1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon­­ – 2022


Download 1.09 Mb.
bet116/125
Sana22.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1223317
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   125
Bog'liq
o\'zbek folklori majmuasi yangisi

TEST SAVOLLARI

1. Bug‘doy aytar olaman,


To‘ylarga ko‘p yarashaman.
O‘qlovlarga yovoshaman,
To‘lmadingmi, qora daryo?
Ushbu to‘rtlik qaysi qo‘shiq turiga mansub?

  1. O‘rim qo‘shiqlari

  2. Yanchiq qo‘shiqlari

  3. Sog‘im qo‘shiqlari

  4. Charx qo‘shiqlari

2. Bosma tikkan botir qiz,


Jimalay tikkan chevar qiz.
Sanama tikkan sardor qiz,
Ilma tikkan ilgir qiz.
Ushbu qo‘shiq mazmunan qanday nomlanadi?

  1. Yanchiq qo‘shig‘i

  2. Charx qo‘shig‘i

  3. Bo‘zchi qo‘shig‘i

  4. Kashta qo‘shig‘i

3. Hunarmandchilik bilan bog‘liq mehnat qo‘shiqlarining nomlari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?



  1. «Charx qo‘shiqlar», «bo‘zchi qo‘shiqlar», «kashta ko‘shiqlari»

  2. «Qush qo‘hiqlari», «o‘rim qo‘shiqlari», «yorg‘ichoq qo‘shiqlar»

  3. «Muhabbat qo‘shiqlari», «satirik qo‘shiqlar», termalar

  4. «Tarixiy qo‘shiqlar», «hajviy qo‘shiqlar»

4. Suv kechgani eringan,


O‘g‘il tug‘ib kerilgan.
Qaynonasiga salom.
Ushbu parcha mazmuniga ko‘ra qanday nomlanadi?

  1. Marsiya

  2. Alla

  3. Kelin salom

  4. Lapar

5. O‘rog‘im chaqqon,


Sen menga yoqqan.
Qo‘lginam chaqqon,
Mehnatda boqqan.
Ushbu parcha mavzu mehnatiga ko‘ra qanday qo‘shiq turiga mansub?

  1. tarixiy qo‘shiq

  2. lirik qo‘shiq

  3. o‘rim qo‘shig‘i

  4. chorvachilik qo‘shig‘i

6. Quyidagi parcha mazmunan qaysi qo‘shiq turiga mansub?


Yor tashlab ketding meni,
Hardamda yod etding meni.
Bo‘ylaring bir ko‘rsatib,
Ko‘rmakka zor etding meni

  1. lirik qo‘shiq

  2. tarixiy qo‘shiq

  3. dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiq

  4. chorvachilik bilan bog‘liq qo‘shiq

7. Javoblarning qaysi birida churiyalarning qisqacha ta'rifi to‘g‘ri berilgan?



  1. Gilam, sholcha to‘qishda ijro etiladigan qo‘shiq

  2. Ona qo‘ylarni sog‘ish va emizishda ijro etiladigan qo‘shiq

  3. Echkilarni sog‘ish yoki uloqlarni emizish paytida aytiladigan qo‘shiq

  4. Gilam, sholcha to‘qishda ijro etiladigan qo‘shiq

8. O‘zbek marosim folklorining tasnifi javoblarning qaysi birida to‘g‘ri berilgan?



  1. mavsumiy marosimlar

  2. oilaviy-maishiy, mavsumiy marosimlar

  3. oilaviy-maishiy, mavsumiy va so‘z magiyasiga asoslangan marosimlar

  4. oilaviy-maishiy marosimlar

9. Yomg‘ir chaqirishga qaratilgan marosim qo‘shig‘i qaysi javobda berilgan?



  1. «Sust xotin»

  2. «Xo‘p xayda»

  3. «Oblo baraka»

  4. «Yo, Haydar»

10. Javoblarning qaysi birida shamol to‘xtatishga qaratilgan marosim qo‘shig‘ining nomi berilgan?



  1. «Xo‘p xayda»

  2. «Oblo baraka»

  3. «Choy momo»

  4. «Sust xotin»




Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling