1-lаbоrаtоriya ishi Matbaa mahsulotlarining asosiy sifat ko’rsatkichlarini aniqlash Ishning mаqsаdi: «O’zbekiston»
Download 45.84 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi bosqichda
- Ikkinchi bosqichda
1-lаbоrаtоriya ishi Matbaa mahsulotlarining asosiy sifat ko’rsatkichlarini aniqlash Ishning mаqsаdi: «O’zbekiston» NMIU da tashqi muhitga doir standart bilan tanishish Qurilmalar: Darsliklarni shriftlarini GOST asosida tekshirib chiqish, nashriyotda ishlab chiqarilgan mahsulotlardan namunalar. Umumiy ma’lumotlar Optik zichlikka ega bo’lgan normallangan shkalani qo’laganda densitometrning absolyut va nisbiy xatoliklarni aniqlash «O’zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi laboratoriyani zamon talablari asosida jihozlash va belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o’tkazish uchun sertifikatsiyalash laboratoriyasini bosqichma-bosqich priborlar bilan jihozlash tavsiya etiladi. Korxonaning ishi asosan qog’ozdan bosma mahsulotlarini tayyorlash bo’lgani sababli, birincha navbatda qog’oz sifatiga qo’yiladigan umumiy talablarni aniqlash uchun priborlarni joriy qilish lozimdir. Bosma qog’ozining hamma turlari uchun qo’yiladigan majburiy umumiy talablar quyidagilardan iborat: mexanik pishiqligi, ifloslanganlik darajasi, qalinligi, zichligi, oqligi, silliqligi, namligi, qayishqoq-elastiklik va plastiklik, shimuvchanlik xossalari. Qog’ozning yuqori darajada oq bo’lishi nashrning aniq, o’qish uchun qulay bo’lib bosilishi bosma bo’rtmalar (ottisklar) bosilgan va ochiq qoldirilgan uchastkalarning kontrastligiga bog’liq bo’ladi. Ko’p rangli qilib bosishda tasvirning aynan bosilishi, ranglarning aniq chiqishi, uning original ranglariga mosligiga oqligi etarli darajada bo’lgan qog’ozga bosilganda erishiladi. Silliqlik – qog’ozning eng muhim bosilish xossasi – uning sirtining migrogeometriyasiga, ya’ni o’simlik tolalari bilan to’ldirgich zarrachalari orasidagi chiqiqlar hamda botiqlar hosil qilgan relefga bog’liq. Qog’ozning mikrogeometriyasi qog’oz sirtining profilogrammasini chizadigan turli tizimdagi profilograf va mikrointerferometrlar bilan nazorat qilinadi. Qog’oz juda gigroskopik material, ya’ni o’zining namligini atrof-muhitning namligiga qarab o’zgartirishi xususiyatiga ega, bu esa uning mexanik xossalariga sezilarli ta’sir qiladi. Qog’ozning namligi 6-8% chegarada bo’lishi optimal variant hisoblanadi. Qog’ozning namligi ortib ketsa, uning mexanik pishiqligi pasayib ketadi, plastikligi ortadi. SHuning uchun laboratoriya sinovlarini havoning nisbiy namligi 65+/-2% va temperaturasi 20+-20S bo’lgan normal sharoitlarda o’tkazish kerak. Qog’ozning shaffofligi – tasvirning bosma bo’rtmasi (ottiski)ning orqa tomonga o’tib ko’rinishini aniqlash bilan xarakterlanadi. YUqorida bayon etilganlarga ko’ra, qog’ozning xossalarini aniqlash, unda ranglarni aniq chiqilishini ta’minlashni nazorat qilish uchun sertifikatlash laboratoriyasini quyidagi bosqichlarda pribor va uskunalar bilan jihozlash lozim bo’ladi: Birinchi bosqichda: Qog’oz silliqligini aniqlovchi pribor – «POG-2M» «Rigla» kompaniyasi mahsuloti, Ukraina. Qog’oz oqligini, shaffofligi va shaffofmasligini aniqlovchi pribor Turli rang tizimlarida rangni aniqlash uchun spektrofotometr Ushbu xossalarni aniqlash uchun X-Rite 528 Series rusumli spektrodensitometr pribori tavsiya etiladi. Ushbu pribor matbaachilikda sifatni nazorat qilish bo’yicha yuqori texnologiyalarni ishlab chiqaruchi AQSHning X-Rite kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Spektrodenistometr X-Rite 528 portativ holda bajarilgan bo’lib, og’irligi akkumulyator batareyasi bilan birga 1,05 kg. 7920 mVt/soat hajmli Ni-MN-batareyalari priborni bevosita elektr tarmog’i orqali ishlatilishini ta’minlaydi. Spektordensitometrning panel korpusining yuqori qismida LCD-displey (suyuq kristalli) o’rnatilgan bo’lib, barcha ma’lumotlarni ko’rsatish va bajariladigan ishlarni tanlash imkoniyatini beradi. SHu erning o’zida interaktiv menyu bo’yicha navigatsiya tugmachalari joylashgan. Ushbu priborni bir qo’l bilan bemalol ishlatish mumkin. Yuqoridagilarni aniqlash uchun GRETAG MACBETH Eye One Pro spektrodensitometridan ham foydalanasa bo’ladi. Ushbu priborlarning surati va texnik xarakteristikalari quyidagichadir. Rasm 1. GRETAG MACBETH Eye One Pro rusumli densitometr
Rasm 2. X-Rite 528 Series rusumli spektrodensitometrlar
Qog’ozni changlanishini aniqlovchi pribor Taxlamdagi qog’oz namligini aniqlovchi vlagomer rN – metr, namlash tizimlarida elektr o’tkazuvchanlikni aniqlash uchun “Ugra”, SPSH-K, RSH-F va boshqa nusxa ko’chirish jarayonini tezkor nazorat qiluvchi shkala Ikkinchi bosqichda: 1. Bo’yoqlarning yopishqoqligini aniqlash uchun lipkomer 2. Bo’yoqlarning qovushqoqligini aniqlash uchun elektron viskozimetr (voronka VZ-4 OST) – “PVK-1” rusumli 3. TM-2 (SHora) yoki TIR tverdomeri Qog’oz sathidagi makro va mikro notekisliklarni (sherxovatost) aniqlovchi pribor – profilograf. Qog’ozlarni elimlash darajasini shtrix usulda aniqlash uchun maxsus to’q ko’k siyoh – rN 2+/-2 Ikkinchi bosqich uchun tavsiya etilayotgan priborlar yordamida bo’yoqlarning yopishqoqligi, qovushqoqligi kabi xosslari aniqlanadi. Download 45.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling