga daxxldor bo`lgan, qisqa yoki uzoq muddatga hal etilishi kerak bo`lgan va-
zifalar va mo`ljallarni ham aks ettiradi.Milliy g`oya vositasida el-yurt birlasha-
di, o`z oldiga buyuk maqsadlar qo`yadi va ularni ado etishga qodir bo`ladi.

1.2.Etnomadaniy qadriyatlar tushunchasi va uning milliy g`oyaning shakllani-


dagi o`rni.
Etnomadaniy qadriyatlarimiz o`zligimizni anglashimizda juda katta aha-
miyatga ega.’Etnomadaniyat’so`zi ‘etnos’ va ‘madaniyat’so`zlarining uyg`un-
ligidan tashkil topgan bo`lib, ‘etnos’ so`zi yunon tilidan tarjima qilinganda ‘ki-
shilar birlashmasi,xalq, urug`, to`da, qabila, o`zga qabila, nasl’ degan ma`nolar-
anglatadi va shu ma`nolarda ishlatilgan. ‘Madaniyat’ so`ziga esa 400dan ortiq
ta`riflar mavjud bo`lib, shulardan biri: Madaniyat-bu inson faoliyati va shu fao-
liyatning ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir.’Mada-
niyat’ arabcha ‘madina’ va ‘iyat’ so`z yasovchi qo`shimchasining birikishidan
hosil bo`lgan va ‘shaharga oid’,ilm-fan,ma`rifat,tarbiya maskani degan ma`noni
anglatadi. Madaniyat-jamiyat,inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyo-
tining muayyan darajasi. Madaniyat atamasi kishilarning faqat ma`naviy hayoti
sohasiga nisbatan ishlatiladi. Qisqa qilib aytganda,etnomadaniyat biror xalqning
kelib chiqishi, moddiy va ma`naviy madaniyati, turmush tarsi, urf-odati, an`ana-
yu tutumlari , bayram-u marosimlari , e`tiqodi , ma`naviy-ma`rifiy xususiyatlari,
madaniy kashfiyotchiligi,tarixiy jarayonlarda ravnaq topib rivojlanib kelayotgan
meroslarini va umuman qisqa qilib aytganda , etnosga xos moddiy va ma`naviy
6
qadriyatlar olamini o`rganadigan fan sohasidir.Milliy g`oya va qadriyatlar rivo-
jida etnomadaniyat muhimo`rin tutadi.Ular o`zaro uzluksiz aloqadorlikda‘o`za-
ro ta`sir’ va ‘o`zaro boyitish’ qonuniyatlariga ega. Etnomadaniy atefikatlar, qad-
riyatlar quyidan yuqoriga , oddiydan murakkabga tomon vertical va gorizontal
rivojlanib,asrlar osha ajdodlardan avlodlarga tomon tobora sayqallanib,takomil-
lashib umuminsoniylikka xos ma`no-mazmun , shakl-shamoil kasb etib kelgan.
Unga har bir avlod o`z taraqqiyoti ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda baholi qud-
rat hissasini qo`shgan va yangi bosqichga ko`targan.

II.BOB
Milliy g`oya va etnomadaniy qadriyatlar rivojida xalq tomosha san`ati,teatri hamda


milliy raqsning o`rni.
2.1.Milliy g`oya va etnomadaniy qadriyatlar rivojida xalq tomosha san`ati hamda teatrining
o`rni.
Milliy istiqlol tufayli tiklanib, qadimiy va ezgu an`analar rivoj topayotgan
bugungi kunda teatrlashtirilgan ommaviy tomoshalar g`oyat muhimamaliy ahami-
yat kasb etmoqda. Mamlakatimizning m`naviy-madaniy hayotida alohida o`rin tu-
tadigan teatrlashtirilgan tomosha san`ati milliy bayram va sayllarimizning asosiy
mohiyatini o`zida mujassamlashtirgan. Bu madaniy hodisa ko`p sonli ishtirokchi-
lar ommasining qatnashishi hamda bayramona kayfiyatning hukm surishi bilan ha-
rakterlanadi. Bugungi teatrlashgan tomosha san`ati xalq ommasining o`z ijodiy im-
koniyatlarini erkin namoyish etmoqda. Unda san`atning turli soha va yo`nalkishla-
ri tadbir senariysining bosh g`oyasiga bo`ysundiriladi hamda tabiiy hayotiy asari
sifatida sahnalashtiriladi.
O`zbek xalqining madaniy merosi tizimida ajdodlarimiz tomonidan ijod qi-
7
lingan hamda katta ijtimoiy-ma`naviy ahamiyatga ega bo`lgan turfa xil bayram-
lar ,ommaviy o`yinlar ,tomoshalar alohida o`rin tutadi. Ular ijtimoiy va ma`na-
viy hayotning barcha tomonlarini o`z ichiga qamrab olgan sintetik hodisadir.Ki-
shilik hayotining hamma qirralarini o`zida mujassamlashtirgan tomosha va bay-
ramlar ma`naviy targ`ibotning tarixan shakllangan an`analaridan sanaladi. Ular-
ning barqarorligi, ommaviyligi va ananaviyligini keng rivojlantirish takroriylik,
davomiylik va uzluksizlikka asoslanadi. Tarix sinovidan o`tgan bayram va tomo-
shalar kishilarning o`zaro ijtimoiy munosabatlaridagi yaxshi fazilatlarni,chinakam
xalqchil va ezgu qarashlarni aks ettiradi.
Milliy istiqlol sharofati bilan umumxalq shodiyonasi sifatida keng nishonla-
nadigan Navro`z bayrami g`oyat muhim ijtimoiy-ma`naviy mohiyat kasb etishi bi-
lan bir qatorda, an`anaviy xalq tomosha san`atining ham noyob yodgorligidir. An`-
anaga ko`ra sayil sifatida nishinlanadigan bu bahoriy bayramda xalq o`yinlari,an`-
anaviy tomoshalar, qo`g`irchoqbozlik, askiyabozlik,qiziqchilik,xalq milliy qo`shiq-
chiligi ,sozandalik,qandolatchilik,hunarmandchilik,folklor qadriyatlari, milliy o`yin
folklori,bolalar folklori va nomoddiy madaniy merosning boshqa shu kabi nodir
namunalari o`z aksini topadi. Shuning uchun ham teatrlashgan maydon tomosha-
lari rejissurasi va drammaturgiyasi xususida to`xtalganda Navro`z bayramining
mustaqillik yillarida qadamba-qadam tiklanishi,Navro`z bayrami tantanalarini tash-
kil qilish va uni o`tkazish bo`yicha to`plangan ijodiy tajribalar,Navro`z bayrami re-
jissurasining o`ziga xosligi kabi masalalarga alohida e`tabor qaratish lozim.

2.2.Milliy g`oya va etnomadaniy qadriyatlar rivojida milliy raqsning o`rni.


Milliy raqsimiz ham qadimdan rivojlanib kelgan an`analarimizdan biri hi-
8

soblanadi. Shuning uchun ham turli xil milliy raqs tanlovlari o`tkazilib turiladi.


Milliy raqslarimiz milliy g`oya va etnomadaniy qadriyatlarimiz rivojida muhim
ahamiyat kasb etadi.Milliy raqslarimiz milliy musiqalarimiz asosida shakllanadi,
umuman olganda ular bir biri bilan uzviy bog`liq. O`sib kelayotgan yosh avlod
ongu shuuriga ezgulik va nafosat, estetik-ma`naviy kamolotga muhabbat tuyg`u-
larini singdirishda o`zbek milliy raqs san`atining o`rni hamda ahamiyai beqiyos.
Milliy raqslarda xalqimizning eng munavvar qadriyatlari, insoniy fazilatlari, mil-
liy an`analari ifodalanadi. O`zbekiston Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi ‘Raqs
san`ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashti-
rish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida’gi hamda
‘Milliy raqs san`atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida’gi qarorlari
madaniyat va san`at taraqqiyotida o`ziga xos tarixiy voqea bo`ldi.

9
Xulosa.


Vatanimiz hududida ulkan madaniyatning bunyod etilishiga beqiyos his-
sa qo`shgan ulug` bobokalonimiz Amir Temur, o`z asarlari bilan jahon badiiy
tafakkuri taraqqiyotida o`lmas iz qoldirgan Alisher Navoiy ,ona diyorimiz daxl-
sizligi va hurligi yo`lida jon bergan ulug` sarkarda Jaloliddin Manguberdi,shu-
ningdek,ulug` alloma Ahmad al-Farg`oniy, buyuk muhaddis Imom al-Buxoriy,
fiqh ilmi sohiblari Marg`iloniy va Moturudiy singari buyuk tarixiy shaxslarning
yubiley tantanalariga bag`ishlab teatrlashtirilgan bayram tomoshalari tashkil etil-
di.Bunday bayramlar ssenariysi xalqimizning tarixiy,ilmiy va adabiy-ma`naviy
ulug`lash hamda jahon taraqqiyotidagi o`rnini ko`rsatib berishga qaratilganligi
bilan harakterlanadi. Ana shu tipdagi bayram tadbirlarimateriallari teatrlashgan
maydon tomoshalarining mazmunan rang-barangligi va funksional talqinining
xilma-xilligini ko`rsatuvchi muhim manbaidir.
Mamlakatimiz hududida bundan bir necha ming yillar muqaddam ulkan
Madaniy meros yaratib, dunyodagi eng qadimiy shaharsozlik an`analariga asos
slogan xalqimiz dahosining ulug`ligi Xiva, Buxoro, Toshkent, Samarqand,Qar-
shi, Marg`ilon kabi qadimiy shaharlarimizning yuzaga kelish tarixi bilan bog`-
liq sanalarga bag`ishlangan bayram tadbirlarida yaqqol o`z aksini topadi. Milliy
g`oya va etnomadaniy qadriyatlar rivojida umuman olganda, tarixan shakllanib
kelgan barcha an`analarimiz, urf-odatlarimiz, marosimlarimiz, shuningdek, teatr
tomosha hamda raqs san`ati ham muhim rol o`ynaydi.

10

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.



1.’Tomosha san`ati tarixi va nazariyasi’B.Sayfullayev.(2014).
2.’Milliy g`oya tarixi va nazariyasi’O.M.G`aybullayev.(2019).


Download 40.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling