1-kurs tarixyo`nalishitalabalariuchunArxeologiyavaetnologiyafanidan yakuniynazoratsavollari 1-variant
Download 276.13 Kb.
|
1-58 arxeologiya
Mezolit davri umumiy tavsifi. Mezolit davri (yun. mezos-o‘rta, lot. litos-tosh) - o‘rta tosh davri. Mezolit atamasini ilk bor shved olimi A.Torrel (1874) taklif etgan. Allen Braun (1883) paleolit va neolit davrlari oralig‘idagi tosh qurollari majmuasini belgilash maqsadida qo‘llagan va ilmiy asoslangan. Hozirgi paytda ayrim xorijiy mamlakatlar arxeologiyasida mezolitning ekvivalenti sifatida epipaleolit yoki golotsen paleoliti kabi atamalar ham qo‘llaniladi.
Yevrosiyoda mezolit davrining sanasi mil. avv. XII-VII/VI ming yilliklar doirasida belgilangan. Yaqin va O‘rta Sharq hududida mezolit davri juda qisqa muddat davom etib, neolit davriga erta o‘tilgan. yer yuzining ayrim o‘lkalarida mezolit davom etayotgan davrda bu hududda eneolit boshlangan. Mezolit davrida yer yuzining shimoliy qismida hukmron bo‘lgan vyurm muzligi eriydi. Muzlik mil.avv. XIV ming yillikda erib boshlangan, mil. avv. X ming yillikdagi qisqa muddatli qayta sovushdan so‘ng, mil. avv. IX ming yillikda (8300 yil) erib tugagan. yer sharining shimolida, xususan, Shimoliy Kanadada muzlik mil.avv. IV ming yillikda batamom erib tugaydi. Muzlikdan bo‘shagan yerlarda igna bargli, undan janubda esa keng yaproqli daraxtzor o‘rmonlar vujudga keladi. Muzlik hosil qilgan ulkan suv zahirasi okean va dengiz sathining ko‘tarilishi va kichik suv havzalarining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Golotsen davrida yer sharining muzligidan chekkada bo‘lgan janubiy qismida issiq va namchil iqlim sharoiti hukm suradi, hatto Saxara cho‘lida yillik yog‘angarchilik mig‘dori 300-400 mm. ni tashkil etgan (hozirgi paytda 6 mm.). Borrealoldi davrida (mil.avv. 7,5-7,0 ming yilliklar) vujudga kelgan barqaror iqlim yer yuzining tabiat manzarasining o‘zgarishiga olib keladi. Shimolda tundra maydoni qisqarib, qayin, qarag‘ay va qora qarag‘ay daraxtli o‘rmon hududi kengayib boradi. Janubda esa iliq va namchil iqlim sharoitiga xos flora va fauna shakllanadi. Yer sharining shimoliy qismining hayvonot olami keskin o‘zgaradi. Muzlik oldi hududida yashagan mamont, jundor karkidon va qo‘ybuqa kabi hayvonlarning ko‘pchiligi mezolit davrining boshida qirilib ketgan edi. Qolgan kam sonli qismi esa chekka shimolga ko‘chishga majbur bo‘lgan. Arxeologik ma'lumotlarga ko‘ra mamontlar shimolda Chukotka dengizida joylashgan Vrangel orolida neolit davrigacha jon saqlab, uning so‘nggi vakillari mil. avv. IV ming yillikda butunlay yo‘qolib ketgan. Muzlik erib tugagandan keyin yer yuzining shimoliy qismida va janubiy tog‘ hududida ot, buqa, sayga, yovvoyi eshak, o‘rmon hududida esa los, bug‘u, cho‘chqa, bo‘ri, tulki va boshqa hayvonlar yashagan. Ayniqsa, qushlar, xususan, ularning suvda yashovchi turi, baliq va dengiz bo‘yi hududida mollyuska ko‘payadi. yirik hayvonlarning turi yo‘qolib ketgandan keyin mezolit davri aholisi ovchilikning paleolit davridagi qamal usulidan voz kechishga majbur bo‘lgan. To‘da bo‘lib yashaydigan, kichik jussali, harakatchang hayvonlarni ov qilish uchun ma'lum vositadan foydalanishga zarurat tug‘ilgan. Natijada dastlabki ov moslamasi-o‘q-yoy kashf qilingan. O‘q-yoy yordamida kichik hayvonlar va qushlar oson o‘ljaga olingan. yer yuzining janubiy qismida muzlikdan keyingi issiq iqlim sharoitida shakllangan hayvonot va o‘simlik dunyosi ixtisoslashgan o‘zlashtiruvchi xo‘jalikning rivojlanishi uchun imkoniyat yaratgan. Mezolit davrida mahalliy hududning tabiiy sharoitiga xos ixtisoslashgan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakllari vujudga kelgan. Bunday xo‘jalik shakli dastlab Old Osiyoda va tabiiy shart-sharoitga ko‘ra boshqa yerlarda ham rivojlanadi. Mezolit davrida yevrosiyoning issiq iqlimli janubi-g‘arbiy o‘lkalarida aholi soni ko‘payib, oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojning o‘sib borishi, tabiiy ozuqa zahirasi kamayib ketishiga olib kelgan. Ularni sun'iy ko‘paytirish yo‘lidagi harakat yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish va o‘simliklarni madaniylashtirishga olib keladi. Bunday jarayon dastlab Old Osiyo hududida sodir bo‘lib, qo‘shni hududlarga tarqalgan. Mezolit davri moddiy madaniyatning tosh qurollariga ishlov berish, uy-joy qurish kabi sohalarida yangi yutuqlarga erishilgan. Tosh quroliga ishlov berishning yangi va mukammal usuli vujudga kelib, ularning turi va soni yanada ko‘payadi. Tosh qurolining yangi turi mikrolit va makrolitlar paydo bo‘ladi. Mikrolit-(yun. mikros-kichik, litos-tosh) kichik tosh qurollari geometrik (sigment, trapetsiya va uchburchak) shaklga ega bo‘lib, o‘lchami 2-3 sm. ni tashkil etgan. Yog‘ochga qotirilgan mikrolitlardan o‘simliklarni o‘rib olishda o‘roq sifatida foydalanilgan. Mikrolitlar kamon o‘qining uchi-paykon vazifasini bajargan. Makrolit (yun. makros-katta, litos-tosh) tosh quroli, ya'ni tosh boltaning ahamiyati o‘rmon hududida yuqori bo‘lgan. Mikrolitlar dastlab yevrosiyoning janubiy o‘lkalarida vujudga keladi, shimolda esa biroz kechroq tarqalib, mezolitda so‘nggi paleolit davridagi plastinkasimon (paraxasimon) tosh bo‘lagidan yasalgan qurollardan foydalanish an'anasi saqlanib qoladi.
Download 276.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling