a) b)
4-rasm. To‘liq (a), noto‘liq (b)
xomuza turlari
SHuningdek xomuzalar ravon, noravon va aralash bo‘ladi.
Ravon xomuza. Xomuza to‘liq ochilgan paytda pastdagi va yuqoridagi tanda iplari
bir xil tekislikda joylashgan bo‘ladi. Bunday xomuzada arqoq tashlagichlarni (moki,
rapira, suv tomchisi va h.k) xarakati uchun qulay sharoit yaratiladi(4-rasm-a).
Noravon xomuza. Xomuza to‘liq ochilgan paytda pastki va yuqorigi tanda iplari har
xil tekislikda joylashgan bo‘ladi. Bunday xomuzada arqoq tashlagichlarni (moki,
rapira, suv tomchisi va h.k) xarakati uchun noqulay sharoit bo‘ladi (4-rasm-b).
Aralash xomuza. Xomuza to‘liq ochilgan paytda yuqoridagi
tanda iplari har xil
tekislikda, pastdagi tanda iplari esa bir xil tekislikda joylashgan bo‘ladi (4-rasm-v).
a) b) v)
5-rasm. Ravon (a), noravon (b) va aralash (v) xomuza turlari