1-kurs tarixyo`nalishitalabalariuchunArxeologiyavaetnologiyafanidan yakuniynazoratsavollari 1-variant


Download 276.13 Kb.
bet65/94
Sana05.01.2022
Hajmi276.13 Kb.
#227030
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   94
Bog'liq
1-58 arxeologiya

Variant-37

  1. Joytunmadaniyati

  2. Ilkeneolitdavrixusuyatlari

  3. Ko‘lbuloqmanzilgohi.

11 savol.....Joytun madaniyati (mil. avv. VII–V ming yilliklar). O‘rta Osiyoning neolit davri ilk o‘troq dehqonchilik madaniyati. Bu madaniyat Turkmanistonning janubi-g‘arbiy qismida Kopetdag va Qoraqum cho‘li oralig‘ida, qadimda o‘troq dehqonchilik xo‘jaligini yuritish uchun qulay bo‘lgan hududda vujudga kelgan.

Joytun madaniyatiga oid 20 ga yaqin manzilgohlar aniqlangan. Ularning maydoni 0,2-2,0 ga. dan iborat bo‘lib, madaniy qatlami 2-5,5 m. ni tashkil qiladi. Joytun madaniyati manzilgohlarida paxsa va bulkasimon xom g‘ishtlardan barpo etilgan tarhi kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklli bir xonali uylar aniqlangan. Uylarning ichkarisida devor yonida oval shaklli xo‘jalik o‘chog‘i joylashgan. Uylarning sathi loy yoki ganch suvoq qilingan. Dastlabki bosqichda uylarning eshigi qamishdan to‘qilgan bo‘yra yoki teri bilan yopilgan.

Joytun manzilgohi Ashgabat shahridan 30 km. shimolda, qum barxani ustida joylashgan. Joytun dastlabki o‘rganilgan manzilgoh bo‘lib, neolit davriga ilk o‘troq dehqonchilik madaniyati shu nom bilan yuritiladi.

Joytun manzilgohining balandligi 5,5 m. dan iborat tepalikni tashkil etib, unda qalinligi 2,5 m. joyda 5 ta madaniy qatlam aniqlangan. Manzilgohning quyi madaniy qatlamida kvadrat shaklida tartibsiz qurilgan 30 ta uy-joy majmuasining o‘rni ochilgan. Umumiy hovlidan iborat majmua tarkibida yashash xonasi, qo‘shimcha xo‘jalik qurilishi va g‘alla saqlash uchun mo‘ljallangan o‘ralar o‘rin olgan. Yashash xonalarining ko‘lami 13-39 ni tashkil etadi. V.M.Masson taxminiga ko‘ra Joytun manzilgohidagi uylarining har birida 5-6 nafar kishidan iborat juft oila a'zolari yashagan. Qishloq aholisining umumiy soni 150-180 nafar kishini tashkil etgan.

Monjuqlitepa, Chagillitepa, Qadmitepa, Pessejiktepa va boshqa manzilgohlardan Joytun madaniyatining turli bosqichlariga manzilgohlar o‘rganilgan. Uy-joy imoratlari takomillashib, murakkablashib borgan.

Pessijiktepa va Chigillitepa manzilgohlaridan aniqlangan maydoni nisbatan kattaroq imoratlarning devori turli rang-tasvirlar bilan bezatilib, ularda yashash xonalarida uchraydigan moddiy ashyolar aniqlanmagan. Tadqiqotchi O.Berdiev Pessijiktepa manzilgohida joylashgan ushbu inshootni Kichik Osiyoning Chatal Huyuk manzilgohida joylashgan ibodatxona bilan qiyoslab, mahalliy aholining sig‘inish joyi bo‘lgan, deb hisoblaydi.


Joytun madaniyati aholisi marhumlarni manzilgoh ichkarisida, yashash xonasining ichida yoki hovlida o‘ng va chap tomoni bilan gujanak yotgan holatda dafn etganlar. Marhumlar bilan birga hayotlik davrida foydalangan tosh qurollari, sopol buyumlari va boshqa narsalar qo‘shib ko‘milgan. Joytun madaniyatiga mansub aholi yevropeoid irqining sharqiy o‘rta yer dengizi guruhiga xos qisqa va cho‘ziq yuzli-dolixokran shaklli aholi vakillari bo‘lganlar
2 2savol....Neolit davri tavsifi. Neolit - (yun. neos-yangi, lot. litos-tosh, yangi tosh asri) tosh davrining so‘nggi bosqichi. Arxeologiya faniga neolit atamasini 1865 yilda ingliz olimi Jon Lebbok kiritgan. Neolit davri sanasi mahalliy hududlarning

tabiiy-geografik sharoiti, xo‘jalik va moddiy madaniyati xususiyatiga ko‘ra mil. VIII-IV ming yilliklar doirasida sanalanadi. yer yuzining ayrim hududida neolit davri an'anlari mil. avv. III/II ming yilliklarda ham davom etadi.

Neolit davrining iqlimi hozirgidan ancha farq qilgan. Uning dastlabki bosqichida namchil va issiq iqlimli sharoit hukmron bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik atlantika bosqichida (taxminan mil. avv. VII-IV ming yilliklar) ob-havo isib, iqlim quruqlashib borgan. Ilgarigi namchil iqlimli o‘rmonzor hududlarda qurug‘oqchilik kuchaygan. Masalan, mezolit davrida sersuv va o‘rmonzor bo‘lgan Saxara qurg‘oqchilik tufayli cho‘lga aylanadi.

Neolit davri ekologik o‘zgarishlar oqibatida Osiyoning tabiiy sharoiti qulay va issiq iqlimga ega bo‘lgan subtropik mintaqalarida mezolit davridagi ixtisoslashgan termachilik va ovchilik asosida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik-dehqonchilik va chorvachilikning vujudga keladi. Xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakli o‘tish dastlab yevrosiyoning issiq iqlimli janubiy o‘lkalarida sodir bo‘lgan. “Serunum yarimoy hududi”ni tashkil etgan Yaqin Sharq, Mesopotamiya va Kichik Osiyo yerlarida mil. avv. IX/VIII ming yilliklardayoq o‘simliklarni madaniylashtirish va hayvonlarni xonakilashtirish boshlanadi.

Neolit davrida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakllari-dehqonchilik va chorvachilik vujudga kelgandan so‘ng barqaror oziq-ovqat zahirasi paydo bo‘ladi. Bu aholi turmush darajasining o‘sishishiga olib keladi. Kishilik jamiyati ijtimoiy-iqtisodiy hayotida sodir bo‘lgan bunday ijobiy o‘zgarishlarni ingliz arxeolog olimi Gordon Chayld “neolit inqilobi”, deb atagan. Amerikalik boshqa bir olim R.Breydvud esa ijtimoiylashgan shaklda, ya'ni “oziq-ovqat yetishtirish inqilobi” nomi bilan yuritishni ma'qul ko‘rgan.

Yaqin Sharq hududidagi Ierixon madaniyati (mil. av. IX/VIII-VII ming yil) ishlab chiqaruvchi xo‘jalikga asoslangan eng qadimgi madaniyat hisoblanadi. Bu madaniyatga oid ilk o‘troq dehqonchilik qishlog‘ining o‘rni Tell as Sulton (Ierixon) manzilgohining quyi madaniy qatlamida aniqlangan. Ierixon madaniyatining dastlabki (Ierixon IA) bosqichda aholi yerto‘la uy-joylardan iborat qishloqlarda yashagan. Qishloq atrofi tosh devor bilan o‘rab olingan. Manzilgohdan motiga, o‘roq qadamasi kamon paykoni vazifasini bajargan ko‘p sonli mikrolitlar topilgan. Tirikchilik manbai termachilikdan iborat bo‘lib, uning asosida dehqonchilikning ilk kurtaklari paydo bo‘la boshlaydi.

Ikkinchi bosqichda (Ierixon IB) ierixonliklar hayotida muhim o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Bu yerga shimoldan aholi ko‘chib kelib joylashadi. Moddiy madaniyat va xo‘jalik sohalarida ma'lum yutuqlarga erishiladi. Uy-joylari yer ustida, ilgaridan rejalashtirish asosida qurila boshlaydi.

Mazkur bosqichida xo‘jalik sohasida ham muhim o‘zgarish sodir bo‘ladi. Terib-termachilik asosida ilk dehqonchilik shakllanadi. Soylarning etagida joylashgan tekis maydonlarga ekilgan boshoqli don ekinlari bahorgi yomg‘ir suvi bilan liman usulida ikki-uch marta sug‘orilgan. Dehqonchilikda arpa va bug‘doy ekilgan. yerlarga motiga yordamida ishlov berilgan. Hosil yog‘ochga qotirilgan mikrolit tosh o‘roqda o‘rib olingan.

Ovchilik asosida xonaki chorvachilik shakllangan. Topilgan suyaklarga ko‘ra faqat echki, ehtimol qo‘y ham xonakilashtirilgan. Don mahsulotlari zahirasining ko‘payishi bilan mushuk ham xonakilashtiriladi. Ovchilik xo‘jaligi ahamiyatini saqlab qolgan.
3savol....Ko‘lbuloq makoni. Ko‘lbuloq makoni Toshkent viloyati Angren shahridan 12 km. g‘arbda Ohangaron daryosining irmog‘i Jarsoyning o‘ng tomonidagi soy bo‘ylab uzunasiga joylashgan tepalikning qiyalangan joyda, shu nomdagi buloq yaqinida joylashgan. Makonda qalinligi 19 m. dan iborat 49 ta (M.R.Qosimov 41 ta madaniy qatlamni qayd etgan) madaniy qatlam aniqlangan. Quyi qismidagi 22 ta madaniy qatlami (49-28 qatlamlar) ashel davriga oid bo‘lib, termolyumenessent usulida tekshirish natijasiga ko‘ra mil. avv. 200 ming yillik bilan sanalanadi.

Ashel davriga oid madaniy qatlamidan kam sonli tosh qurollari va hayvon suyaklari topilgan. Tosh qurollarining ko‘pchilik qismi chaqmoqtoshdan va kamchilik qismi chaqmoqlashgan slanetsdan yasalgan. Ular qo‘pol qilib yasalgan tosh qurollari, nukleuslar va uchrindilardan iborat. Tabiiy ta'sir natijasida tosh qurollariga zarar yetgan. Ularning sirtiga tuz yig‘ilib, qotib qolishi natijasida asl holati buzilgan. Mazkur qatlamda obsidiandan yasalgan yagona tosh quroli topilgan. O‘rta Osiyoning boshqa yodgorliklarida bunday tosh quroli uchramaydi. Obsidian vulqon harakati faol bo‘lgan Kichik Osiyo va O‘rta Sharq hududida tarqalgan. Makondan arxar, ot va boshqa hayvonlarning suyagi topilgan. Ko‘lbuloqliklar hayotida ovchilik xo‘jaligi ham muhim o‘rin tutgan.

Ko‘lbuloq makonining yaqinida paleolit davriga oid Qizilolma 2 yodgorligi joylashgan. Qizilolma 2 tabiiy chaqmoqtosh qatlamli shaxta koni bo‘lib, undan ishlov berilgan tosh qurollar, ularni yasash jarayonida hosil bo‘lgan uchrindilar topilgan. Tosh qurollari majmuasida ashel davri usulida yasalgan nusxalari ham uchraydi. Toshga ishlov berish ishlari bevosita shaxtada amalga oshirilgan.

Janubiy Tojikistonda ashel davrining so‘nggi bosqichiga oid madaniy qatlamga ega Qaratov I va Lohutiy I makonlari joylashgan. Qaratov I makonidan qayroqtosh va qisman chaqmoqtoshdan yasalgan chopper, qirg‘ich, to‘g‘nag‘ich va boshqa qurollar topilgan. Yodgorlik termolyuminessent usulida tekshirish natijasiga ko‘ra mil. avv. 200 ming yillik oid.

Lohutiy I makonidan topilgan tosh qurollari Qoratov I qurollariga nisbatan ancha takomillashgan va yasalish usuliga ko‘ra levallua alomatini saqlanib qolgan. Qayroqtoshdan yasalgan chopper, gardishsimon, bir zarb maydonchali va bir tomonli nukleuslar hamda tishli, o‘yiq shaklida yasalgan tosh qurollari mavjud. Makonning soz tuproqli qadimgi qatlami termolyuminessent usulida tekshirish natijasiga ko‘ra mil. avv. 130-120 ming yilliklar bilan sanalangan.

Turkmanistonning g‘arbiy qismida ham ashel davriga oid bir nechta makonlar aniqlangan. Bu yerda ashel davrining so‘nggi bosqichi oid Yangaja I, Qasqirbuloq va Junurpa makonlari joylashgan. Ulardan ashel davri alomatiga ega bo‘lgan kam sonli tosh qurollar topilgan.

O‘rta Osiyoning cho‘l qismining ilk paleolit davridagi o‘simlik va hayvanot olamiga boy tabiati eng qadimgi odamlarning yashashi uchun juda qulay sharoit yaratgan. Hozirgi Qizilqum va Qoraqum cho‘llarining ashel davri iliq iqlimli, sharoitida yashagan eng qadimgi odamlarning kam sonli makonlari saqlangan. Mazkur hududda aniqlangan Qizilnura I, Ko‘kayoz I, Qizilbo‘ron, Olamko‘l, Begarslandag, Qoraquduq, Shaxpaxti, Yesen 3 va boshqa makonlar eng qadimgi ajdodlarimizning ibtidoiy davr tarixidan darak beradigan muhim yodgorliklardir.

Osiyoning boshqa joylaridan ham ashel davri makonlari yaxshi o‘rganilgan. Xitoy hududida ashel davriga oid juda ko‘plab yodgorliklar mavjud. Ulardan eng mashhuri Chjoukoudyan makoni bo‘lib, undan o‘rta pleystotsen davriga oid arxantrop suyaklari, yuz mingdan ortiq tosh qurollari va 118 turdagi hayvon suyaklari topilgan.




Download 276.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling