1-labaratoriya ishi jshShIRdan foydalangan holda e-imzo uz veb-sayti orqali elektron raqamli imzo (eri) sertifikatini berish bo‘yicha qo‘llanma


Download 1.13 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1595025
Bog'liq
e-imzo olish


1-labaratoriya ishi

JShShIRdan foydalangan holda e-imzo.uz veb-sayti orqali elektron raqamli imzo (ERI) sertifikatini berish bo‘yicha QO‘LLANMA
Yuridik yoki jismoniy shaxslar Davlat soliq qo‘mitasi ro‘yxatdan o‘tkazish markazining davlat xizmatlari rasmiy veb-sayti https://e-imzo.uzdan foydalangan holda ERI olishi mumkin.

Birinchi qadam. Elektron-so‘rovnoma shakli to‘ldiriladi.

Elektron-so‘rovnoma shaklida «Yuridik shaxs» yoki «Jismoniy shaxs» maqomi tanlanadi.

Diqqat!
Soliq to‘lovchi (jismoniy shaxs)larning identifikatsiya raqamini (STIR) berish bekor qilinishi munosabati bilan soliq to‘lovchilarni soliq organlarida ro‘yxatga olish JShShIR – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami orqali amalga oshiriladi (PQ-619, 23.03.2021 yil https://lex.uz/docs/5339616).
Jismoniy shaxs tegishli oynada belgilangan qatorga 14 raqamdan iborat JShShIRni kiritadi.
JShShIR haqida quyidagi foto orqali bilib oling!

Shundan so‘ng arizachi nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqami kiritiladi. Ariza to‘ldirilgan so‘ng ko‘rsatilgan telefon raqamiga SMS shaklida tasdiqlash kodi yuboriladi.


Ekranda belgilangan qatorga ushbu kod kiritilib, ariza va telefon raqami tasdiqlanadi.

Ikkinchi qadam. Shundan so‘ng keyingi shakl paydo bo‘ladi. Bu yerda yopiq kalit va parol shakllanadi.

Arizachi pasport nusxasi fayli va ochiq holatdagi pasporti bilan tushgan suratini ilova qilib biriktirishi lozim.
Ilova qilinayotgan faylda murojaatchi yuz qiyofasi «anfas» shaklda va tiniq ko‘ringan hamda pasportning asosiy sahifasi barcha simvollari o‘qib bo‘ladigan sifatda bo‘lishi shart. Foto hajmi 5 MB dan oshmasligi lozim.
Barcha qatorlar to‘ldirilgandan so‘ng «pfx faylni yaratish va davom etish» tugmasi bosiladi.

Ushbu shaklda kiritilgan kalit parolini esda saqlab qoling.
Shundan so‘ng, tizim kiritilgan ma’lumotlar asosida elektron so‘rovnoma shakllantiradi. So‘rovnoma bilan batafsil tanishib chiqib, ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilganligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng «So‘rov yuborish» tugmasi bosiladi.


Bu bosqichda elektron ariza to‘ldirish yakunlanadi.


Yuborilgan anketa davlat xizmatlari markazi operatori tomonidan 1 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. https://e-imzo.uzsaytida «Arizani qidirish» bo‘limi orqali ariza holatini tekshirish mumkin. ERI sertifikatini berishda ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, murojaat etuvchiga arizada ko‘rsatilgan telefon raqamiga SMS-xabar yuboriladi.


Arizachi «Arizani qidirish» bo‘limiga kirib qabul qilingan elektron sertifikatni tasdiqlashi lozim. «Tasdiqlash» tugmasi bosilgandan so‘ng ERI kaliti beriladi. U orqali barcha interaktiv va davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin. Ariza ko‘rib chiqish jarayonida muayyan sabablarga ko‘ra rad etilishi ham mumkin.
Qo‘shimcha savollar tug‘ilganda 71 202-32-82 yoki 1198 raqamiga murojaat qiling.
Izoh: ERI olish uchun to‘lov jismoniy shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizini, yuridik shaxslar uchun 10 foizini tashkil etadi. To‘lov mavjud bo‘lgan har qanday usulda amalga oshirilishi mumkin.
Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling