1-kurs tarixyo`nalishitalabalariuchunArxeologiyavaetnologiyafanidan yakuniynazoratsavollari 1-variant


Download 276.13 Kb.
bet74/94
Sana05.01.2022
Hajmi276.13 Kb.
#227030
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94
Bog'liq
1-58 arxeologiya

Jebel madaniyati Turkmanistonning g‘arbida Sharqiy Kaspiybo‘yi hududida faoliyat yuritgan madaniyat. Bu madaniyat dastlabki o‘rganilgan Jebel yodgorligi nomi bilan yuritiladi. Jebel, Damdamchashma 1,2, Qaylu, Defichig‘anoq va boshqa yodgorliklarning yuqorisidagi madaniy qatlamlari neolit davriga (mil. avv. VII-V ming yillik) oid.

Jebel madaniyati yodgorliklaridan tosh qurollari, hayvonlarning suyagi va sopol buyumlar topib o‘rganilgan. Qurollar tekis tomoniga ega bo‘lgan prizmasimon nukleusdan sindirib olingan tosh bo‘lagidan yasalgan. Plastinkasimon tosh parchasidan yasalgan tosh qurollari soni nisbatan ko‘proq. Tosh qurollari majmuasida mikrolitlarning soni kamchilikni tashkil etadi. Toshdan yasalgan ko‘pgina yorg‘uchoq namunalari ham mavjud. Sopol buyumlari qo‘lda, tasmasimon usulida yasalgan.

Xo‘jalikda chorvachilikning mavqyei ustun bo‘lgan. Topilgan suyaklarning asosiy qismi xonaki echki va qo‘ylarga tegishli. O‘zlashtiruvchi xo‘jalik ahamiyatini yo‘qotmagan. To‘qay va cho‘l sharoitida to‘da bo‘lib yashaydigan hayvon va qushlar ov qilingan. Shuningdek, chuchuk suvda yashovchi baliq suyaklari ko‘p uchraydi. Ma'lumki, bu davrda Qoraqumning g‘arbiy qismida chuchuk suvli ko‘llarga boy bo‘lib, ularda baliqlar serob bo‘lgan.

Umuman, neolit davri janubi-g‘arbiy va g‘arbiy Turkmaniston hududida neolit davri Joytun va Jebel madaniyatlari faoliyat yuritadi. Ilk ishlab chiqaruvchi xo‘jaligining dahqonchilik va chorvachilik shakllariga asoslangan mazkur madaniyatlar O‘rta Osiyoning keyingi davr jamiyati taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi.



Download 276.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling