Arxeologik topilmalar sanasini aniqlashning asosiy usullari


Download 72.11 Kb.
bet7/8
Sana15.12.2022
Hajmi72.11 Kb.
#1007804
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15-mavzu (1)

Paleoiqlimshunoslik – erning o‘tmishdagi iqlim va iqlim tarixini o‘rganuvchi fan. Qadimgi iqlim – cho‘kindi tog‘ jinslari, moddiy tarkibi ularning tekstura xususiyatlari, o‘simlik va hayvonot qoldiqlariga qarab aniqlanadi. Qadimgi iqlimning geologik indikatorlari orasida asosiy uch gruppa: litologik, paleobotanik, paleozoologik ko‘rsatgichlar alohida o‘rin tutadi.litologik ko‘rsatgichlar o‘tmish davrlarda iqlim sharoitlari qanday bo‘lganligi nurash xususiyati va sur’ati cho‘kindi jinslar diferensatsiyasi darajasi, autigen yo‘l bilan mineral paydo bo‘lish miqiyosi orqali aniqlanadi.paleobotanik ko‘rsatkichlar o‘simliklarning qazilma qoldiqlaridir. Bunday qoldiqlar iqlim ta’sirini, o‘sish vaqti va joyini aks ettiradi. Masalan tropik o‘rmonlar iqlimning issiq va nam bo‘lganini savana va siyrak o‘rmonlar iqlimning issiq va quruq bo‘lganini, barg to‘kadigan o‘rmonlar iqlimning mo‘tadil ekanini ko‘rsatadi. Paleozoologik ko‘rsatgichlar esa, organizmlarning yashagan davr iqlimini aks ettiradigan qoldiqlardan iborat.dengiz faunasi toshko‘mir davridan boshlab tropik va boreal biogeografik mintaqalarga ajralgan.bu mintaqalarda o‘tmishning temperatura rejimi sust diferensiatsiyalanganligi aks etgan. Quruqlikda yashovchiumurtqalilar devon davrida paydo bo‘lgan. kaynazoy davridagi sut emizuvchilar turli iqlimga yaxshi moslashib, keng teritoriyada yashagan. Qadimgi iqlim paleazoy erasidan boshlab umumiy tarzda aniqlangan. Geologik davr o‘zgarishi bilan er atmosferasining tarkibi ham o‘zgarib borgan. Suv bug‘lari va karbonat angdrid kamaygan, kislorodning nisbiy roli oshib borgan. SHu bilan bog‘liq ravishda qutublar va ekvator o‘rtasidagi termik farq ko‘paya borgan.olitsogenning ikkinchi yarmida sovuq davri boshlangan.antropogenda sovuq yana kuchayadi. Temperatura va namlikning ko‘p marta o‘zgarib turishi natijasida yuqori kengliklarda muzlik davrlariva ular orasidagi davrlar almashinib turgan.quyi kengliklarda esa plyuvial va kserotermik iqlimlar vjudga kelgan. Paleoiqlimshunoslik er iqlimining tarixini o‘rganish orqalifoydali qazilmalarning paydo bo‘lishi, o‘tmish geologik davrdagi hayvon va o‘simliklarning yashash sharoitini ko‘rsatadi va iqlim o‘zgarishlarini oldindan aytish imkonini beradi.

Download 72.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling