1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon­­ – 2022


O‘rol-oltoy qabilalarining mifologik tasavvurlari


Download 1.09 Mb.
bet12/125
Sana22.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1223317
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   125
Bog'liq
o\'zbek folklori majmuasi yangisi

1. O‘rol-oltoy qabilalarining mifologik tasavvurlari. Ma’lumki, tilshunoslikda «oltoy tillari oilasi», «prooltoy tili» kabi tushunchalar mavjud. «Oltoyshunoslik nazariyasi» tarafdorlarining fikricha, turkiy, mo‘g‘ul-buryat, tungus-manchjur (ba’zilar koreys va yapon tillarini ham shu tarkibga kiritadilar) xalqlarining qadim ajdodlari aslida yagona bir qabilaga mansub bo‘lib, ular «prooltoy tili» yoki «prooltoy shevasi»da so‘zlashganlar.
Biz ham ana shu nazariyaning asosiy xulosalariga suyangan holda turkiy-mo‘g‘ul-buryat-tungus-manchjur tillarida so‘zlashuvchi xalqlar folkloridagi tipologik mushtaraklikni tashkil etadigan epik qatlam bu xalqlar og‘zaki ijodiyoti tarixining oltoy davriga mansub qadimiy syujetlar silsilasidan iborat, deb hisoblaymiz. Ana shu mushtarak epik an’ananing asosiy qismi arxaik miflarning qoldiq holda yetib kelgan ko‘rinishlari bo‘lib, bu asotirlar tarixan «prooltoy folklori» yoki «prooltoy mifologiyasi»ning tarkibiy qismini tashkil etgan. Mushtarak variantlari yoki o‘xshash namunalari mo‘g‘ul-buryat va tungus-manchjur xalqlari og‘zaki ijodida ham mavjudligi aniqlangan o‘zbek miflari (yoki muayyan syujet elementi, obraz, motiv tarzida saqlanib qolgan mif qoldiqlari) «prooltoy mifologiyasi»ga mansub asotirlar sirasiga kiradi. O‘zbek mifologiyasi rivojining bu davriga oid folklor asarlaridan eng xarakterlisi bo‘ri to‘g‘risidagi totemistik miflardir.
2. Qadimgi turkiy qavmlar mifologiyasi. O‘zbek folklorida saqlanib qolgan arxaik miflarning asosiy qismi qadimgi turkiy mifologiyaning epik diffuziyasi natijasida yetib kelgan. Qadimgi turkiy qabilalar og‘zaki ijodiyotida olamni mifologik anglash asosida yaratilgan kosmogonik, totemistik, animistik, etiologik va etnogenetik miflar asosiy o‘rinni egallagan.
3. Zardushtiylik bilan bog‘liq mifologik tasavvurlar. Xalq og‘zaki ijodida an’anaviy tarzda qo‘llaniluvchi ajdar, dev, pari, Semurg‘, Jo‘mard, Aranja bobo, Axriman, aranglar, Zahhok, Siyovush, Hubbi, Ashshadarozi, Sust xotin, Haydar kabi ko‘plab asotiriy obrazlarning tarixiy asoslari zardushtiylik mifologiyasiga borib taqaladi.
«Avesto» mifologiyasi va zardushtiylik rituallari negizida keyinchalik o‘zbek marosim folkloridagi ayrim janrlar shakllangan. Yomg‘ir chaqirish maqsadida o‘tkazib kelingan Sust xotin marosimi, Amudaryo suvining mo‘l bo‘lishi hamda toshqin halokatining oldini olish maqsadida Orolcha avliyo degan joyda shu nom bilan ataluvchi afsonaviy homiy sharafiga ho‘kiz so‘yib qurbonlik qilish, Navro‘z bayramini o‘tkazish, sumalak pishirish, bahor faslida an’anaviy gul sayllari (boychechak sayli, lola sayli, guli surx sayli, qizil gul sayli kabilar)ga chiqish, safar qochdi va oxir chorshanba marosimlarini o‘tkazib, olovdan hatlash, shamol piri sifatida e’tirof etilgan Haydar yoki Ajdar boboga murojaat qilib, shamol chaqirish, sumalak pishirayotganda Ashshadarozi o‘yinini tashkil etish, kelin-kuyovni olov atrofidan aylantirish, marhumlar mozoriga «qushlar haqi» deb bug‘doy sepib qo‘yish, daryodan o‘tayotganda Hubbiga sig‘inish va suvga tuz tashlash, dalaga birinchi qo‘sh chiqarishdan avval ho‘kizlarning shoxini moylash kabi an’anaviy marosim va udumlarimizning tarixiy asoslari bevosita zardushtiylik hamda «Avesto» mіfologіyasining e’tiqodiy inonchlar tizimidagi talqinlariga bog‘lanadi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling