1-laboratoriya ishi Mavzu: Deshifratorni sintez qilish Ishning maqsadi
Download 190.04 Kb.
|
1-Laborotoriya ishi RBT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
- Nazorat savollari
1-laboratoriya ishi Mavzu: Deshifratorni sintez qilish Ishning maqsadi: EWB dasturi yordamida deshifratorni sintez qilishni o‘rganish. Nazariy ma’lumot Uchta A, B va C kirishlarga ega bo‘lgan deshifratorning sxemasi (1-rasm) da ko‘rsatilgan. Kombinatsion sxemaning kirishlariga signallar mantiqiy sathlar generatoridan beriladi. Sxemaning kirishidagi ikkilik kodga mos keluvchi o‘nlik sonni yetti sigmentli indikator ko‘rsatadi. Kombinatsion sxemaning chiqishiga mantiqiy holat indikatori (Red Probe) ulangan. U faqat kirishdagi ikkilik kod o‘nli 0, 1, 5 sonlarga mos kelganda yonadi 1-rasm. Deshifratorni sintez qilish Ishni bajarish tartibi 1. Deshifratorni uchta kirish va bitta chiqishga ega bo‘lgan kombinatsion sxema (KS) asosida sintez qiling. 2. Modellashni boshlashdan avval mantiqiy signallar generatorini (Word Generator) ma’lumotlar bilan to‘ldirish va parametrlarini o‘rnatish zarur (2-rasm). Kuzatish qulay bo‘lishi uchun chiqish kodlarining almashinish chastotasini 0.5 Gs olish maqsadga muvofiq. Chiqish mantiqiy signallarini o‘rnatish oynasida 0000 dan 001F gacha bo‘lgan o‘n oltilik sonlar yoziladi (24.2-rasm). Bu holda generator ishlayotgan vaqtda KS ning kirishiga 0 dan 31 gacha bo‘lgan o‘nli sonarga mos keluvchi ikkilik signallar hosil bo‘ladi. 2-rasm. Mantiqiy signallar generatori Siklik rejimda (Cycle) yoki kod pachkalari rejimida (Burst) generatorning chiqishida faqat kiritilgan ma’lumotlar hosil bo‘lishi uchun ma’lumotlarning boshlang‘ich (Initial = 0000) va so‘nggi (Final = 0007) adreslarini kiritish zarur. Generatorning chiqishidagi ikkilik kodga songa mos keluvchi o‘nli sonni aks ettirish uchun sxemaga raqamli indikator ulash maqsadga muvofiq (24.1-rasm). 3. Deshifratorning sxemasini hosil qilish uchun EWB dasturidagi mantiqiy o‘zgartkichdan (Logic Converter) foydalanish mumkin. Buning uchun avval KS ning mantiqiy funksiyasi normal dizyunktiv shaklda Logic Converter ning pastki oynasiga yoziladi (3-rasm). O‘zgaruvchining mantiqiy inkori Shift klavishasi va o‘ngga strelkani bir vaqtda bosish yo‘li bilan kiritiladi. (24.3-rasm) da deshifratorning kirishdagi ikkilik signal o‘nli nolga mos kelganda ishlaydigan qismining sxemasini hosil qilish ko‘rsatilgan. 3-rasm. Logic Converter KS ning mantiqiy funksiyasini deshifratorning sxemasiga aylantirirish uchun belgisi bosiladi. Bunda YOKI va EMAS elementlardan tashkil topgan sxema hosil bo‘ladi (24.4-rasm). Xuddi shuningdek VA-EMAS elementlardan tuzilgan sxemani olish uchun belgisi bosiladi. Sxemada EMAS elementining ва YOKI elementining shartli belgilaridir. 4-rasm. YOKI va EMAS elementlardan tashkil topgan sxema 5-rasm. Sxemalarni hosil qilish 4. Yuqoridagiga o‘xshash tarzda deshifratorning kirishidagi ikkilik signal o‘nli bir va beshga mos kelganda ishlaydigan qismlarining sxemalari ham hosil qilinadi (5 va 6-rasmlar). 6-rasm.. Sxemalari hosil qilish Hosil qilingan sxemalar o‘zaro birlashtirilib deshifratorning 1-rasmda ko‘rsatilgan sxemasi tuziladi. Kirishdagi ikkilik signallarni kuzatish uchun sxemaga mantiqiy analizator (Logic Analyzer) ham kiritilgan. Uning parametrlarini 7-rasmda ko‘rsatilgandek olish maqsadga muvofiq. 7-rasm. Mantiqiy analizator (Logic Analyzer) 5. Deshifratorning sxemasining qolgan qismlarini ham EWB dasturidagi mantiqiy o‘zgartkichdan (Logic Converter) foydalanib sintez qilish mumkin. 6. Sintez qilingan kombinatsion sxema (deshifrator) kirishiga mantiqiy signallar generatori (Word Generator) dan ikkilik signallar berib tekshirib ko‘riladi. Nazorat savollari 1. Deshifratorlar asosan raqamli qurilmalarning qanday qismida joylashtiriladi? 2. Deshifrator qanday vazifani bajaradi? 3. To‘rtta kirish va 16ta chiqishga ega bo‘lgan deshifrator qanday deshifrator deyilali? 4. To‘rtta kirish va o‘nta chiqishga ega bo‘lgan deshifrator qanday deshifrator deyilali? Download 190.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling