1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon­­ – 2022


Arab-islom mifologiyasi an’analari


Download 1.09 Mb.
bet13/125
Sana22.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1223317
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   125
Bog'liq
o\'zbek folklori majmuasi yangisi

4. Arab-islom mifologiyasi an’analari. Ma’lumki, VII asr oxirida Movarounnahr arablar tomonidan fath etila boshlangan bo‘lib, bu jarayon VIII asr o‘rtalarida nihoyalangan. Natijada bu o‘lkaga yoyilgan islom dini O‘rta Osiyoga Sharq xalqlari mifologiyasi va folklorining epik an’analariga mansub syujet, motiv va obrazlarni ham olib keldi. Garchi islom mifologiyasining tarkibi ko‘pqatlamli bo‘lib, o‘zak miflar (arab asotirlari) hamda o‘zlashtirma asotirlar (ya’ni keyinchalik fath etilgan xalqlar folklori va boshqa diniy qarashlarga aloqador miflar)ni o‘z ichiga olgan bo‘lsa-da, uning asosini qadimgi arab qavmlarining og‘zaki ijodi namunalari tashkil etgan.
Arab xalq kitoblari, rivoyat va asotirlari syujetining epik ta’siri natijasida O‘rta Osiyo xalqlari folklorida ko‘plab yangi asarlar yaratilgan. Ajdodlarimizning mifologik tasavvurlari arab-islom asotirlariga oid personajlar tizimi bilan boyitilgan. Xususan, anqo, jin, g‘ul, Odami Od, Morut, Lot, Manot, Ko‘hi Qof, Eram kabi mifologemalarning ilk manbai aslida arab folkloridadir.
Demak, o‘zbek mifologiyasining tarixiy asoslari ajdodlarimiz o‘tmishining eng quyi bosqichlariga mansub e’tiqodiy qarashlarga borib taqaladi. Mifologik inonchlarning ilk qatlami qadim zamonlarda yashagan bobolarimizning totemistik, animistik va dualistik tasavvurlari, magik inonchlar asosida kelib chiqqan e’tiqodlari, shuningdek, tabiatni asotiriy anglash va hosildorlik g‘oyasini o‘zida mujassamlashtirgan qadimgi kultlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Qadimgi miflarning asrlar davomidagi tadrijiy takomili natijasida ezgulik va yovuzlik kurashini aks ettiruvchi dualistik miflar, olamning yaratilishi va intihosi haqidagi xalq qarashlarini o‘zida ifoda etgan kosmogonik miflar, osmon yoritqichlari to‘g‘risidagi astral miflar, vaqt hisobi amallarining paydo bo‘lishi haqida bahs yurituvchi taqvimiy asotirlar, urug‘-qabilalarning kelib chiqishini izohlashga bag‘ishlangan etnogenetik miflar, g‘ayrioddiy qahramonlarning sarguzashtlarini bayon etuvchi antropogenik miflar tizimi shakllangan.
O‘zbekistonning istiqlolga erishishi qadimgi tasavvurlar bilan bog‘liq folklor asarlari, jumladan, mifologik syujet va motivlarni keng ko‘lamda o‘rganishga katta imkoniyatlar yaratdi. Xususan, o‘zbek folklorida mifologiya va mifologik tasavvurlarning marosim folklori genezisida tutgan o‘rni, mifologiyaning o‘zbek xalq eposidagi o‘rni va mif diffuziyasi, o‘zbek folklori mifologik obrazlar tizimi keng o‘rganildi. Folklorshunoslikka «o‘zbek mifologiyasi» tushunchasi olib kirildi va u turkiy mifologiyaning tarkibiy qismi bo‘lib, O‘rta Osiyoda istiqomat qilgan qadimgi aholining e’tiqodiy qarashlari, tasavvur va inonchlarini o‘zida mujassamlashtirganligi ilmiy jihatdan asoslandi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling