1-kurs tarixyo`nalishitalabalariuchunArxeologiyavaetnologiyafanidan yakuniynazoratsavollari 1-variant


Download 276.13 Kb.
bet29/94
Sana05.01.2022
Hajmi276.13 Kb.
#227030
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94
Bog'liq
1-58 arxeologiya

Jarqo‘ton bosqichi.Bu bosqichda sopolli madaniyati aholisi yangi yerlarni o‘zlashtirgan. Bo‘stonsoy hududidagi Jarqo‘ton, Ko‘hitang tog‘ yon bag‘irida Tillabuloq va Arabuloq manzilgohlari mana shu davrda asos solingan. Jarqo‘ton manzilgohi Sherobod vohasida hozirgi paytda suvsizlanib qolgan Bo‘stonsoy o‘zanining qo‘ltiq hosil qilgan qismida joylashgan. Manzilgoh bir nechta kichik tepaliklardan tashkil topib, ark va shahriston qismlaridan iborat. Soyning boshqa tomonidan qabriston o‘rin olgan.Jarqo‘tonning umumiy maydoni 90 ga. dan iborat.Uning 20 ga. qismi qabristonni tashkil etadi.

Manzilgohning shimoli-g‘arbiy qismida dunyo tomonlariga moslab qurilgan qal'a joylashgan. Qal'aning umumiy maydoni 3 ga. dan iborat bo‘lib, atrofi xom g‘ishdan qurilgan mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Uning g‘arbiy tomonida atrofi mudofaa devori bilan o‘rab olingan shahar saroyi joylashgan.

Jarqo‘tonda baland tagkursi ustida, dunyo tomonlariga moslab qurilgan ibodatxona majmuasi (tarhi 44,5x60 m.) manzilgohning mahobatli imoratlardan biri hisoblanadi. Majmua toat-ibodat xonasi, xizmatkorlar yashash xonalari va xo‘jalik qismidan tashkil topgan. Toat-ibodat xonasida muqaddas olov mehrobi asosiy o‘rin tutgan. Hovlida suv saqlanadigan quduq mavjud bo‘lgan. Ibodatxona mudofaa devori bilan o‘rab olingan.Qadimgi Sharq xalqlari diniy tasavvurida olov insonning tanasini yovuz ruhlardan xalos etuvchi, suv esa ulardan tozalovchi vazifasini bajargan.

Jarqo‘ton ibodatxonasi yaqinida vino tayyorlanadigan maxsus xonaning o‘rni ochib o‘rganilgan.Ehtimol, jarqo‘tonlik aholi diniy aqidasida muqaddas ichimlik sifatida vino iste'mol qilingan.Ma'lumki, O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlarida muqaddas ichimlik mitraga sig‘inish odatining ishorasi hisoblangan.

Ibodatxona Murg‘ob vohasining Gonurtepa manzilgohi ibodatxonasi bilan umumiylikga ega.O‘rta Osiyoning bronza davri o‘troq dehqonchilik vohalari aholisi diniy dunyoqarashida muqaddas olov va ichimlik kulti yuqori o‘rinni egallagan. Olov quyoshning yerdagi aksi bo‘lib, keyingi davrda mahalliy aholi orasida tarqalgan mitraga sig‘inishni o‘zida aks ettirgan.

Jarqo‘tonning shahristoni qal'aning shimoli-sharqiy, sharqiy va janubiy tomonidagi tepaliklar o‘rnida bo‘lgan. Shahristonda aholi yashagan uy-joyi, hunarmandchilik inshootlari o‘rganilgan. Aholining qurilish imoratlari kishilarning jamiyatdagi mavqiega ko‘ra bir va ko‘p xonali uy-joylardan tashkil topgan.

Shahristonning janubiy va janubi-g‘arbiy tomonidagi tepaliklarda Jarqo‘ton aholisining qabristoni o‘rin olgan. Shahriston bilan qabristonni tabiiy jarlik ajratib turadi.Qabrlar sopolli madaniyatining jarqo‘ton, ko‘zali, molali bosqichlariga oid. Qabrlar katakomba usulida qazilib, mayitlar yon tomoni bilan gujanak holatda sharq tomonga qaratib ko‘milgan. Erkaklar o‘ng, ayollar chap tomoni bilan yotqizib ko‘milgan. Marhumlarning yoniga jinsi, yoshi va hayotiylik davridagi ijtimoiy holatiga qarab turli xil kuzatuv buyumlar qo‘yilgan


Download 276.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling