1-kurs tarixyo`nalishitalabalariuchunArxeologiyavaetnologiyafanidan yakuniynazoratsavollari 1-variant


Download 276.13 Kb.
bet37/94
Sana05.01.2022
Hajmi276.13 Kb.
#227030
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   94
Bog'liq
1-58 arxeologiya

Variant-23


  1. Arxeologikdavrlashtirish.

  2. Mezolitdavritasviriysan'ati.

  3. Kura-Araksmadaniyati.

1.Arxeologik davrlashtirish.?- Arxeologiya fanida nisbiy va mutlaq davrlashtirish qo‘llaniladi. Nisbiy davrlashtirish yodgorlik yoki moddiy topilmaning ma’lum davrga va uning bosqichlariga tegishli ekanligini aniqlashda keng ko‘llaniladi. Nisbiy davr bevosita moddiy topilmalarning turi va yodgorlik stratigrafiyasi (madaniy qatlami) asosida aniqlanadi. Unda ma’lum bir davr (paleolit, mezolit, neolit va boshqalar) va bosqichlari (ilk, O‘rta, so‘nggi) to‘g‘risidagi xulosalar beriladi. Nisbiy davrini aniqlashda o‘ziga kadar o‘rganilgan madaniyatlar yoki tarkibidagi yodgorliklar natijalariga tayaniladi va ular solishtirish asosida amalga oshiriladi. Mutlaq davrlashtirish esa voqea va hodisaning aniq sanasi (kun, oy, yil yoki faqat yili, asri, ming yillik)ni aniqlab beradi. Mutlaq davrlashtirish asosan yozma manba ma’lumotlari, tangalar (numizmatik), epigrafik yodgorliklar ma’lumotlari va tabiiy fanlar ilmiy tahlillariga asoslanadi. Davrlashtirishning bunday usuli tarixning keyingi davrlari, ya’ni yozuv paydo bo‘lgandan keyingi tarixi ayniksa, kadimgi va O‘rta asrlar davrlarini belgilashda yaxshi natija beradi. Bular asosan ma’lum aniq vokealiklarning sanasini aniqlab beradi. Ma’lum madaniyatlar boskichlari va ularning davrlarni aniqlashda yordamchi manba sifatida xizmat qiladi.

Mutlaq davrlashtirishning boshqa bir turi tabiiy-ilmiy usullar bo‘lib, ulardan ibtidoiy davr tarixini davrini aniqlashda keng foydalaniladi. Ular termolyuminitsitsent, uran, kaliyargon, radiokarbon (radiouglerod), arxeomagnit, dendroxronologik va boshqalardan iborat. termolyuminitsitsent, uran, kaliyargon usullardan million yilga qadar va undan ortiq bo‘lgan davrlarni belgilashda, radiokarbon usulidan esa 60 ming yilga kadar bo‘lgan davrlarni belgilashda foydalaniladi. Ma’lumki, tirik organizm o‘lgandan so‘ng uning tarkibidagi uglerod izotoplar emirila boshlaydi. Ularning yarim emirilish davri esa anik. O‘rta Osiyo arxeologiyasini o‘rganish hozirda yaxshi yilga qo‘yilgan. Bu ishlar bilan maxsus institutlar, universitetlar, arxeologiya kafedralari, joylardagi muzeylar hamda ular bilan hamkorlikda chet el institutlar va universitetlari shug‘ullanishmoqdalar. Bularning tadqiqotlari o‘lka xalqlari tarix. O‘rta Osiyo xalqlari moddiy madaniyat yodgorliklarini o‘rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan, ya’ni o‘lkaning chor Rossiyasi tomonidan bosib olingandan so‘ng boshlandi. V. V. Bartoldning bevosita rahbarligi va taklifi bilan 1895 yilda «Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi» tuzilib, uning ustavi tasdiqlanadi. To‘garak tadqiqot ishlariga jiddiy e’tibor qaratib, dastabki yutuqlarga erishadi.

Lekin, bu paytda ish olib borgan olimlar va havaskorlar tadqiqot ishlarini muntazam tashkil etmagan edilar. O‘rta Osiyo arxeologiyasi jiddiy e’tibor 20-yillarning oxiri va 30-yillardan boshlandi. Ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan so‘ng arxeologik tadqiqot ishlari O‘rta Osiyoning barcha hududlarida keng ko‘lamda olib borila boshlandi. Arxeologiya asoslari faniga kirish



Download 276.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling