1-labaratoriya.
Mavzu: Metall namunani cho’zilishga sinash va “sig’ma epsilon”
diagrammasini qurish.
Tajribadan ko’zlangan maqsad: Bir necha turli xil namunalarda cho’zilish yuzasidan sinovlar o’tkazish va sig’ma epsilon diagrammasini qurish.
Tajriba o’rnatmasi: Agar qamrash qurilmasi kallaklari uskunaga hali o’rnatilmagan bo’lsa:
Tajribaga tayyorgarlik: DIN 50125 standarti bo’yicha alyuminiy, mis, jez va po’latdan tayyorlangan B shaklidagi M10 rezbali kallakli dumaloq namunalardan foydalaniladi.
DIN 50125-B6-30 cho’zilish yuzasidan sinovlar uchun namunalar
Bu 30 mm metrajli va 6 mm diametrli kalta mutanosib (proporsional) chiviqdan iborat.
Cho’zilish yuzasidan sinovlar uchun namunani qamrash qurilmasining pastki kallagiga qo’lda qanchalik kirgunicha burab qo’ying.
Cho’zilish yuzasidan sinovlar uchun namunani qamrash qurilmasining yuqori kallagiga qo’lda qanchalik kirgunicha burab qo’ying; buni amalga oshirish uchun qamrash qurilmasi kallagining o’zini aylantirib qo’ying.
Qamrash qurilmasining yuqori kallagiga gayka qo’ying va qamrash qurilmasi kallagi yuqori to’singa biror-bir tirqishsiz mahkamlangunga qadar qo’lda yaxshilab tortib qo’ying.
Cho’zilish yuzasidan sinovlar uchun namunadagi ikkita nazorat belgisi o’rtasida L0 ko’rsatkichini o’lchang va yozib qo’ying.
Dinamometrdagi harakatlanuvchi strelkani nolga o’rnating.
Do'stlaringiz bilan baham: |