Arxeologik topilmalar sanasini aniqlashning asosiy usullari
Download 72,11 Kb.
|
15-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAYANCH SO‘ZLAR VA IBORALAR
- J. Kondorose (XVIII asr.)
- . 1861 y I. Baxofen
- Funksionalizm – XIX
- Fransuzs olimi G. Mortile
- 1877 y L. Morgan
ARXEOLOGIK TOPILMALAR SANASINI ANIQLASHNING ASOSIY USULLARI REJA: Ibtidoiy jamoa davrini davrlashtirish muammolari Qazilma yodgorliklarning sanalarini aniqlash usullari Sanalarni aniqlashda tabiiy fanlarning roli. TAYANCH SO‘ZLAR VA IBORALAR Arxeologiya, ibtidoiy jamiyat, tosh davri, paleolit, mezolit, Neolit, eneolit, kaliy orgon, radio uglerot, arxeomagnit, arxeozoologiya,paleobotanika. Ibtidoiy jamiyat tarixini davrlashtirishga ilk bora antik davrda urinilgan. Rimlik olim Lukretsiy Kar o‘zining “Narsalarning tabiati haqida” asarida odmlarning mehnat qurollarining o‘zgarishiga qarab tosh, bronza va temir davrlariga ilk bora bo‘lib o‘rganishni tavsiya etgan. J. Kondorose (XVIII asr.) ibtidoiy jamiyat tarixini ovchilik va baliqchilik, chorvachilik, dehqonchilik kabi davrlarga bo‘lib o‘rganish lozim deb hisoblagan. A. Fergyusson (XVIIIasr) davrlashtirishni madaniy taraqqiyot darajasining o‘zgarib borishiga qarab yovvoyilik, varvarlik, sivilizsiyaga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etgan. Keyinroq esa, shvedsiyalik olim S. Nilson ushbu davrlashtirishni bir qadar to‘ldirdi. U yovvoyilik, nomadizm (grekcha. nomados – ko‘chmanchi, ko‘chib yuruvchi), dehqonchilik va sivilizatsiya davrlariga bo‘lishni taklif etadi. Ibtidoiy jamiyat tarixini ilmiy soslarga ko‘ra davrlashtirish XIX asrda paydo bo‘ldi. Bunga o‘sha davrda relekt qabilalar hayotini o‘rganishning maqsadli va rejali asosda o‘rganilishi, insoniyatning qazilma yodgorliklarini o‘rganishning kuchayishi sabab bo‘ldi. 1861 y I. Baxofen o‘zining matriarxat haqidagi qarashlarini e’lon qiladi. U ibtidoiy jamiyat tarixi taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi sifatida diniy qarashlar yotadi deb hisobladi. Diffuzionizm – insonning kelib chiqishi, toshga ishlov berish texnikasi, o‘simliklrni madaniylashtirish va boshq. Bu qarash tarafdorlari ushbu narsa va hodisalarning barchsi bir erda vujudga kelib, keyin dunyo bo‘ylab tarqalgan degan qarashlarga ega. Funksionalizm – XIX asrdan boshlab ibtidoiy jamiyat moddiy yodgorliklarini klassifikatsiya qilina boshlangan edi. Bu esa keyinchalik ibtidoiy jamiyatni arxeologik jihatdan davrlashtirish imkoniyatini vujudga keltirdi. Dastlab, daniyalik olim K. Tomsen L. Kar qarashlarining to‘g‘riligini ta’kidlab insoniyat tarixini tosh, bronza va temir davrlariga bo‘lishni taklif etdi. Fransuzs olimi G. Mortile ilk bora paleolit davrini tosh davrining ilk bosqichi sifatida o‘rganishni taklif etgan bo‘lsa, shved olimi-arxeolog O. Montelius – neolita bronza va ilk temir davrlarini Evropa qit’asi uchun davrlashtirib, ibtidoiy jamiyat tarixini shu davrlashtirish asosida o‘rganishni taklif etgan edi. Dastlabki Arxeologik davrlashtirish jadvali
Ammo, ushbu davrlashtirish dunyoning barcha mintaqalarini qamrab olmas, asosan Fransiyadan topilgan moddiy yodgorliklarning xronologiyasi bilan chegaraanib qolar edi. Afrikaning janubiy qismlari, Hindiston kabi mintaqalarga qisman mos kelsa, Amerika, Avstraliya, Xitoy, YAponiya, Janubiy – SHarqiy Osiyo mintaqasi uchun umuman mos kelmas edi. Arxeologik davrlashtirish shunisi bilan xarakterli ediki, uning asosiy prinsplari mavjud materiallar va uni tuzuvchilarga aniq bo‘lgan faktlarga asoslanardi. 1877 y L. Morgan o‘zining “Qadimgi jamiyat” asarida urug‘ jamoasining universal xususiyatlari haqida gapirib, urug‘ni ibtidoiy jamiyat tarixi taraqqiyotining asosi deb ta’kidlaydi. Davrlashtirish kriteriyalari sifatida urug‘ning qay darajada taraqqiy etgani bilan o‘lchashni taklif etdi. Morgan A. Fergyusona davrlashtirishini takrorlab, unga ayrim lekin xo‘jalik taraqqiyotiga qarab jiddiy o‘zgartirishlar qo‘shadi. Download 72,11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling