1-laboratoriya ishi. (4-soat) Mavzu: Kiyimning konstruktiv tuzilishi va tashqi shaklini o’rganish. Ishdan maqsad
Download 1.61 Mb.
|
portal.guldu.uz-тбиж лобаратория
Kelib chiqishiga ko’ra :
-tabiiy – o’simlik, hayvonot, mineral; - kimyoviy – sun’iy, tabiiy va sintetik. Kimyoviy tarkibiga ko’ra: - organik; - noorganik. Tuzilishiga ko’ra: - elementar (ko’ndalang yo’nalishi bo’yicha bo’linmaydigan cheklangan uzunlikdagi – paxta, jun); - kompleks ( ko’ndalang birlashtirilgan elementar tolalar – zig’ir, jut); - monotola (cheklanmagan uzunlikdagi elementar tolalar – odatda kimyoviy tolalar, tabiiy ipak va b.). Tolalarning hossa va hususiyatlari kimyoviy tabiatiga ko’ra aniqlanadi(gigiyenik, mexanik termik, kimyovuy hossalar); Tabiiy tolalar quyidagicha bo’linadi: - tabiiy polimerlardan tashkil topgan organik tolalar – selyuloza, oqsil; - noorganik (mineral) – asbest. O’simlik kelib chiqishga ega bo’lgan tolalar- paxta, kanop, jut, zig'ir va b. Bu selyuloza tarkibli tolalar yuqori gigiyenik, gigroskopik, issiqlik o’tkazuvchanlik va mustahkamlikka egadir. Ammo bu tolalar kirishuvchan, g’ijimlanuvchandir. Hayvonot kelib chiqishiga ega bo’lgan tolalar jun, ipak Oqsil va keratin tarkibli jun tolalari yuqori gigroskopik va issiqlik saqlash hususiyatiga ega. Tabiiy ipak tolalari ipak qurtidan olinadi tarkibi seritsin va fibroindan iborat. Yuqori pishiqlik, elastiklik, tovlanuvchanlikka ega. Issiqlik va havo o’tkazuvchanligi o’rtacha. Mineral tolalar Asbest – Si, Mg, Aloksidlaridan tashkil topgan tabiiy mineral tola.Yuqori alangaga va issiqlikka chidamli,mustahkam, past issiqlik, elektr va ovoz o’tkazuvchanlikka ega Kimyoviy tolalar sun’iy va sintetik bo’ladi. Sun’iy tolalar Tabiiy hom ashyodan kimyoviy qayta ishlash yo’li bilan olinadigan tolalar. Gidratselyuloza- viskoza, mis ammiak tolalari va boshqalar. Efirosellyuloza – atsetat, triartsetat va boshqalar. Sun’iy tolalarning hususiyatlari sintetik tolalarga yaqin issiqlikka chidamliligi va gigroskopikligi past ammo chiroyli tashqi ko’rinish, yuqori elastiklikka ega. Sintetik tolalar Oddiy moddalardan sintez yo'li bilan olinadigan polimerlardir - Poliamid, poliakrilonitril, polivinilxloorid, polivinilspirt va boshqalar. Bu tolalar chiroyli tashqi ko’rinishga ega, mustahkam ammo past gigiyenik ko’rsatkichlidir. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling