1-laboratoriya ishi mavzu: Homuza hosil qilish mexanizmlar Ishdan maqsad
fazasi deb tanda iplarini o‘rta holatda bo‘lgan vaqtiga aytiladi. O‘rta holat
Download 238.99 Kb. Pdf ko'rish
|
1-laboratoriya ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xomuza hosil qilish davri deb
fazasi deb tanda iplarini o‘rta holatda bo‘lgan vaqtiga aytiladi. O‘rta holat
momenti deb o‘z holatini o‘zgartirish uchun qarama-qarshi tomonga xarakatlanayotgan tanda iplarini kesishish momentiga aytiladi. O‘rta holat momentida tig’ bilan to‘qima cheti orasidagi masofaga o‘rta holat miqdori deyiladi va u millimetrlarda yoki dastgox bosh vali aylanishlariga mos graduslarda o‘lchanadi. O‘rta holatdan tanda iplarining bir qismini yuqoriga va bir qismini pastga tomon xarakatlanishi xomuzaning ochilish fazasi deyiladi va u homuzani to‘liq ochilgunicha davom etadi. Arqoq tashlagichlarga (moki, rapira, suv tomchisi va h.k) qulay sharoit yaratish uchun xomuza ochilgandan so‘ng shu holatda ma’lum vaqt xarakatlanmay turishi kerak va bu holat shodalarni turg‘unlik fazasi deyiladi. Turg’unlik fazasidan so‘ng tanda iplari o‘rta xolatga qayta boshlaydi. Bu holat esa xomuzaning yopilish fazasi deyiladi. So‘ngra xomuza hosil qilish yana qaytariladi. 3-rasmda xomuza hosil qilish jarayonining aylanma diagrammasi keltirilgan. O‘.O‘-o‘rta holat fazsi O‘.O‘ 1 - xomuzani ochilish fazasi 2 - xomuzani turg‘unlik fazasi 3 - xomuzani yopilish fazasi 3-rasm. Xomuza hosil qilish jarayo-nini aylanma diagrammasi Xomuza hosil qilish davri deb tanda iplarini dastlabki holatiga qaytguncha bo‘lgan bosh valning aylanishlari soniga aytiladi. Bu davr to‘qima o‘rilishining arqoq bo‘yicha rapportiga teng bo‘ladi. SHodalar xarakatiga qarab uch xil xomuza turi mavjud: ochiq, yopiq va yarim ochiq xomuzalardir. Agar dastgox bosh valining har bir aylanishida barcha tanda iplari o‘rta holatga qaytib kelsa, bunday xomuza yopiq xomuza deyiladi. Agar dastgox bosh valining har bir aylanishida barcha tanda iplari o‘rta holatga qaytmasa ochiq xomuza deyiladi va to‘qima o‘rilishiga qarab bir qism iplar yuqorigi yoki pastki holatlarda qoladi. O‘rta holatdan esa faqatgina yuqoridan pastga yoki pastdan yuqoriga xarakatlanayotgan iplargina o‘tadi. Afzalligi: 1) Iplarning bir qismi xarakatda bo‘lmaganligi uchun, ular kamroq ishqalanadi va xomuza hosil bo‘lishi jarayoniga kamroq energiya sarf etiladi. 2) Mokining xomuza ichidagi xarakati uchun qulay sharoit tuQiladi. Kamchiligi: 1) Tanda iplari har xil holatlarda bo‘lganligi uchun ularning tarangliklari ham har xil bo‘ladi. 2) Uzuqlarni bartaraf etish noqulay bo‘ladi, chunki iplar bir tekis joylashmagan bo‘ladi. Yarim ochiq xomuzada bosh valning har bir aylanishida faqat holatini o‘zgartiruvchan tanda iplarigina o‘rta holatga keladi, qolgan iplar esa o‘z joyida qoladi. YUqori xolatdagi tanda iplari bir oz pastga tushib, shu holatda yuqoriga tomon ko‘tarilayotgan tanda iplari kelguncha to‘xtab turadi. So‘ngra ko‘tarilayotgan tanda iplari bilan birga yana yuqorigi holatga ko‘tariladi. Xomuzalar shakliga ko‘ra to‘liq (4-rasm-a) va noto‘liq (4-rasm-b) xomuzalarga bo‘linadi. Download 238.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling