IMSlar klassifikatsiyasi
Integratsiya darajasiga ko‘ra: kichik, o‘rta, katta, o‘ta katta, ultra katta va giga katta IMSlar;
Qabul qilinayotgan, saqlanayotgan va ishlov berilayotgan signal turiga ko‘ra: analog va raqamli IMSlar;
Tayyorlanish konstruktiv-texnologik turiga ko‘ra: yarimo‘tkazgichli, pardali va gibrid IMSlar;
Aktiv element turiga ko‘ra: bipolyar tranzistorli va MDYa-tranzistorli IMSlar;
Iste’mol quvvatiga ko‘ra: kam quvvatli, o‘rta quvvatli, katta quvvatli IMSlar;
Ishchi chastotasiga ko‘ra: past chastota, o‘rta chastota va yuqori chastota IMSlari;
Elementlarni bir-biridan izolyatsiyalanish usuliga ko‘ra va x.z.
IMS belgilanishi qanday ko‘rinishda bo‘ladi.?
IMSlarning belgilanish tizimi
IMSlar 6ta elementdan iborat bo‘lgan belgilanish tizimi yordamida klassifikatsiyalanadi:
Birinchi element (K – harfi) – IMS keng ko‘lamda qo‘llanilish uchun mo‘ljallanganligini bildiradi.
Eksport uchun mo‘ljallanganlari EK harflari bilan belgilanadi.
Ikkinchi element (harf) material va kobiq turini bildiradi (A- plastmassali planar, Ye-metall-polimerli, chiqishlari 2qator qilib yasalgan,
I-shishakeramikli planar, B-qobiqsiz va x.z.).
Uchinchi element (bitta son) – IMSning konstruktiv-texnologik turini bildiradi (1,5,6,7-yarimo‘tkazgichli, 2,4,8-gibrid, 3-boshqa: pardali, keramik, vakuumli).
To‘rtinchi element (ikkita yoki uchta son) – IMS seriyasining tartib raqamini bildiradi. Ikkita son birlalikda-aniq seriya raqamini bildiradi.
Beshinchi element (ikkita harf) – IMSning funksional vazifasini bildiradi.
Oltinchi element bir turdagi IMS seriyalari ichidagi ishlanma tartib raqamini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |