1-kurs tarixyo`nalishitalabalariuchunArxeologiyavaetnologiyafanidan yakuniynazoratsavollari 1-variant


Download 276.13 Kb.
bet66/94
Sana05.01.2022
Hajmi276.13 Kb.
#227030
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   94
Bog'liq
1-58 arxeologiya

Variant-38

  1. Obiraxmatg‘or-makoni

  2. So‘nggieneolitdavrixusuyatlari

  3. Qayroqummadaniyati

1savol....Obiraxmat g‘or-makoni. Toshkent shahridan 100 km. sharqda Tyanshan tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan. G‘or-makon 10 m. dan iborat 21 ta madaniy qatlamga ega. Tosh qurollari ohaktoshli chaqmoqtoshdan prizmasimon usulda yasalgan. Qisman levallua usulida yasalgan tosh qurollari ham uchraydi.

Obiraxmat g‘or-makondan ham muste va so‘nggi paleolit davrining ilk bosqichida yashagan ibtidoiy odamning bosh chanog‘i va tishlari topilgan. Antropolog olimlar suyaklar neandertal va zamonaviy odam oralig‘idagi bo‘g‘inni tashkil qiladi, deb hisoblaydi. Obiraxmatlik ibtidoiy odamlar yovvoyi echki, tog‘ echkisi (kiyik), bug‘u, arxar va cho‘chqa kabi hayvonlarni ov qilgan.

G‘or-makonning yoshi cheksiz davrlashtirish usullari natijasiga ko‘ra mil. avv. 48-42 ming yilliklar bilan sanalanadi. Ibtidoiy odamlar g‘orda muste davri va so‘nggi paleolitning ilk bosqichida yashagan.



2savol....So‘nggi eneolit. So‘nggi eneolit (NMZ III) davrga oid o‘ttizdan ortiq manzilgohlar o‘rganilgan. Bu davrda katta-kichik qishloqlardan tashqari maydoni ancha yirik dehqonchilik markazlari paydo bo‘ladi. Nomozgohtepa, Oltintepa, Qoratepa, Yilginlitepa va Geoksur 1 manzilgohlar kengayib, maydoni 12-20 ga. ga yetadi. Manzilgohlarning me'moriy-qurilish tuzilmas murakkablashadi, Qadimgi Sharqning ilk dehqonchilik markazlariga xos qurilish inshootlari quriladi. Bunday alomatlar arxeologik jihatdan boshqa yodgorliklarga nisbatan yaxshi o‘rganilgan Oltintepa manzilgohida aniq namoyon bo‘ladi. Manzilgohda aholi uy-joy imoratlari, diniy-g‘oyaviy va ishlab chiqarish inshootlaridan iborat alohida mahallalardan tashkil topgan. Uy-joylar jamoa a'zolarining jamiyatda tutgan o‘rni va mavqyeiga qarab, bir va ko‘p xonali (20 gacha) imoratlardan iborat. Bu davrda Qadimgi Shumerda markaziy manzilgohga bo‘ysungan kichik dehqonchilik qishloqlaridan iborat ma'muriy-hududiy tuzilma shakllangan. Atrofi mustahkam mudofaa devori bilan o‘rab olingan markaziy manzilgoh ibodatxona, aholining turli tabaqasiga tegishli uy-joylar va hunarmandchilik ishlab chiqarish mahallasidan iborat shahar markazini tashkil qilgan. Oltintepa manzilgohlarda ham Qadimgi Shumerning ilk shahar markazlarida bo‘lgani alomatlar namoyon bo‘ladi. Bu davrda umumjamoa ibodatxonasi bilan birga katta patriarxal oilaning sig‘inish xonasi-sajdagohi mavjud bo‘lgan. Geoksyur I manzilgohda ko‘p xonali uyda katta patriarxal oila tegishli kichik ibodatxona joylashgan. So‘nggi eneolit davrida ko‘p xonali uylarining tarkibida sig‘inish xonasining bo‘lishi an'anaga aylanadi.Eneolit davrining so‘nggi bosqichida dafn inshootining bir necha turi paydo bo‘ladi. Marhumlar oddiy qabrlardan tashqari, sag‘analar va jamoaviy qabrlarga dafn qilingan. Qoratepa va Geoksyur I manzilgohlarida aniqlangan qadimgi sag‘analar kvadrat va cho‘ziq shaklda bo‘lib, ichki tomoni xom g‘isht bilan terib chiqilgan. Sag‘analarning tepasi xom g‘isht bilan gumbaz shaklida yopilgan. Bunday sag‘analarda o‘troq dehqon jamoasining nufuzli a'zolari dafn etilgan.Qabrlardan marhumlar bilan qo‘shib ko‘milgan sopol buyumlar, tosh qurollar, mis buyumlar, toshdan yasalgan munchoq va haykalchalar topilgan. Sag‘analardan topilgan buyumlar soni, mig‘dori va sifati jihatdan oddiy qabrlardagidan farq qiladi. Jamoaviy qabrlarga kam sonli sopollar, savatlar va zebziynat buyumlar qo‘yilgan. Qabrlardan topilgan buyumlarning o‘zaro farqlanishi marhumlarining hayotiylik davridagi mulkiy va ijtimoiy tengsizligidan darak beradi.So‘nggi eneolit davrida sug‘orma dehqonchilik xo‘jaligi rivojlanib, sun'iy sug‘orish tizimi takomillashadi. Geoksyur vohasida kichik suv omborning o‘rni aniqlangan. Chuqurligi 3 m. dan iborat omborda taxminan 1100 m3hajmga ega suv zahirasi saqlangan. Dehqonchilikda sug‘orish tizimidan foydalanish boshlangandan so‘ng suvga to‘yingan boshoqli don ekinlari mutatsiyaga uchrab, hosildor navlari paydo bo‘ladi. Natijada hosildorlikning o‘sishiga olib kelganGeoksur vohasi manzilgohlaridan yumshoq bug‘doy, ikki va olti qatorli arpa qoldig‘i topilgan. yetarli suv zahirasiga ega bo‘lgan dehqonlar yiliga ikki marta ekin ekib, hosil olish mumkin edi. Birinchi hosil yig‘ib olingandan keyin ikkinchi marta ekin ekib, qo‘shimcha hosil olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Natijada oziqovqat mahsulotlar yetishtirish hajmi bir necha barobar ko‘payadi. Metallurgiya sohasida erishilgan yutuq, ya'ni metalni yopiq usulda eritish texnologiyasi vujudga kelgandan keyin shakli murakkab ish qurollari paydo bo‘ladi. Metalni eritish texnologisi vujudga kelgandan keyin hunarmandchilikningixtisoslashishi va alohida sohalarga ajralishi boshlangan.So‘nggi eneolit davrida qadimgi o‘troq dehqon aholisi jamiyat taraqqiyotining barcha sohasida ajdodlaridan ilgarilab ketadi. Metallning insoniyat ijtimoiy hayotiga chuqur kirib borishi va sug‘orma dehqonchilik xo‘jaligi ahamiyatining o‘sishi, so‘nggi eneolit davri jamiyati taraqqiyotining muhim omili bo‘lgan. Bu esa mahalliy hududning ilk sivilizatsiya markazlariga xos taraqqiyot yo‘lida rivojlanayotganidan dalolat berar edi

3savol....



Download 276.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling