Arxeologik topilmalar sanasini aniqlashning asosiy usullari


Sanalarni aniqlashda tabiiy fanlarning roli


Download 72.11 Kb.
bet5/8
Sana15.12.2022
Hajmi72.11 Kb.
#1007804
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15-mavzu (1)

Sanalarni aniqlashda tabiiy fanlarning roli.
Ibtidoiy jamiyat tarixini o‘rganishda arxeologiya,etnografiya, lingvistika, paleozoologiya, paleobotanika va boshqa fanlarning yutuqlarini kompleks tadqiq etish lozim. arxeologik manbalarga mehnat qurollari, maishiy turmush tarzida ishlatilgan buyumlar, bezak buyumlar, turar joy qoldiqlari va boshqalar kiradi. Antropologik manbalarga ajdodlarning suyak qoldiqlari kiradi. Aslida antropologiya – odamning biologik o‘zgarishlari haqidagi fan bo‘lib, uning bir tarmog‘i hisoblangan Paleoantropologiya eng qadimgi tarixiy davrlarga oid inson suyaklari qoldiqlarini tadqiq etib, ularning biologik xarakteristikasini tiklash bilan shug‘ullanadi. Paleoantropologiya inson ajdodlarining ko‘plab topilgan qazilma yodgorliklarini birinchi galda morfologik jihatdan tadqiq etadi. Qazilma yodgorliklarning skletlarini davriy jihatdan turlicha bo‘lishidan qat’iy nazar bir – biri bilan solishtirib, qazilma yodgorliklar morfologiyasidagi juz’iy o‘zgarishlar, tuzilishini tahlil qilib, davrlar osha insonga yaqinlashish jarayonlarini tahlil qiladi. Morfologiyani o‘rganish eng qadimgi davrlarda insonlarning tasavvur, his tuyg‘ulari, elementar fikrlari strukturasi, tildagi o‘zgarishlar, endokranlar (bosh suyak qopqog‘idagi ichki tuzilish) ning o‘zgarishlar orqali bosh miyaning tarixiy davrlardagi o‘zgarishi, uning til shakllanishining ilk bosqichlariga oid paleopsixologik tasavvurlar haqida funksional informatsiya olish imkonini beradi.
Qadimgi odamlarning morfologik populyasiyasi (lotincha populis - xalq) jinsiy nikoh munosabatlari ichki tuzilishga ega bo‘lgan kishilar jamoasi) ning o‘zishga xosligi ularni o‘zaro qarindoshligi axborot shakliga ega. SHuning uchun ularda genetik shartli yaqinlik, o‘zaro o‘xshashlik va ayrim farqlilik holatini ko‘rish mumkin. Inson o‘tmishdoshlarning morfologik tarqqiyoti ijtimoiy taraqqiyoti bilan aynan o‘xshash emas. Ammo, juda ham katta farq mavjud emas. Biz paleoantropologiya fani orqali inson oykumenasida ijtimoiy taraqqiyotining intensiv rivojlanishi, uning tezligi haqida umumiy tasavvurlarga ega bo‘lamiz.
Ibtidoiy davr tarixini o‘rganish uchun paleodemografik ma’lumotlar ham muhim bo‘lib hisoblanadi. Inson o‘z tarixining barcha davrlarida kuchli ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullangan. Insonlarning soni, yosh jinslari o‘rtasidagi munosabatlar, bolalar o‘limi, tug‘ilish darajasi, aholining o‘sish sur’atlari, hayot davomiyligi kabilardan tashqari yoshi kattalar zimmasiga ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish majburiyati tushganligini ko‘rishimiz mumkin. YOzuvga ega bo‘lgan jamiyatlarda hujjatlar, qabr toshlaridagi yozuvlar. Adabiyotlarga tayangan holda demografik ma’lumotlarni tahlil qilish ancha osonroq kechadi. YOzuvsiz jamiyatlarda esa paleodemografik ma’lumotlarga tayanib ilmiy xulosalar chiqarish mumkin.
To‘rtlamchi geologiya va paleogeografiya. To‘rtlamchi geologiya tarixchilarni er yuzasi qatlamlaridagi turli davrlardagi o‘zgarishlar, dunyo okeanidagi o‘zgarishlar, qirg‘oqlarning intensiv o‘zgarish dinamikasi, mahalliy tabiiy sharoitlarning o‘zgarishi, geologik yotqiziqlar, g‘orlardagi stratigrafik ustunlar, muzlik davri (shimolda) va plyuvial (yomg‘irlar) davri (subtropik va tropik o‘lkalarda) kabi turlicha davrlar ularda topilgan arxeologik ashyolar, inson suyaklari qoldiqlarini aniqlashga, ibtidoiy turmush tarzi, o‘sha davr dunyotabiati xususida ma’lumotlarga ega bo‘lishiga yordam beradi.
Paleogeografik ma’lumotlar ham juda muhim bo‘lib, ularni tadqiq etish natijasida er yuzasi landshafti qadimgi davrlarda qanday bo‘lganligini anglab olish imkonini beradi. Bunday xulosalarga kelishda paleogeografiyaga biogeografik ma’lumotlar yordamga keladi. Biogenotsenoz (yunoncha bios – hayot, ge – er, koinos - umumiy) – murakkab tabiiy sistema, u tirik va o‘lik organizmlar orasida yashash sharoitidan kelib chiqib modda va energiya almashinuvi jarayonlariga nisbatan qo‘llaniladi) dinamikasi, okean zonasi xususida fikr yuritilganda qirg‘oq liniyalari, agar materik ichkarisida fikr yuritilsa iqlimning o‘zgarib borishi ham o‘rganiladi. Ammo, bu ma’lumotlarni tahlil qilishda stratigrafik yondashuv lozim. Iqlimning o‘zgarishi, bu holatning uzoq yoki qisqa davom etishi to‘rtlamchi davrda o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan. Gologen davrida flora tarkibi, fauna va undagi sovuq, issiq qonli mavjudotlar va boshqalarni paleogeografik manbalar orqali o‘rganish mumkin. Bu esa, paleolit davri ovchilarining mavsumiy ovlari, neolit davri dehqonlari ekan ekinlar, ularning maydoni, hosilning mo‘l yoki kamligi kabi masalalarda xulosalar chiqarishda muhim ahamiyatga ega.
Arxeozoologiya. Bu fan paleozoologiya deb ham yuritiladi. U barcha qazilma hayvon qoldiqlarini o‘rganadi. SHuning uchun paleoostologiya (qadimgi suyakshunoslik) deb ham ataladi. Bu fan eng qadimgi davrda insonlar tomonidan ovlangan hayvonlar, qushlar, baliqlar, umuman olganda eng qadimgi davrlarda yashagan hayvonlarni tadqiq etadi. Arxeozoologiya hayvonlar domestikatsiyasi (xonakilashtirilishi) bilan ham shug‘ullanadi. Bu yo‘nalish arxeozoologiyada eng murakkab jarayon bo‘lib, morfologik qiyinchiligi sababli o‘sha hayvon qachondan boshlab xonakilashtrilganligini aniqlash xuda qiyin. CHunki xonakilashtirilgan hayvondagi o‘zgarishlar bu qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Arxeobotanika. Flora dunyosining o‘zgarib borishi, o‘simliklarning genezisi, ularning tarqalish geografiyasi kabi muammolarni qadimgi davrlar uchun xos bo‘lgan qazilma yodgorliklarini o‘rganadi. Qazishmalar davrida topilgan yovvoyi va madaniy o‘simliklar urug‘lari, changlarining topilishi bizga o‘simliklarning agrokulturasi va yovvoyi o‘simliklardan foydalanish tartibi xususidagi ma’lumotlarni beradi. Arxeobotanika bizga er yuzida dehqonchilik markazlarining vujudga kelishi, o‘simliklarning xonakilashtirilishi, ularning migratsiyasi kabilar xususida xulosalar chiqarishga yordam beradi. Arxeobotanika insoniyat tarixini bir necha mingg yilliklar davri yoshini aniq aytib berishi mumkin (dendroxronologik usul bilan)

Download 72.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling