1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon­­ – 2022


Download 1.09 Mb.
bet36/125
Sana22.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1223317
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   125
Bog'liq
o\'zbek folklori majmuasi yangisi

Savol va topshiriqlar:
1. Qahramonlik dostonlarining belgilarini sanab o‘ting.
2. Qahramonlik dostonlaridagi alplik tizimi haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?
3. “Alpomish” dostonidagi sizga eng manzur bo‘lgan lavhalarni ayting va tahlil qilib bering.
4. “Alpomish” dostonidagi Barchinoy monologini yodlang.
5. Qahramonlik dostonlaridagi epos va etnos muammosi haqida gapirib bering.


Adabiyotlar:
1. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T., «Musiqa», 2010.
2. Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T.: «Mumtoz so‘z», 2010.
3. Madayev O., Sobitova T. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. –T., 2005.
4. Жирмунский В. М., Зарифов Х. Т. Узбекский героический эпос. –М.:ГИХЛ,1947 С
5. Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari. – T., 2009
6. Mirzayev T. Doston. O‘zbek folklorining epik janrlari. – T.: Fan, 1981.
7. Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasi.–Toshkent: Fan, 1995. –
8. Saidov M.S. O‘zbek xalq dostonchiligida badiiy mahorat masalalari. –Toshkent, 1969.
9. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 1-kitob. –T., 2006.
10. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 2-kitob. –T., 2010.
11. O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 3-kitob. –T., 2010.
12. Turdimov Sh. Etnos va epos. –Toshkent: O‘zbekiston, 2012.
13. Eshonqul J. Epik tafakkur tadriji. – Toshkent: Fan, 2006.
14. Eshonqulov J. Mif va badiiy tafakkur. – Toshkent. Fan, 2019.
15. Introduction to Folklore. London, 2008. Page7
6-MAVZU. ROMANIK DOSTONLARNING G‘OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI


Reja:
1. Romanik dostonlarning o‘ziga xosligi.
2. «Go‘ro‘g‘li» dostonlari romanik dostonlarning mumtoz namunalari sifatida.
3. «Kuntug‘mish» dostonining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari.


1. Romanik dostonlarning o‘ziga xosligi. Romanik dostonlar o‘zbek xalq baxshilari repertuaridagi epik namunalarning eng katta guruhi hisoblanadi. V.M.Jirmunskiy va H.Zarifovlar «romanik» atamasiga sevgi-muhabbat romantikasi va oshiqlarning bu yo‘ldagi qahramonona sarguzashtlardan hikoya qiluvchi, Yevropdagi «xalq romanlari», «xalq kitoblari» uyg‘un keluvchi epos tiplariga nisbatan qo‘llashni ma’qul ko‘rishgan va bu atama o‘zbek folklorshunosligi tomonidan qabul etildi.28
Romanik dostonlar mag‘zida ajdodlarimizning ozod va obod mamlakat, tinch va farovon hayot, sof sevgi va barqaror do‘stlik, mardlik va jasorat haqidagi yuksak ideallari o‘zining badiiy ifodasini topadi. Orzu va ideal hamisha qo‘l yetmas mavodek real hayotdan yuqorida turadi. Shu sababli romanik dostonlar syujeti aniq bir tarixiy voqea yoki shaxs nomi bilan bog‘liq holda izohlanmaydi. Ular idealdagi voqea-hodisalar, obrazlar faoliyati bilan bog‘liq holda kechadi. Mana shundan kelib chiqilsa, romanik dostonlarga xos yetakchi xususiyat ko‘zga tashlanadi.
O‘zbek folklorshunosligida romanik dostonlar epos tadrijiy taraqqiyotining qahramonlik tipidan keyingi bosqichida rivoj topgan mustaqil badiiy-struktural hodisa sifatida yuzaga keldi, deb baholanadi.
T.Mirzayev qayd etishicha, romanik dostonlarning syujeti o‘zaro yaqin kelib, ularda g‘oyibona oshiq bo‘lgan qahramon go‘zal qizni izlab safarga otlanadi, ajoyib-g‘aroyib hodisalarni, qiyin sarguzashtlarni boshidan kechiradi, g‘ayritabiiy kuchlar bilan to‘qnash kelib, barcha qiyinchiliklarni yengib, o‘z maqsadiga erishishidan hikoya qiladi. Chindan ham olim ta’kidlaganidek, doston voqealari hashamatli saroylarda, shovqinli bozorlarda, sehrli bog‘larda, tilsimli qo‘rg‘onlarda, vahimali g‘orlarda, qo‘rqinchli yer va suv osti yo‘llarida kechadi.29 Biroq bu dostonlarning har biri kompozitsion qurilishi, obrazlari, motivlarining ishlanishi, xarakter va mazmunlari jihatidan mustaqil shaklda namoyon bo‘ladi, har birining spetsifik xususiyati, har birida o‘ziga xos badiiy zavq bor.
Fantastik voqea va sarguzashtlar girdobida murakkab ijtimoiy voqelikni uning barcha real tafsilotlari, ikir-chikir va qarama-qarshiliklari bilan tasvirlash romanik dostonlarga xos sodda realizmni tug‘dirdi. Hayotiy-maishiy xarakterdagi bunday realistik mavzu xalq yumori va didaktikasi xususiyatlari bilan mahkam bog‘liqdir30. Lirik yo‘nalishning birinchi planga chiqib, tasvirning intim tus olishi, yozma adabiyot ta’sirining sezilmas darajada ularning ichki taraqqiyoti bilan organik birlashib ketganligi romanik dostonlar uslubini belgilaydi, ya’ni romanik dostonlarda tasvirlangan ijtimoiy voqelik, yangi mavzular yangi formalarni ham keltirib chiqaradi.
Romanik dostonlarni tadqiq etgan S.Mirzayeva ularning syujeti nuqtai nazaridan ikki turini ajratib ko‘rsatadi. Birinchi holat – eposning «Go‘ro‘g‘li», «Rustamxon» turkumi misolida ko‘rinuvchi sof og‘zaki an’ana asosida kelayotgan syujet tipi bo‘lib, eposga xos syujetga mifologik va ertakka motivlar singishib ketganligi kuzatiladi. Ikkinchi holat – faqat ertak syujetiga asoslangan romanik dostonlar. Bularga «Shirin bilan Shakar», «Orzigul», «Tohir va Zuhra», «Zevarxon», «Boltakay botir» kabi dostonlar mansub.
Tadqiqotlarda romanik dostonlarning tarkibi nihoyatda murakkab ekanligi alohida ta’kidlanadi. Qahramonlik dostonlarda romanik ko‘rinishlar bo‘lganidek, romanik dostonlarda ham qahramonlik elementlari, jangnomalar xususiyatlari mustahkam o‘rin olgan. Hatto bir dostonda bir necha mavzu baravar ishlangan bo‘lishi mumkin. Ushbu xususiyatlarni hisobga olib, folklorshunoslikda bu tip dostonlarni: a) qahramonlik-romanik b) ishqiy-romanik v) maishiy-romanik kabi ichki turlarga bo‘lib o‘rganiladi. Qahramonlik-romanik dostonlarda («Rustamxon» turkumi, «Yakka Ahmad», «Go‘ro‘g‘li» turkumiga kiruvchi bir qancha asarlar) qahramonlik yo‘nalishi ustun tursa, ishqiy-romanik dostonlarda («Kuntug‘mish», «Go‘ro‘g‘li» turkumining so‘nggi dostonlari) sevgi mojarolari, sarguzashtli voqealar tasviriga alohida e’tibor beriladi31.
Maishiy-romanik yoki ijtimoiy-maishiy dostonlarda («Sohibqiron», «Qironxon», «Orzigul», «Erali bilan Sherali» va boshqalar) realistik momentlar, mavjud tuzumdan norozilik kayfiyatlari, maishiy turmush bilan bog‘liq turli-tuman tafsilotlarni batafsil tasvirlash yetakchilik qiladi. Masalan, «Odilxon» («Qironxon») dostonida realistik holatlar fantastik voqea va hodisalar bilan uyg‘un bir holda tasvirlanadi. Farzandsizlik tufayli chekilgan oh-zorlar, kundoshlarning mol-dunyo uchun har qanday yaramasliklardan qaytmasliklari, hatto o‘zlarining g‘arazli niyatlarining amalga oshishi uchun begunoh go‘daklarni o‘ldirishga ham tayyor turganliklari, hukmdorning adolatsiz hukmi, Bo‘tako‘zning zindonda tortgan azoblari, Xudoyqul podachining (ba’zi variantlarda Qing‘ir cholning) maishiy turmush sharoiti qanchalik real bo‘yoqlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa, cho‘lga uloqtirilgan egizaklar – Qironxon va Qorasochlarning taqdiri, sarguzashtlari, Qironxonning o‘zga yurtlarga qilgan safarlari (garchi bu safarlarning qo‘zg‘atuvchisi real asosga ega bo‘lsa-da) shunchalik fantastik qobiqda, sehrli-fantastik ertaklarga xos tasvirda berilgan.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling