1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon – 2022
Download 1.09 Mb.
|
o\'zbek folklori majmuasi yangisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- 2-MAVZU. MIF VA UNING BADIIY TALQINLARI. AFSONA, RIVOYAT, NAQLLARNING JANR XUSUSIYATI Reja: 1. Mif va uning mohiyati.
Savol va topshiriqlar:
1. Mustaqillik davrida va mustaqillikdan oldingi davrda folklor asarlari nashri, tadqiqi borasida qanday o‘zgarishlar bor? 2. Inson ma’naviyatini yuksaltirishda xalq og‘zaki ijodining o‘rni nimalarda namoyon bo‘ladi? 3. “Folklor” atamasining mazmun-mohiyati, xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘zlang. 4. Folklordagi tur va janrlar haqida umumiy ma’lumot bering. 5. San’at asari qanday fazilatlarga ega bo‘lishi lozim deb o‘ylaysiz? Adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajakni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. 3. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T., «Musiqa», 2010. 4. Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T.: «Mumtoz so‘z», 2010. 5. Madayev O., Sobitova T. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. – T., 2005. 6. Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari. – T., 2009. 7. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 1-kitob. T., 2006. 8. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 2-kitob. T., 2010. 9. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 3-kitob. T., 2010. 10. Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasi. – T.: Fan, 1995. 11. Turdimov Sh. Etnos va epos. – T.: O‘zbekiston, 2012. 12. Eshonqul J. Epik tafakkur tadriji. – Toshkent: Fan, 2006. 13. Introduction to Folklore. London, 2008. 2-MAVZU. MIF VA UNING BADIIY TALQINLARI. AFSONA, RIVOYAT, NAQLLARNING JANR XUSUSIYATI Reja: 1. Mif va uning mohiyati. 2. Miflarning tasnifi va tadrijiy rivoji bosqichlari. 3. Afsona, rivoyat, naql janrlari. 1. Mif va uning mohiyati. Mif qadimgi odamning borliq haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmuyi bo‘lib, koinotning yaratilishi, inson, o‘simliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo bo‘lishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, ma’budlar va ilohlar to‘g‘risidagi e’tiqodiy qarashlarni o‘z ichiga olgan. Hali o‘zini tabiatdan ajratib olmagan qadimgi odam o‘z atrofidagi moddiy mavjudlikning paydo bo‘lish sabablarini mifologik tasavvurlar vositasida izohlashga, tushuntirishga harakat qilgan. Mif qadimgi odamning voqelik-ka bo‘lgan ongsiz hissiy munosabati ifodasi bo‘lib, tabiat va jamiyat hayotining turli qirralari mohiyatini tushuntiruvchi eng qadimgi tasavvurlar silsilasidir. Mifologik tasavvurlar muayyan voqelik mohiyatini xayoliy uydirma vositasida izohlasa-da, mif yaratilgan va ommalashgan joyida o‘z ijodkori va ijrochilari tomonidan haqiqatda bo‘lib o‘tgan voqealar bayoni sifatida qabul qilingan. Qadimgi odamning tabiatni tushunishi va voqelikni idrok etishi g‘oyat murakkab tafakkur hodisasi hisoblanadi. Ajdodlarimiz o‘zini o‘rab olgan moddiy olamning sir-asrorlarini tushunishga, tabiiy hodisalarning mohiyatini anglashga harakat qilar ekan, butun borliqni borlig‘icha qabul qilgan. Moddiy olamdagi voqelikni idrok etishda obrazlilik va poetik ramzlardan foydalanish esa badiiy ijodga xos belgi bo‘lib, voqelikka ongli hissiy munosabat bildirishga asosla-nadi. Dunyodagi moddiy mavjudlikning paydo bo‘lishi, muayyan tabiiy hodisalarning ro‘y berish sabablari, tabiat va inson munosabati masalalari qadimgi odam ongida asotiriy tarzda talqin qilingan. Olam haqidagi ana shu eng qadimgi e’tiqodiy qarashlar asosida dastlabki mifologik tasavvurlar tizimi kelib chiqqan. Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘otit turk» asarida «sav» so‘ziga izoh beradi. Olimlarning ta’kidlashicha, bu so‘z ajdodlarimiz aytgan birinchi gaplardan iboratdir. «Savlashmoq» esa otalar so‘zini eslab suhbatlashmoqdir. Demak, «sav» so‘zining ham mif ma’nosiga yaqin jihati bor. Mif – qadimgi odamning voqelikka bo‘lgan ongsiz hissiy munosabati ifodasidir. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling