1-laboratoriya ish mavzu: lаbоrаtоriyadа ishlаsh tехnikа хаvfsizligi
LABORATORIYA TEXNIKA XAVFSIZLIGI VA ISHLASH QOIDALARI BILAN TANISHISH
Download 69.09 Kb.
|
1-Laboratoriya (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Har bir mashg‘ulot yangi betdan boshlab yoziladi. Unda quyidagilar qayd qilinadi
LABORATORIYA TEXNIKA XAVFSIZLIGI VA ISHLASH QOIDALARI BILAN TANISHISHTalabalar laboratoriya mashg‘ulotlariga uyda asosiy darsliklar, ma’ruza matnlari va laboratoriya ishlari uchun belgilangan ko‘rsatmalar asosida tayyorgarlik ko‘radilar. Talabalar laboratoriya ishiga kirishi bilan xalat kiyishi lozim. Ishni boshlashdan avval talabalar o‘qituvchiga ish tartibini va lozim bo‘lsa, shu ishga oid nazariy bilimlarini gapirib beradilar. Qoniqarli javob bergach, u ayni ish uchun kerakli reaktiv va jihozlarning (asbob) aniq nomi hamda miqdori ko‘rsatilgan ro‘yxatni o‘qituvchiga ko‘rsatadi. O‘qituvchi ro‘yxatni ko‘rib chiqib, imzo chekkach, talabalarga ishni bajarishga ruxsat beradi. Talabalar ro‘yxatga binoan, ish uchun kerakli reaktiv va jihozlarni (asbob) laborantdan oladi. Ro‘yxat ish oxirigacha laborantda saqlanadi va jihozlar (asbob) laborantga topshiriladi.Ish stolida ortiqcha narsalar bo‘lmasligi, uning toza yuzasida zarur jihozlargina terilgan bo‘lishi kerak. Nihoyat, yana bir marta ish tartibi bilan tanishib chiqilgach, tajribani boshlashga ruxsat beriladi.Laboratoriya jurnali uchun alohida daftar tutiladi. Bu daftar talabalar ishining eng yaxshi ko‘rsatkichi bo‘ladi. Ish natijalari tajriba davomida bevosita laboratoriya jurnaliga o‘z vaqtida qayd qilib borilishi lozim. Laboratoriya jurnalini yuritish tartibi quyidagicha:Har bir mashg‘ulot yangi betdan boshlab yoziladi. Unda quyidagilar qayd qilinadi:mashg‘ulot o‘tkazilgan kun, soat va ishning tartib raqami;mashg‘ulot mavzusi;ish bajarilayotgan jihozlarning tasviri (sxemasi);tajribani bajarishning qisqacha bayoni (ushbu bayon kitobdan ko‘chiriladi);reaksiya tenglamalari; reaksiya davomidagi fizik – kimyoviy o‘zgarishlar; asosiy reaksiyalar mexanizmi; xulosa. Tajriba tugagach, foydalanilgan reaktivlarni o‘z joyiga qo‘yish, shisha idish va asboblarni tozalab yuvib, laborantga topshirish lozim. Foydalanilgan jihozlar ba’zi sabablarga ko‘ra tozalanmay qolsa, uni gruppa navbatchisi laborant bilan maxsus joyga yig‘ib qo‘yishi kerak. LABORATORIYADA RIOYA QILINADIGAN XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI Laboratoriya tajribalarida e’tiborsizlik bilan ishlash oqibatidagina kutilmagan hodisalar sodir bo‘ladi. Ularning kelib chiqish sabablari asosan me’yoridan ortiq qizdirish natijasida idishdan suyuqlik otilib chiqishi, shisha idish va tayoqchalarni toza yuvmaslik, ularning sinishi, sistemada suyuqlikning bir idishdan ikkinchi idishga o‘tib ketishi va boshqalar. Ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish uchun quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga qatoiy amal qilish kerak: ish bajarish tartibini puxta o‘zlashtirmasdan va tajriba o‘tkazish uchun asboblarning to‘g‘ri yig‘ilganligiga ishonch hosil qilmasdan tajribani boshlamaslik kerak; organik va noorganik birikmalarni bevosita xidlash, ushlash, tahmini tatish mutlaqo mumkin emas; simob bilan ishlaganda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Tajriba davomida termometr sinsa yoki simob to‘kilsa, uni tezda maxsus usullar bilan yig‘ib olish va simob to‘kilgan joyga oltingugurt sepish lozim; yonuvchan va uchuvchan suyuqliklarni tajriba stolida ortiqcha miqdorda saqlamaslik, ularni elektr plita yoki gaz gorelkasidan uzoqda saqlash kerak. Umuman, qizdirish maqsadlarida usti berk isitgich asboblardan foydalanish lozim. YOng‘in chiqqan taqdirda avvalo o‘t chiqishga sabab bo‘lgan manba (gaz gorelkasi, elektr rozetka va shunga o‘xshashlar) o‘chiriladi, so‘ngra qum sepiladi yoki yopqich yopiladi. Alanga yoyilib ketish ehtimoli bo‘lsa o‘t o‘chirgichdan foydalanish kerak; reaksiya olib borilayotganda moddalar qizdirilayotgan idishlarga engashib qaramaslik kerak; konsentrlangan kislotani suyultirish zarur bo‘lsa, suvni kislotaga emas, balki kislotani oz-ozdan suvga, idish devori bo‘ylab quyish kerak. Konsentrlangan kislota va ishqorlarni ximiyaviy pipetkalarda o‘lchash qat’iy man etiladi, ularni faqat tomizgich yordamida o‘lchab olish lozim. Kislotalar saqlanadigan idishlarni, albatta, ehtiyotlik bilan, to‘kilmaydigan yoki sachramaydigan qilib ushlash kerak; portlovchi aralashmalar hosil qilish xavfi bor gazlar bilan ishlashda reaktivlar nisbatiga alohida e’tibor berish kerak; talaba shuni yodda tutishi kerakki, reaksiya uchun ishlatilayotgan birikmalar kuchli ta’sir etuvchi reagentlardir (konsentrlangan kislota, ishqor va hokazo). Ehtiyotsizlik kiyim-kechakni, terini, ko‘zni jarohatlash mumkin. SHuning uchun laboratoriyada nojo‘ya harakat qilmaslik, ish stolida faqat zarur buyumlarnigina saqlash kerak. tajribalar tugagach, gaz, suv va elektr asboblarini o‘chirish kerak. talaba laboratoriyada o‘z ish joyini hamma vaqt tartibli va ozoda saqlashi lozim. Download 69.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling