1-Laboratoriya ishi Mavzu: Avtomobil va dvigatelning umumiy tuzilishi. Ishning maqsadi
Download 118.15 Kb.
|
1-labaratoriya
Ishchi yo’lining ketma-ketligi tsilindrning ish tartib nomerlarini belgilaydi, 1.1-jadvalda VAZ va Moskvich rusumli avtomobil dvigatellari uchun tsilindrlarning ishlash tartib nomeri 1-3-4-2 bo’ladi. Shunga o’xshash GAZ-24 «Volga», UAZ-3151 avtomobil dvigatellari uchun tsilindrlarning ishlash tartibi 1-2-4-3; Olti tsilindrli qatorli ZIL-157KD, GAZ-5204 avtomobil dvigatellari uchun tsilindrlarning ishlash tartibi 1-5-3-6-2-4; Olti tsilindrli ikki qatorli V-simon YaMZ-236 dvigatel uchun 1-4-2-5-3-6; Sakkiz tsilindrli ikki qatorli V-simon ZIL-130, GAZ-5312, KamAZ-5320 avtomobil dvigatellari uchun 1-5-4-2-6-3-7-8 bo’ladi. Eslatma: Berilgan variant bo’yicha bitta avtomobil uchun yuqorida ko’rsatilgan chizma bo’yicha qismlarning nomlari aniqlansin. Avtomobilning asosiy texnikaviy ko’rsatkichlari 2.3-jadval
ESLATMA: Laboratoriya ishidagi 2.1, 2.2-jadvaldagi variant bo’yicha berilgan avtomobil rusumlari (6 ta) dvigatellari tsilindrlarining ishlash tartibini nomeri bo’yicha yozing. Shu asosda variant bo’yicha berilgan avtomobil dvigateli tsilindrlarining ishlash tartibini 2.4-jadvalga har bir avtomobil uchun to’ldiring. TSilindrlarning ish tartibi bo’yicha taktlarga bo’ling 2.4-jadval
Ichki yonuv dvigatellarining asosiy texnikaviy ko’rsatkichlari 2.5-jadval.
Eslatma: 2.5-jadvalga Avtomobillar rusumi Laboratoriya ishidagi berilgan variantlar bo’yicha olinadi. VI. Laboratoriya ishi bo’yicha quyidagi savollarga og’zaki javob beriladi. 6.1 Variant bo’yicha berilgan avtomobillar qaysi avtomobil zavodlarida ishlab chiqarilgan, qaysi yili? Avtomobilning asosiy qismlarini ayting? Avtomobilning qismlarining vazifalarini tushuntiring? Avtomobil qismlarining vazifalarini tushuntiring? Jadvalda keltirilgan avtomobillarning turlarini aniqlang? Maxsus avtomobil qaerda ishlatiladi? Avtomobillarda qaysi turdagi dvigatellar ishlatiladi? Dvigatel qanday vazifani bajaradi? Dvigatelning asosiy mexanizmlari va tizimlarini ayting? Yu.Ch.N va P.Ch.N larni tushintiring? Porshen yo’li nima? TSilindrlarni ishchi, yonish kamerasi va to’la xajmlarini tushintiring? Siqish darajasi nima, karbyuratorli va dizel dvigatellarda ularning qiymatlari qanday? TSilindr ichida qanday jarayonlar bajariladi? Takt va tsiklni tushintiring? TSilindrlarning ishlash tartibini tushintiring? Dvigatelning texnikaviy ko’rsatkichlariga qaysi ko’rsatkichlar kiradi? Karbyuratorli va dizel dvigatellarning tuzilishi va ishlashidagi farq nimalardan iborat? Foydalaniladigan adabiyotlar: A.Muxitdinov va boshqalar. Avtomobillar. Konstruktsiyasi asoslari. “Istiqilol nuri” nashriyoti. T.:2015yu 332 bet. A.Muxitdinov, B.Sattivaldiev, SH.Xakimov “Transport vositalarining tuzilishi” (DSIGN OF VEHICLES) “Ta’lim nashriyoti” TOSHKENT-2014 y 158 b. Fayzullayev E.Z. Transport vositalari tuzilishi va nazariyasi. Darslik. 1-qism.-T.: “Yangi asr avlodi”, 2006. -375 b. Mamatov.X Avtomobillar (Avtomobillar konstruktsiyasi asoslari). 1-qism. Toshkent, «O’qituvchi», 1995-y. Mamatov.X Avtomobillar (Avtomobillar konstruktsiyasi asoslari). 2-qism. Toshkent, «O’qituvchi», 1998-y. Download 118.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling