1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon­­ – 2022


Lirik qo‘shiqlarining badiiy xususiyatlari


Download 1.09 Mb.
bet62/125
Sana22.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1223317
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   125
Bog'liq
o\'zbek folklori majmuasi yangisi

2. Lirik qo‘shiqlarining badiiy xususiyatlari.
3. Tarixiy qo‘shiqlar.


1. Qo‘shiq – lirik janr. Lirik qo‘shiqlar, asosan, to‘rtliklar sifatida shakllangan bo‘lib, ma’lum ohang yo‘llari ularni ijro jarayonida so‘zlar birlashtirib turadi. Lirik qo‘shiqda vazn, ohang, kuylovchi kechinmalarini, o‘y-xayollarini, hissiyotlarni ifodalovchi turli badiiy ko‘chimlar qo‘llanilib, so‘z, ohang, kuylovchi va tinglovchida tug‘iluvchi xayolot qo‘shiqni so‘z san’atining mo‘jizasiga aylantiradi.
Xalq qo‘shiqlarining boshqa janrlari kabi lirik qo‘shiqlar ham tarixan, magik-ritual ahamiyatga ega bo‘lib, maishiy-etnografik hodisadan badiiy-estetik hodisaga aylanguncha uzoq tadrijiy yo‘lni bosib o‘tgan. Ammo lirik qo‘shiqlarning bu kungi holati hayotda yashayotgan insonning quvonchu g‘ami, turmush achchiq-chuchuklarini totib ko‘nglidan kechirayotgan ruhiy iztiroblari va hayajonlarining kuylanuvchi in’ikosi deb aytish mumkin .
Lirik qo‘shiqlar ham folklorning barcha janrlariga tegishli bo‘lgan og‘zakilik, jamoaviylik, an’anaviylik, variantlilik qonuniyatlari asosida rivojlanadi, kuylanadi, keng omma orasiga yoyiladi, avloddan avlodga o‘tib an’analashadi. Har qanday iste’dodli qo‘shiq – jamoaviy ijod mahsuli. Ammo bu holat el orasida mashhur iste’dodli, professional qo‘shiq ijrochilari bo‘lganligini, ularning ijro mahorati, iqtidori sabab qo‘shiqlar go‘zal shaklda bizgacha yetib kelganligini inkor qilmaydi. Xalq qo‘shiqchilari qanchalik iste’dodli, badihago‘y bo‘lmasin, an’ana qonuniyatlariga bo‘ysunganlar.
Lirik qo‘shiqlarda ustuvor ko‘rinish olgan poetik ramzlar tizimi, turli badiiy tasvir vositalarining qo‘llanilishi va ular asosida yuzaga chiquvchi voqelik, hatto lirik qahramonning dunyoqarashi, qalb kechinmalari ham an’anaviy xarakterga ega bo‘ladi. Masalan, xalq lirikasida qizil sifatlashi hech qachon erlarga nisbatan qo‘llanmaydi. Agar qo‘llangan bo‘lsa, u sun’iy o‘zgartirilgan ko‘rinishdir.
Lirik qo‘shiqlar paydo bo‘lishini ayrim mutaxassislar feodalizmgacha bo‘lgan davr, ba’zilar feodalizm bilan bog‘laydilar. Mustaqil lirik qo‘shiqlarning janr sifatidagi paydo bo‘lishi, shubhasiz, tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlariga xosdir. Chunki lirika inson o‘z shaxsini tanigan, o‘zini shaxs sifatida anglagach, o‘zini olam ichra yana bir olam deb bilgan va tashqi obyektiv olamga yangicha qaragan sharoitlarda paydo bo‘ladi.
Ammo bu ta’rif og‘zaki lirikaning paydo bo‘lishini to‘la ta’riflay olmaydi. Sababi, yuqorida aytilganidek, xalq qo‘shig‘ining lirik qahramoni umumlashma tipligi, an’anaviy poetik tafakkur mevasi ekanligidadir. Aytaylik, yor-yorlarda kelinchak haqida juda ko‘p kuylashadi. Bu maqtovlar, tilaklar ayni paytdagi kelinchakka ham, uning bir paytlar kelin bo‘lgan buvisiga ham, kelajakda kelin bo‘ladigan nevarasiga ham taalluqlidir.
Shubhasiz, xalq lirik qo‘shig‘i nisbatan keyin paydo bo‘lgan janr hisoblanadi, ammo unda uzoq o‘tmishning izlari mavjudligini, lirik obrazlar qayta-qayta mushohada qilinganligini, hozir ham ma’lum darajada mifologik tafakkur bilan bog‘liqligini inkor etmaydi. Xalq lirikasining qadim tasavvurlar, marosimlar bilan bog‘liqligi uning juda qadimiyligini ko‘rsatadi.
Mavzu ko‘lami bevosita ishq-muhabbat kechinmalari bo‘lgan lirik qo‘shiqlar an’anaviy qo‘shiq janrlarining boshqa ko‘rinishlaridan farqli ravishda xalq turmushining barcha sohalarida erkin kuylanadigan, o‘yin, biron marosim bilan bog‘liq bo‘lmagan namunalarni qamrab oladi. Ayni paytda hajviy yo‘nalishdagi qo‘shiqlar ham ushbu janr tarkibiga kiradi. Bu janrda sevgi mavzusi va oilaviy munosabatlar, turmush tashvishlari ifodasi birinchi o‘rinda turadi.
Rus folklorshunosi V.P. Anikin nomarosim xalq lirikasining genezisini: a) lirik syujetning shakllanishi; b) xalq qo‘shiqlarida lirik «men»ning paydo bo‘lishi; d) maishiy turmushning poetiklashuvi (poetik mushohada qilinishi) bilan bog‘laydi.
Shu belgilar xalq lirikasining poetik asoslari bo‘lib, ular doimo mavjud bo‘ladi, rudiment holiga tushib qolmaydi. Bu poetik asoslarni esa tarixiy ildizlar paydo qiladi. Xalq lirikasini yashnab turgan gulga o‘xshatsak, poetik asoslar uning bizga ko‘rinib turgan qismi, tarixiy ildizlar esa tomirlarini tashkil etadi va an’ana ularning har ikkisini uyg‘unlashtirib turadi.
Hozirda xalq qo‘shiqlarini tinglaganimizda, odatda, uning tashqi ma’nosini, juda nari borsa, poetik ko‘chimlarga asoslangan mazmunini anglaymiz. Biroq xalq qo‘shig‘ining barcha tashqi va ichki mazmuniy qirralarini izohlash uchun buning o‘zi kifoya qilmaydi. Mashhur xalq qo‘shig‘ini ko‘rib chiqaylik:
Sunbula-yu sunbula,
O‘rab olay gul bilan.
Mening ko‘nglim sen bilan,
Sen ketasan kim bilan,
Qadamingga gullar sochilsin.
Qo‘shiqning tashqi – so‘zma-so‘z ma’nosi quyidagicha: Sunbula badiiy obraz – qo‘shiq qahramonining poetik jufti, qahramon uni gullarga burkamoqchi, ammo yor ko‘ngli begonada. Shunday bo‘lsa-da, oshiq fidoyilik qilib, yor qadamiga gullar sochmoqchi yoki shunday bo‘lishini astoydil istaydi.
Bu bandni tarixiy asoslariga ko‘ra, sharhlasak, Sunbula oyning nomi bo‘lib, 22-avgustdan 23-sentabrgacha bo‘lgan muddatni qamrab oladi. Bu ayni pishiqchilik davri, suvlar tinigan, maqolda aytilganidek, «Sunbulaning suvi – sharob» payti bo‘ladi. Demak, qo‘shiqdagi Sunbula balog‘atga yetgan yor ramzidir. «Sunbula burji suvrati qo‘liga bug‘doy boshog‘ini ushlab turgan qiz shaklidadir», – deydi akademik Alibek Rustamov shu oy haqidagi xalq tasavvurlarini ifodalab.
Qadimiy mifologik tafakkurda inson gulga teng, gul shakliga evrilishi, ya’ni aylanishi mumkin. Ushbu tasavvurga asoslangan poetik tafakkur insonni gulga qiyoslaydi, o‘xshatadi. Mifo-poetik tafakkurga ko‘ra, qo‘shiqdagi gul bilan o‘rab olish lirik qahramonning o‘z yorini quchish istagini ifodalaydi. Yor qadamiga gullar sochish ham mifologik inonch, iz magiyasiga ko‘ra yorning poyiga bosh qo‘yish bilan teng. Lirik qahramon yor uni sevmasa ham, uning yo‘llariga gullar sochilishini, unga ko‘plab qizlar maftun bo‘lishini istaydi. Qadimiy inonchlarga ko‘ra, insonning izi ham uning o‘rnini bosishi mumkin. Shu bois hozirgacha «Bosgan izlaringdan o‘rgilay!» yoki «Qadamingizga hasanot!» deyish insonning o‘zidan o‘rgilish va insonning tashrifini ulug‘lashga tengdir. Buning aksicha «Qadaming qursin!», «Izing o‘chsin!», – deyish insonga ajal tilashdir. Xalq ongida Sunbula haqidagi tasavvurlar, ijodida maqollar va afsonalar mavjud bo‘lgan va ba’zilari bizgacha yetib kelgan. Xalqimiz ana shulardan kelib chiqib, qayta poetik mushohada qilib, yuqoridagi kabi bandlarni ijod qilgan.
O‘choq boshida qumg‘on,
Atrofi baland qo‘rg‘on.
Sevganimga yetolmay,
Yurak-bag‘rim bo‘ldi qon,
Qadamingda gullar ochilsin…
Men bu yerda o‘t yoqsam,
Andijonda tutun-ey.
Bu dunyoda bormikan,
Yurak bag‘ri butun-ey.
Bu dunyoda bor bo‘lsa,
Yurak-bag‘ri butun-ey.
Qog‘ozdan qozon yasay,
Guldan qilay o‘tin-ey...
Ma’lum bo‘lmoqdaki, lirik qo‘shiqlarda keluvchi obrazlar tizimi inson kechinmalari xalqning ko‘p asrlik tasavvurlari, mifologik qarashlari, odat va udumlariga chambarchas bog‘liq ravishda o‘ta poetik ko‘rinishlarda ifodalanadi.
Endi quyidagi to‘rtlikka e’tibor bering:
Oq ilon, oppoq ilon,
Oydinda yotganing qani?
Men – yomondan ayrilib,
Yaxshini topganing qani?
Qadim ajdodlarimizda oydinda yotgan oq ilonni ko‘rgan odam baxtli bo‘ladi, degan ishonch bo‘lgan. Biroq bu deyarli sodir bo‘lishi mumkin bo‘lmagan vaziyat. Oshiq to‘lin oy kechasida (oydinda) oppoq ilonni yotganini ko‘rish mumkin bo‘lmaganidek, sen ham mendan voz kechib baxtli bo‘lolmaysan, demoqda go‘yo.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling