12-rasm. Uzunlik o’zgarishi
Shakl o’zgarishining kuchlanishga bog’liqlik diagrammasi
Shakl o’zgarishining kuchlanishga bog’liqlik diagrammasi ko’rgazmali ravishda ayrim materiallar xususiyatlari o’zgarishini ko’rsatadi. Har bir material o’ziga xos kuchlanish va shakl o’zgarishi profiliga ega.
13-rasm: Shakl o’zgarishining kuchlanishga bog’liqlik diagrammasi (kuydirib yumshatilgan po’lat).
Material to’g’risidagi muhim ma’lumotlar kuchlanish va shakl o’zgarishi diagrammasi bilan hisoblab chiqilishi mumkin. Rm mustahkamlikdan tashqari Rp mutanosib (proporsional) chegara ham alohida qiziqish uyg’otadi. Ushbu chegaradan quyida material E elastiklik moduliga ega Xuk qonuniga amal qiladi: ε shakl o’zgarishi bosim (yuklama)larga mutanosib (proporsional) bo’lib, shu tarzda Xuk chizig’i (liniyasi)ni tashkil qiladi.
ε - shakl o’zgarishi (deformasiya), σ - Kuchlanish , E - elastiklik moduli.
Kuchlanish keragidan ortiq oshirib yuborilganda, shakl o’zgarishi (deformasiya) endilikda bosim (yuklama)ga mutanosib (proporsional) bo’lmaydi.
Shakl o’zgaruvchanligi chegarasi Re – ayniqsa muhim texnik tavsif hisoblanadi. Shu paytdan boshlab material batamom plastik jihatdan shaklini o’zgartiradi. Bosim (yuklama) olib tashlanganda, muayyan shakl o’zgarishi (deformasiya) saqlanib qoladi. Tarkibiy qism funksiyasini xavf ostida qoldirmaslik uchun u yanada kuchli bosim (yuklama)larga duch kelmasligi kerak.
Yumshoq kuydirilgan po’lat kabi ayrim materiallarda, masalan, alohida mustahkamlik shakl o’zgaruvchanligi chegarasi nuqtasidan pastroqda to’planadi. Namuna kelgusi bosim (yuklama)siz shaklini o’zgartiradi.
Shakl o’zgaruvchanligi aniq chegaralarisiz materiallarning elastiklik chegarasi Rp0,02 ni tashkil qiladi. Mazkur holatda material bosim (yuklama) olib tashlangandan so’ng, 0,2% mustahkam uzayishga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |