Arxeologik topilmalar sanasini aniqlashning asosiy usullari


Download 72.11 Kb.
bet6/8
Sana15.12.2022
Hajmi72.11 Kb.
#1007804
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15-mavzu (1)

Paleoantropologiya - (yunoncha – palaios – qadimgi, antropos – odam va logos – so‘z, fan) antropologiya fanining bo‘limi. Kishilikning qazilma yodgorliklari va uni o‘rganuvchi fan. SHuningdek, odamlar va odamlarga yaqin o‘tmishdoshlar oliy primatlar suyak qoldig‘ini o‘rganadi. Qiyosiy anatomiya va embriologiya bilan birgalikda odamning kelib chiqishi va uning evolyusiyasi problemalarinianiqlashga xizmat qiladi.
Paleobotanika – qadimgi davr o‘simlik qoldiqlarini o‘rganuvchi fan. Paleobotanika qazilma o‘simliklarning sistematikasini, tashqi (morfologik) tuzilishi va ichki (anatomik) tuzilishi, er yuzida tarqalish qonuniyatlari, muhit bilan qay darajada bog‘liqligi, rivojlanish tarixi, bir – biri bilan urug‘doshligi, o‘simlik olami almashinish qonuniyatlari kabi masalalarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Paleobotanika ma’lumotlari sistematika, anatomiya, evolyusiya, geografiya, geologiyaga oid ko‘p materiallarni hal qilishda yordam beradi. Paleobotanikadan paleomikologiya, paleoalkogoliya va paleofikologiya kabi ko‘plab yo‘nalishlar ajralib chiqqan. Plankton qazilma suv o‘tlarini o‘rganish ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki organik dunyoning boshlang‘ich rivojlanish bosqichlarini tushunishda qadimgi bakteriya, sian va suo‘tlarini o‘rganish juda muhim.
Paleogeografiya - er va er po‘stining o‘tgan geologik zamonlardagi tabiiy geografik holatini o‘rganadigan fan. Tarixiy geologiyaning bir qismi. Paleogeografiyaning asosiy vazifasi qadimgi davrlardagi quruqlik, va dengizlarning joylashishi, chuqurligi, suvning sho‘rligi, suv osti relefi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, er landshafti, iqlimi, quruqlik va dengizlarda sodir bo‘lgan fizik – kimyoviy hamda tabiy – geografik jarayonlarni tadqiq qilishdan iborat. Uning bir nechta yo‘nalishlari mavjud. Paleoekologiya – cho‘kindi jinslar tarkibi va boshqa xususiyatlari hamda ularning organik qoldiqlarini tekshiradi. O‘tgan geologik davrning hayvonot va o‘simlik dunyosi, suv havzalariularning qo‘shni dengizlar bilan bog‘liqligi, iqlim sharoiti, sho‘rlik darajasi va boshqa xususiyatlarni o‘rganadi. Paleobiogeografiya – geologik davrlardagi zoogeografiya va flora tarqalgan hududlarni belgilab beradi. Bu yo‘nalish geoximyaviy, paleoiqlim va boshqa yo‘nalishlarning rekonstruksiyalaridpn keng foydalanadi. Geoximik – qadimgi suv havzalari sho‘rligi va fizik – kimyoviy xususiyatlari hamda ularning evolyusiyasini o‘rganadi. SHuningdek autegin minerallar xlor, ftor, brom, kalsiy, magniy kabi elementlar konsentratsiyasi, gilli va karbonatli jinslarda temir oksidining miqdoriga asoslanib, qadimgi davrda atmosferaning tarkibini aniqlaydi. Dinamik paleogeografiyaqadimgi suv havzalari, ko‘l, daryolar harakatini o‘rganadi, oqimlarni, cho‘kindilar to‘plangan muhit xususiyatlarini tekshiradi. Paleotektonik - qadimgi yotqiziqlarning qalinligi, formatsiyasini aniqlashga asoslangan. Paleovulkanologiyavulkanli oblastlar, ularning paleogeografik rekonstrukturasi bilan shug‘ullanadi.
Paleozoologiya – paleontologiyaning qazilma hayvonlarni o‘rganuvchi bo‘limi. Paleozoologiyaning paleomiologiya – qadimgi jonzotlarning muskullarini o‘rganuvchi, paleonevrologiya – qadimgi jonivorlarning nerv sistemasini o‘rganuvchi va boshqa ko‘plab bo‘limlari mavjud.

Download 72.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling