1-laboratoriya ishi Erkin tushish tezlanishini aniqlash


Download 463.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.11.2023
Hajmi463.44 Kb.
#1781945
  1   2   3
Bog'liq
erkin tushish



1-laboratoriya ishi 
Erkin tushish tezlanishini aniqlash 
Ishning maqsadi
: Ma‟lum balandlikdan tashlangan jismning tushish vaqtini bilgan 
holda erkin tushish tezlanishini aniqlash. 
Kerakli asbob va materiallar
: 1)”Shoxsimon” yorug‟lik datchigi; 2) po„lat sharcha; 
3) elektrosekundomer; 4) masshtabli chizg„ich. 5) ko‟p o‟zakli kabel; 6) ulash 
uchun simlar 
NAZARIY QISM 
Ma‟lumki massaga ega bo„lgan har qanday jismlar o„zaro tortishadilar. 
Nyuton Kepler qonunlari va dinamikaning asosiy qonunlari asosida osmon jismlari 
harakatini o„rganib butun olam tortishish kuchini yaratadi. Bu qonun quyidagicha 
ta‟rifdanadi: massalari m
1
va m
2
bo„lgan va bir-biridan masofada joylashgan ikkita 
ixtiyoriy moddiy nuqtalar massalarining ko„paytmasiga to„g„ri proporsional va 
oralaridagi masofaning kvadratiga teskari proporsional kuch bilan o„zaro 
tortishadilar. Bu qonunning matematik ifodasi quyidagicha yoziladi: 
F=

m
1

m
2
/r
2

bu yerda 

=6,67

10

N

m
2
/kg
2
gravitatsiya doimiysi. 
Hozirgi zamon tasavvurlariga asosan moddiy nuqtalar orasidagi bu o„zaro 
ta‟sir gravitatsion maydon vositasida amalga oshiriladi. Demak, massaga ega 
bo„lgan har qanday jism o„z atrofida gravitatsion maydon hosil qiladi. Yerning 
gravitatsion maydon ta‟siri doirasida bo„lgan har qanday jismga Yer tomonidan 
tortish kuchi ta‟sir qiladi. Boshqa kuchlar ta‟sir qilmaganida yoki ularning o„zaro 
ta‟siri kompensatsiyalashganda gravitatsion maydon hosil qilgan tortishish kuchi 
ta‟sirida qiladigan jismning harakatiga erkin tushish deyiladi.Nyutonning 2-
qonuniga asosan jism erkin tushish paytida ma‟lum tezlanish oladi va bu tezlanish 
og„irlik kuchining tezlanishi yoki erkin tushish tezlanishi deyiladi. Jismlarning 
gravitatsion jismlarga (masalan, Yerga) tortilish kuchiga og‘irlik kuchi deyiladi va 
u kuyidagicha aniklanadi: P=mg, bu yyerda g gravitatsion jismning erkin tushish 
tezlanishi deyiladi. Uning qiymati jism joylashgan nuqtaning vaziyatiga bog„liq. 
Og‘irlik kuchi jismning og„irlik (massa) markaziga qo„yilgan bo„lib doimo Yer 
markaziga tomon yo„nalgan bo„ladi. Agar Yerning o„z o„qi atrofidagi kundalik 
aylanishlarini hisobga olmasak og„irlik kuchining qiymatini Yer sirtida turgan 
jismning Yerga tortilish kuchi qiymatiga teng deb olish mumkin, yani
mg=

mM/R
2
, g=

M/R
2

bu yerda va – mos ravishda Yerning massasi va radiusi. Yer sirtidan ma‟lum 
balandlikda joylashgan nuqtadagi ning qiymati quyidagicha topiladi: 
g
h
=

M/(R+h)
2

Og„irlik kuchining tezlanishini gravitatsion maydon kuchlanganligi deb ham 
ataydilar, chunki bu kattalik maydonga kiritilgan moddiy nuqtaning massasiga 
bog„lik emas va maydonning kuch xarakteristikasi bo„la oladi. Oxirgi ifodadan 
ko„rinadiki, og„irlik kuchi va uning tezlanishi har xil planetalar uchun har xil 
kiymatga ega bo„ladi, chunki planetalar massalari va radiuslari har xil qiymatga 
ega. Planeta sirtidan uzoqdashganda og„irlik kuchi va uning tezlanishining qiymati 
kamayib boradi. 


Havoning qarshilik kuchi bo„lmaganda barcha jismlar tortishish kuchi 
ta‟sirida Yer sirtiga bir xil tezlanish bilan tushadilar. Bu tezlanishga erkin tushish 
tezlanishi yoki tortishish kuchi tezlanishi deyiladi va harfi bilan belgilanadi. Yer 
bilan bog„langan sanoq sistemasida massali har qanday jismga og„irlik kuchi deb 
ataluvchi P=mg kuch ta‟sir qiladi. Undan erkin tushishi tezlanishini topamiz:

Download 463.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling