Arxeologik topilmalar sanasini aniqlashning asosiy usullari


Ibtidoiy jamiyat tarixini geologik va antropologik bog‘liqlikda davrlashtirish jadvali


Download 72.11 Kb.
bet4/8
Sana15.12.2022
Hajmi72.11 Kb.
#1007804
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15-mavzu (1)

Ibtidoiy jamiyat tarixini geologik va antropologik bog‘liqlikda davrlashtirish jadvali

davr

eralar

xronologiyasi

Qazilma yodgorliklari

Asosiy belgilar

To‘rtlamchi davr

pleystotsen

35 – 4 ming yil
200 – 40 ming yil
650 – 360 ming yil

Aql – idrokli odam (Homosapiens), paleantroplar (Neandertallar), Arxantroplar (Homoerektus)

Insonning hayvonot olamidan ajralib chiqishi, ilk kishilik jamoalari, xo‘jalik turlari, hayvonlarning qo‘lga o‘rgatilishi, o‘simliklarning madaniylashtirilishi

villafrank

2 mln yil
2, 6 mln yil

Ishbilarmon odam, Homohabilis


Dastlabki qazilma yodgorliklar

Tovush signallari va mehnat qurollarining yasay boshlanishi
Dastlabki mehnat qurollari

Uchlamchi davr

Pliotsen



9 mln yil

Eng qadimgi avstrolopiteklar

Suyaklar, toshlar, tayoqlarning ilk bora mehnat quroli sifatida ishlatilishi.

Miotsen



15 mln yil

Keniapitek (Keniya) va Ramapitek (SHimoliy Hindiston) Avstrolopiteklarning ajdodi




Oligotsen

40 mln yilgacha

Egiptopitek (Misr) ehtimol barcha Avstrolopiteklar va hozirgi zamon odamsimon maymunlarining ajdodlari bo‘lishi mumkin






Ibtidoiy jamiyat tarixini sivilizatsion davrlashtirish

Tarixiy davrlar

Paleolit

mezolit

Neolit

eneolit

bronza

temir

Xronologik chegaralari

40 - 35 – 10 ming yil oldin

10 – 6 ming yilliklar

6 – 4 ming yilliklar

4 – 3 ming yilliklar

3 – 2 ming yilliklar

2 – 1 ming yilliklar

Inson turlari

neandertal
















Homo sapiens – kromonon odamlar

Ibtidoiy ajdodlarning asosiy mashg‘ulotlari

Terib termichlash, hayvonlarni ovlash

Dehqonchilik va chorvachilik




Yirik hayvonlarni ovlash

Yirik va mayda hayvonlarni ovlash

Ovchilik







Baliqchilik










hunarmandchilik










Kulolchilik, to‘qimachilik, temirchilik, metal quyi, duradgorlik

Mehnat qurollari

CHaqmoqtosh qurollar, suyaklardan tayyorlangan nayzalar

O‘q – yoy, garpun, qarmoqlar

Boltalar, burg‘ulash asboblari, motiga, omoch, kulolchilik charxi

Misdan jang va mehnat qurollarining paydo bo‘lishi

Bronzadan

Temirdan

Insonlar jamoasi

Katta. Birgalikda yashaganlar, urug‘ – qabilalarning vujudga kelishi jarayoni

Uncha katta bo‘lmagan. Urug‘ – qabilaviy aloqalar saqlanib qolingan. Urug‘ etakchilari va shamanlarning ajralib chiqish jarayonlari

Urug‘ ichida tengsizlikning boshlanishi etakchilar va shamanlar hokimiyatining kuchayishi

Tengsizlikning kuchayib borish jarayoni

Qabilalarning birlashuvi, umumiy til, madaniyatga ega bo‘lgan xalqlarning vujudga kela boshlashi

Etakchilar hokimiyatining kuchayishi, harbiy sohaning taraqqiyoti, qabilalar ittifoqi va davlatlarning vujudga kelish jarayoni

Qazilma yodgorliklarning sanalarini aniqlash usullari
Ibtidoiy jamiyat tarixining dastlabki bosqichi xronolik jihatdan to‘liq o‘z echimini topgan emas. Hatto mavjud materiallar va moddiy yodgorliklarning yoshi ham absalyut aniqlikda emas. Bir necha yuz ming yil, yoki million yilliklarga oid moddiy yodgorliklarni yoshini aniqlashda eng zamonaviy texnika ham bir necha yillarga adashadi. Moddiy yodgorliklarning yoshi madaniyatlar yoshini qiyoslash, arxeologik tiplarning o‘zgarib borishi, paleontologiya, geologiya, paleoklemotologiya va boshqa fanlarning yutuqlariga qarab aniqlanadi.
Ashyolarning yoshni aniqlashning quyidagi usullari mavjud. Ular asosan fizika va ximiya fanining yutuqlaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.

  1. Radiouglerod usuli. Ashyoda organik moddalarning qoldiqlariga qarab yoshini aniqlash usuli bo‘lib, unda S14 uglerod – karbon moddasining yarim parchalanish davriga qarab ashyoning yoshi aniqlanadi. Ushbu usul ko‘proq hayvonlar va o‘simliklar qoldiqlari yoshini aniqlashda qo‘llaniladi. CHunki kosmos nurlari ta’sirining azotga ta’siri natijasida sodir bo‘ladigan bu modda ko‘proq o‘simlik va hayvonlarning qoldiqlarida etarli miqdorda bo‘ladi. Bu usul har 5730 yillikda 40 yil farq bilan ashyoning yoshini aniqlaydi. SHu sbabli ushbu usulda xatolik kamroq chiqishi uchun yuqori peleolit davriga oid (40 ming yilliklargacha) ashyolarni yoshini aniqlashda ko‘proq foydalaniladi.

  2. Kaliy-argon (K40A40) usuli. Ushbu usulda ko‘proq arxeologik va antropologik yodgorliklar yoshini niqlashda qo‘llaniladi. Kaliy inson suyaklarida ko‘proq bo‘lib, u parchalanish jarayonida argonga aylanadi. Ushbu moddalarning parchalanish davriga qarab ashyoning yoshi aniqlanadi. Bu usulda ashyoning yoshini aniqlash 2 mln yilliklargacha bo‘lgan davrda ijobiy ahamiyatga ega.

  3. Dendroxronologik usul. YAqin o‘tmishga oid yog‘och materiallar yoshini yog‘och halqalariga qarab aniqlash usuli. Arxeologik yodgorliklarda saqlanib qolingan yog‘ochlar orqali bir necha ming yilliklarni aniq yoshini belgilash mumkin.

  4. Arxeomagnit usuli. Er sharining o‘z o‘qi atrofi va quyosh sistemasi atrofida aylanishiga qarab aniqlanadi bu usul 25 yil pilus yoki minus aniqlikkacha aniqlab beradi.

Arxeomagnit usulidan tashqari ashyoning yoshini aniqlashga qaratilgan termolyuminessent usuli ham mavjud bo‘lib, arxeomagnit usuli bilan birgalikda eng qadimgi davrlarga oid ashyolarning ham yoshini aniqlash imkonini beradi. Bu usul neorganik ashyolarda ko‘proq qo‘llaniladi. Ko‘proq kristal strukturaga ega bo‘lgan jismlarda foydalaniladi. Ammo bu usul to‘liq ishlab chiqilmaganligi sababli turli davlatlarning olimlari bir – birlarining ishlarini qayta – qayta tekshirib xulosalarga keladilar.
Fizika va ximiya fanlari metodlariashyolarning yoshini aniqlashgina emas, balki arxeologik qazishmalarda topilgan ashyolarni qayta tiklash bilan bog‘liq ishlarni ham bajaradi. Ashyolarning yoshini aniqlashda va qadimgi davrlar haqida to‘liqroq tasavvurga ega bo‘lishda bu muhim ahamiyatga ega bo‘lib hisoblanadi. Fizika va ximiya fanlari metodlaridan foydalanib, arxeologik yodgorliklarda davrlar o‘tishi bilan yomon holatda bo‘lgan va bir qismi yo‘qolib borgan, yo‘qolib ketish arafasida (yog‘ochlarning chirishi, metallarning zanglab yo‘qolishi) turgan yog‘och, suyak, metal, teri, sopol, mato qoldiqlarini tiklash, ularning asl ko‘rinishlariga erishish mumkin. Matolarning asl ko‘rinishi, ulardagi ranglarni tiklanishi, suyak va metallardan tayyorlangan ashyolarning tiklash ishlarida rentgent orqali yoritilishi, elektron mikroskop, mikrofotografik, flyuoressent metodlardan foydalaniladi. Ushbu metodlar ashyolarning yoshi, ulardan foydalanilish tartibi, qadimgi davrlarda ashyolarning funksiyasi kabilar xususida xulosalarga kelish imkonini beradi.
Bundan tashqari ashyolar yoshini aniqlash va ularni tiklashda fizika va ximiya fanlarining keng masshtabli rangli tasvirga olish, galvanoplastika usullaridan ham foydalanilmoqda.



Download 72.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling