1-kurs tarixyo`nalishitalabalariuchunArxeologiyavaetnologiyafanidan yakuniynazoratsavollari 1-variant


Download 276.13 Kb.
bet57/94
Sana05.01.2022
Hajmi276.13 Kb.
#227030
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   94
Bog'liq
1-58 arxeologiya

Variant-31

  1. So‘nggipaleolitdavrixo‘jaligivamoddiymadaniyati.

  2. Sazag‘onmadaniyati

  3. Bronzadavriumumiytavsifi

1.SO’NGGI PALEOLIT DAVRI XO’JALIGI VA MODDIY MADANIYATI.

. So‘nggi paleolit davrida prizma shakliga ega bo‘lgan nukleuslar paydo bo‘ladi. Ulardan yupqa va uzun tosh bo‘laklarini (plastinka) uchirib olish mukin bo‘lgan.So‘nggi paleolit davri bir necha million yil davom etgan Qadimgi tosh asrining so‘nggi bosqichi bo‘lib, o‘zidan oldingi muste davriga nisbatan yaxshi o‘rganilmagan, ochilgan joy-makonlar soni ham kamchilikni tashkil etadi. O‘rta Osiyoda yuqori pleystotsenning ikkinchi yarmida noqulay ob-havo sharoitiga moslashgan turar joylar bo‘lganligidan dalolat beruvchi moddiy topilmalar uchramaydi. Bu davr kishilari faqat g‘orlardagina yashamasdan, vodiylar va daryo bo‘ylariga ham tushib kelganlar va shu erlarda istiqomat qilganlar. SHuning uchun ularning makonlari tabiat injiqliklari natijasida nobud bo‘lgan va keyinchalik erlarning o‘zlashtirilishi tufayli madaniy qatlamlar yo‘qolib, hozirgi paytda saqlanib qolmagan. O‘rta Osiyoda so‘nggi paleolit davri mil. av. 34ming yillikdan 10 ming yillik (mil. av. 8300 yil atrofi)gacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. So‘nggi paleolit davriga oid kam sonli makonlar davrlarga bo‘lish imkoniyatini qiyinlashtirsada, ularning topilmalarini u yoki bu darajada aniqlash mumkin.

V. A. Ranov tomonidan so‘nggi paleolit davrining quyidagi to‘rtta varianti ajratib ko‘rsatiladi: Qorakamar, Xo‘jag‘or, Samarqand, Ko‘lbuloq. Dastlabki ikkitasi bitta taraqqiyot bosqichida bo‘lib, ko‘rinishdan ularni birlashtirish mumkin. So‘nggi paleolit davrida prizma shakliga ega bo‘lgan nukleuslar paydo bo‘ladi. Ulardan yupqa va uzun tosh bo‘laklarini (plastinka) uchirib olish mukin bo‘lgan.So‘nggi paleolit davri bir necha million yil davom etgan Qadimgi tosh asrining so‘nggi bosqichi bo‘lib, o‘zidan oldingi muste davriga nisbatan yaxshi o‘rganilmagan, ochilgan joy-makonlar soni ham kamchilikni tashkil etadi. O‘rta Osiyoda yuqori pleystotsenning ikkinchi yarmida noqulay ob-havo sharoitiga moslashgan turar joylar bo‘lganligidan dalolat beruvchi moddiy topilmalar uchramaydi. Bu davr kishilari faqat g‘orlardagina yashamasdan, vodiylar va daryo bo‘ylariga ham tushib kelganlar va shu erlarda istiqomat qilganlar. SHuning uchun ularning makonlari tabiat injiqliklari natijasida nobud bo‘lgan va keyinchalik erlarning o‘zlashtirilishi tufayli madaniy qatlamlar yo‘qolib, hozirgi paytda saqlanib qolmagan. O‘rta Osiyoda so‘nggi paleolit davri mil. av. 34 ming yillikdan 10 ming yillik (mil. av. 8300 yil atrofi)gacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. So‘nggi paleolit davriga oid kam sonli makonlar davrlarga bo‘lish imkoniyatini qiyinlashtirsada, ularning topilmalarini u yoki bu darajada aniqlash mumkin.


2 Sazag‘on madaniyati. Bu madaniyat Samarqand viloyati Nurobod tumani hududida, Zarafshon tizmasining janubi-g‘arbiy yonbag‘irlaridagi Sazog‘onsoy atrofida tarqalgan. Bu madaniyatga oid Sazag‘on, CHangal va boshqa yodgorliklar arxeolog olim M.Jo‘raqulov va uning shogirdlari tomonidan o‘rganilgan. Bu erdagi aholi mezolitning oxirlaridan boshlab hayvonlarni qo‘lga o‘rgata boshlab, neolit davrida chorvachilikga asos solishgan. Ovchilik va termachilik ahamiyatini saqlab qolgan. Tosh qurollari mikrolitlardan iborat. Qo‘lda qo‘pol ishlangan sapol idishlarining sirtiga sodda naqshlar berilgan.

Umuman olganda neolit davri aholisi tabiiy-geografik sharoitdan kelib chiqib xo‘jalik shakllariga asos solishgan va moddiy madaniyat yaratganligining guvohi bo‘lish mukin.

. Tekislikdagi yodgorliklar toshga ishlov berish usullariga ko‘ra to‘rtta (I, II, III va IV) madaniy majmua, tog‘dagi yodgorliklar Markasu va Istik majmualariga ajratilgan. Bulardan tashkari Markaziy Kizilkumda Varobeva tomonidan Lavlakon, Samarkand vohasida M.Jo‘rakulov tomonidan mezolit davrining so‘nggi boskisiga oid Sazag‘on madaniyatlari o‘rganilgan.O‘rta Osiyoning mezolit davriga oid ayrim yodgorliklarini alohida madaniyatlar, madaniy komplekslar va variantlarga ajratishga hamda ularning belgilangan davriy sanasiga G.F.Korobkova tankidiy yondashadi. Uning fikrlariga ko‘ra stratigrafik jihatdan o‘rganilgan yodgorliklar soni kamsilikni tashkil kilganligi va ko‘psiligida radiokarbon tekshirishi o‘tkazilmaganligi tufayli ularning mezolit davri, boskislari va sanasi bilan bog‘lik masalalarga shubha bilan karaydi.
3 Bronza asri metalchilik taraqqiyotining yangi bosqichga ko‘tarilishi va kishilik jamiyati taraqqiyoti yangi davrining almashinuvi bilan belgilanadi. O‘rta Osiyoda bronza davri nafaqat bronza qotishmasining paydo bo‘lishi, balki mehnat qurollari hamda bronza qurol-yarog‘larining paydo bo‘lishi va keng tarqalishi shu bilan birgalikda boshqa qator belgilar: patriarxal munosabatlarning qaror topishi, chorvador qabilalarning ajralib chiqishi, Qadimgi sivilizatsiyaning shakllanishi mulkiy tengsizlikning paydo bo‘lishi, qabilalar O‘rtasida madaniy-iqtisodiy aloqalarning kuchayishi bilan belgilanadi.

Ammo, tarixiy taraqqiyot O‘rta Osiyoning barcha hududlarida birdek kechmagan, janubiy hududlarga nisbatan shimoliy hududlar xususan cho‘l zonalar ancha orqada qolib ketgan. Xo‘jalikning aynan dehqonchilik yoki chorvachilik shakli bilan shug‘ullanuvchi aholi to‘plangan hududlar paydo bo‘ladi. Buning natijasida bir-biridan farqlanuvchi iqtisod vujudga keladi. O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida yuqori darajada rivojlangan dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi yashasa, shimoliy va SHarqiy hududlarda esa andronova madaniyati degan umumiy nomga ega bo‘lgan chorvador qabilalar yashagab, ular xo‘jalik va madaniyat shakllariga ko‘ra bir-birlaridan keskin farq qilgan. Ular doimiy aloqada bo‘lishgan.

SHunday qilib, Turkmanistonning janubiy hududlarida dehqonchilik yuqori darajada taraqqiy etgan. Bu erda bronza asri mil. av. III-II ming yillarga to‘g‘ri keladi. Bu hududda bronzaga ishlov berish texnikasi rivojlanadi, sug‘orish tizimi rivojlanadi, ketmon dehqonchiligi o‘rnini hayvonlarga omoch qo‘shilgan haydama dehqonchilik egallaydi. Qadimgi shahar madaniyati shakllanadi, mahalliy boshqaruv apparati vujudga keladi, metallarga ishlov berish. kulolchilik, toshni qayta ishlash, to‘qimachilik, qurilish ishlari rivojlanib, ularning ixtisoslashuvi jarayoni kuchayadi. Monumental me’morchilik qaror topadi, kulolchilik yanada rivojlanib, ularga bezak berish texnikasi murakkablashib boradi. Terrakotik haykalchalar, zargarlik ishlariga e’tibor kuchayadi.

Janubiy Turkmanistonda bronza davri madaniyati Anov III bosqichi bilan belgilanib, ilk bosichiga (Nomozgoh IV - mil. av. 2750-2300 yy), O‘rta bosqichiga (Nomozgoh V - 2300-1850 yy) va so‘nggi bosqichiga (Nomozgoh VI - mil. av. 1850-1100) komplekslari kiradi. Bu hududda bronza davrigaoid yirik (50 ga, mas. Nomozgoh,) O‘rta (10 gacha maydonga ega bo‘lgan mas. Oltindepa) kichik manzilgohlar xosdir.

Bronzaning ilk bosqichi. Manzilgohlarda shaharsozlik qurilishi usulining murakkablashishi va yanada taraqqiy etganligi seziladi. Oltindepa fortifikatsiyasi takomillashib, manzilgohga uchta bo‘ylama yo‘lakcha orqali kirilgan. Diniy markaz bo‘lgan Oltindepa minora shaklidagi imorat bo‘lib, g‘ishtdan to‘rt tomoni o‘yiq qilib qurilgan (Messopotamiya zikkuratlari shaklida). YOnida dafn qilish marosimlari uchun mo‘ljallangan xonalar joylashgan. Xonalarning birida marosimlar o‘tkazilgan, qolganlarida murda va



Download 276.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling