1-kurs tarixyo`nalishitalabalariuchunArxeologiyavaetnologiyafanidan yakuniynazoratsavollari 1-variant


Sharqiy Kaspiybo‘yining mezolit davri arxeologiyasi?-


Download 276.13 Kb.
bet52/94
Sana05.01.2022
Hajmi276.13 Kb.
#227030
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   94
Bog'liq
1-58 arxeologiya

2.Sharqiy Kaspiybo‘yining mezolit davri arxeologiyasi?- Mezolit davri madaniyatlaridan Sharqiy Kaspiybo‘yi hududi yodgorliklari muhim o‘rin egallaydi. Bu yerda mil.avv. XI-VIII ming yilliklarga oid Jabel, Kaylu va Damdamchashma I, II g‘or-makonlari va 30 dan ortiq ochiq joy makonlar joylashgan. Ulardan topib o‘rganilgan tosh buyumlari mikrolit alomatiga ega bo‘lgan plastinkasimon shaklli qurollardir.Sharqiy Kaspiy bo‘yi hududida yashagan aholi ovchilik, baliqchilik va termachilik bilan kun kechirgan. Makonlardan yovvoyi qo‘y, echki, qulon va baliq (Damdamchashma II), qoramol, jayron, mushuk (Jebel g‘or-makonining quyi qatlami) suyaklari topilgan. Damdamchashma II g‘or-makonning mil. avv. VIII-VII ming yilliklarga oid IV madaniy qatlamidan topilgan suyaklarni tadqiqotchilar uy hayvonlarga (qo‘y va echki) tegishli, deb hisoblaydilar. Bu yerda yashagan aholi ovchilik, termachilik va baliqchilik shakllari bilan kun kechirishgan. Ibtidoiy ovchilar mezolit davrining oxirida yovvoyi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatib, xonaki chorvachilikka asos soladi.

Terilarga ishlov berish va ulardan kiyim bosh tikish, suyak va yog‘ochdan zaruriy anjomlar yasash, chig‘anoq va toshdan taqinchoq yasash kabi ishlar odamlarning kundalik yordamchi mashg‘uloti hisoblangan.

O‘zbekiston Respublikasi hududida mezolit davriga oid bir nechta madaniyatlar faoliyat yuritgan. Toshkent vohasi, Farg‘ona vodiysi, Zarafshon vohasi, Surxon vohasi, Ustyurt va boshqa joylardan yuzdan ortiq mezolit davriga oid yodgorliklar o‘rganilgan. Mazkur hudularning yodgorliklari alohida madaniyatlarni tashkil etadi.


Download 276.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling