1-laboratoriya ishi mavzu: Homuza hosil qilish mexanizmlar Ishdan maqsad


fazasi deb tanda iplarini o‘rta holatda bo‘lgan vaqtiga aytiladi. O‘rta holat


Download 238.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana24.03.2023
Hajmi238.99 Kb.
#1292861
1   2   3
Bog'liq
1-laboratoriya ishi (2)

fazasi deb tanda iplarini o‘rta holatda bo‘lgan vaqtiga aytiladi. O‘rta holat 
momenti deb o‘z holatini o‘zgartirish uchun qarama-qarshi tomonga 
xarakatlanayotgan tanda iplarini kesishish momentiga aytiladi. O‘rta holat 
momentida tig’ bilan to‘qima cheti orasidagi masofaga o‘rta holat miqdori deyiladi 
va u millimetrlarda yoki dastgox bosh vali aylanishlariga mos graduslarda 
o‘lchanadi.
O‘rta holatdan tanda iplarining bir qismini yuqoriga va bir qismini pastga 
tomon xarakatlanishi xomuzaning ochilish fazasi deyiladi va u homuzani to‘liq 
ochilgunicha davom etadi.
Arqoq tashlagichlarga (moki, rapira, suv tomchisi va h.k) qulay sharoit 
yaratish uchun xomuza ochilgandan so‘ng shu holatda ma’lum vaqt xarakatlanmay 
turishi kerak va bu holat shodalarni turg‘unlik fazasi deyiladi. Turg’unlik fazasidan 
so‘ng tanda iplari o‘rta xolatga qayta boshlaydi. Bu holat esa xomuzaning yopilish 
fazasi deyiladi. So‘ngra xomuza hosil qilish yana qaytariladi. 3-rasmda xomuza 
hosil qilish jarayonining aylanma diagrammasi keltirilgan. 
O‘.O‘-o‘rta holat fazsi 
O‘.O‘
1 - xomuzani ochilish fazasi 
2 - xomuzani turg‘unlik fazasi 
3 - xomuzani yopilish fazasi 
3-rasm. Xomuza hosil qilish jarayo-nini aylanma diagrammasi
Xomuza hosil qilish davri deb tanda iplarini dastlabki holatiga qaytguncha 
bo‘lgan bosh valning aylanishlari soniga aytiladi. 


Bu davr to‘qima o‘rilishining arqoq bo‘yicha rapportiga teng bo‘ladi. 
SHodalar xarakatiga qarab uch xil xomuza turi mavjud: ochiq, yopiq va yarim ochiq 
xomuzalardir. 
Agar dastgox bosh valining har bir aylanishida barcha tanda iplari o‘rta 
holatga qaytib kelsa, bunday xomuza yopiq xomuza deyiladi. 
Agar dastgox bosh valining har bir aylanishida barcha tanda iplari o‘rta 
holatga qaytmasa ochiq xomuza deyiladi va to‘qima o‘rilishiga qarab bir qism iplar 
yuqorigi yoki pastki holatlarda qoladi. O‘rta holatdan esa faqatgina yuqoridan pastga 
yoki pastdan yuqoriga xarakatlanayotgan iplargina o‘tadi. 
Afzalligi: 1) Iplarning bir qismi xarakatda bo‘lmaganligi uchun, ular kamroq 
ishqalanadi va xomuza hosil bo‘lishi jarayoniga kamroq energiya sarf etiladi. 
2) Mokining xomuza ichidagi xarakati uchun qulay sharoit tuQiladi. 
Kamchiligi: 1) Tanda iplari har xil holatlarda bo‘lganligi uchun ularning 
tarangliklari ham har xil bo‘ladi. 
2) Uzuqlarni bartaraf etish noqulay bo‘ladi, chunki iplar bir tekis 
joylashmagan bo‘ladi. 
Yarim ochiq xomuzada bosh valning har bir aylanishida faqat holatini 
o‘zgartiruvchan tanda iplarigina o‘rta holatga keladi, qolgan iplar esa o‘z joyida 
qoladi. YUqori xolatdagi tanda iplari bir oz pastga tushib, shu holatda yuqoriga 
tomon ko‘tarilayotgan tanda iplari kelguncha to‘xtab turadi. So‘ngra ko‘tarilayotgan 
tanda iplari bilan birga yana yuqorigi holatga ko‘tariladi. 
Xomuzalar shakliga ko‘ra to‘liq (4-rasm-a) va noto‘liq (4-rasm-b) 
xomuzalarga bo‘linadi. 

Download 238.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling