1-kurs tarixyo`nalishitalabalariuchunArxeologiyavaetnologiyafanidan yakuniynazoratsavollari 1-variant


Download 276.13 Kb.
bet39/94
Sana05.01.2022
Hajmi276.13 Kb.
#227030
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   94
Bog'liq
1-58 arxeologiya

3.Kura-Araks madaniyati.?- . (mil. avv. XXIX-XXIII ming yilliklar.) Janubiy va

Markaziy Kavkaz, Dog‘iston, Chechniya, Ingushetiya, Shimoliy Osetiyaning bir qismi, Shimoliy Anatoliya, Shimoli-g‘arbiy Eron hududini egallagan madaniyat.

Bu madaniyat pasttekistlikda, tog‘oldi hududlarida, hatto baland tog‘ tizmalarida

ham tarqalgan.

Uylari aylana shaklda, tomi konussimon shaklda yopilgan, ustidan shag‘al

tosh to‘shalgan. Uylarning o‘rtasida aylana o‘choq joylashgan. Uylar juda tig‘is

joylashgan. yerevan yaqinidagi Shengavit manzilgohining atrofi toshdan qurilgan

aylana devor va xandak bilan muhofaza qilingan.

Kura-Araks madaniyati sohiblari marhumlarni manzilgohlarning yaqinidagi

qabr va qabr-qo‘rg‘onlarda dafn qilgan. Qabrlarning shakli turlicha (to‘rtburchak,

g‘isht va tosh terilgan) bo‘lgan.

Xo‘jalikning asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil etgan.

Dehqonchilikda bug‘doy, arpa, tariq yetishtirilgan. Texnik ekinlardan kanop

ekilgan. Dengiz sathidan 2500 m. baland bo‘lgan tog‘ hududida ham dehqonchilik

qilingan. Tog‘larida sug‘orishning murakkab tizimi, terrasa usulidan

foydalanilgan. yerlar hayvonga tortilgan omoch yordamida shudgor qilingan.

Hayvon shoxidan yasalgan omoch nusxalari topilgan.

Chorvachilik yarim ko‘chmanchi shaklida bo‘lib, asosan kichik tuyoqli

hayvonlar boqilgan. Qisman ot boqilgan. Shimoliy Kavkazga xonaki ot shimolda

yashaydigan dasht xalqlaridan kirib kelgan bo‘lsa kerak.

Kura-Araks madaniyati egalari mishyakli bronzadan foydalangan. Metallar

Kavkazning o‘zidan qazib olingan. Manzilgohlardan bolta, tesha, o‘roq, pichoq,

nayzaning uchi, taqinchoq va boshqa buyumlar topilgan. Tuxumsimon shaklda

yasalgan sopollarning sirti silliqlanib, ko‘kimtir, qora va qizil rangda angob

surtilgan.
Variant-24


  1. Arxeologiktadqiqotusullari.

  2. Olduvaydavrimadaniyati.

  3. Tozabog‘yobmadaniyati


Download 276.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling