1-Laboratoriya ishi Mavzu Ijtimoiy tarmoqda xavfsizlik choralarini ko‘rish Ishdan maqsad
Download 0.97 Mb.
|
1-Лаборатория иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy tarmoqda akkaunt ochish qoidalari. Ijtimoiy tarmoqda akkaunt ochish qoidalari.
1-Laboratoriya ishi Mavzu Ijtimoiy tarmoqda xavfsizlik choralarini ko‘rish. . Ishdan maqsad: Ijtimoiy tarmoqda xavfsizlik choralarini ko‘rish ko‘nikmalarni hosil qilish. Amaliy tajriba ishini bajarishda zaruriy vositalar va axborot manbalari ta’minoti: har bir tinglovchi uchun ishchi stansiya va ajratilgan kompyuter sinfi. Ijtimoiy tarmoq bo’yicha ma’lumotlar, internet tarmog’i. ma’ruza materiallari. Adabiyotlar ro’yxati. Ijtimoiy tarmoqda akkaunt ochish qoidalari. Ijtimoiy tarmoqda akkaunt ochish qoidalari. Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish uchun Litsenziat Akkaunt yaratadi. Ijtimoiy tarmoqqa kirish uchun Litsenziat tomonidan unikal hisob ma’lumotlari – login va parol yaratiladi, ular maxfiy ma’lumot hisoblanadi va ularni oshkor qilish mumkin emas, amaldagi qonunchilik va/yoki mazkur Shartnomada belgilangan holatlar bundan mustasno. Litsenziat Akkauntining paroli yo‘qolgani sababli u bilan firibgarlik va boshqa noqonuniy harakatlar amalga oshirilish tahdidi uchun Litsenziatning o‘zi javobgar hisoblanadi. Parolni uchinchi tomon topib olmasligi uchun murakkab parolni tanlash tavsiya etiladi. Litsenziatning hisob ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar Litseziar tomonidan ushbu Shartnoma shartlarini bajarish maqsadida qayta ishlanadi. Litsenziya shartnomasi shartlarini bajarish va Litsenziatga Ijtimoiy tarmoq funksiyalaridan foydalanish huquqini taqdim etish maqsadida Litsenziar Ijtimoiy tarmoqning yangi funksiyalarini (jumladan, informatsion, kommunikatsion, reklama, ta’limiy, ko‘ngilochar va boshqa xarakterFdagi xizmat va mahsulotlarini), shuningdek, ruxsat berilgan shaxs va/yoki hamkorlar ishtirokida takomillashtiradi, rivojlantiradi va amaliyotga tatbiq qiladi. Qo‘yilgan maqsadlarning amalga oshishini ta’minlash uchun Litsenziat Litsenziatga tegishli bo‘lgan hisob va boshqa ma’lumotlarini, jumladan, butun sonli va/yoki matnli qiymatlarni va identifikatorlarni amaldagi qonunlarga asoslangan holda qayta ishlashga (jumladan, to‘plash,, yozib olish, tizimlashtirish, jamg‘arib borish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), solishtirish, chiqarib olish, foydalanish, shaxsiylashtirilishining oldini olish, bloklash, o‘chirib tashlash va yo‘q qilish), ularning ruxsat berilgan shaxs va/yoki hamkorlarga taqdim etilishiga rozilik beradi va buning amalga oshirilishini Litsenziarga topshiradi, shuningdek, uning ruxsat berilgan shaxs va/yoki hamkorlardan olingan hisob va boshqa ma’lumotlarini to‘plashni (olish)amalga oshiradi. Hisob ma’lumotlari deganda, Litsenziat Akkaunti va Shaxsiy sahifasini yaratish uchun ro‘yxatdan o‘tish shaklini to‘ldirish orqali Litsenziat Ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tish bosqichida va undan foydalanish jarayonida taqdim etiladigan ma’lumotlar tushuniladi. B oshqa ma’lumotlar deganda, Litsenziat tomonidan Ijtimoiy tarmoqdan va/yoki ruxsat berilgan shaxs va/yoki hamkorlar xizmatlaridan foydalanish jarayonida Litsenziarga taqdim etiladigan ma’lumotlar tushuniladi. Bunday ma’lumotlar texnik vositalar (qurilmalar) hamda Ijtimoiy tarmoqdan va/yoki ruxsat berilgan shaxs va/yoki hamkorlar xizmatlari bilan texnik aloqa qilish usullari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi (jumladan, xost IP-manzili, Litsenziat operatsion tizimi turi, brauzer turi, grafika holati, ta’minotchi haqidagi ma’lumot va boshqalar), Litsenziatning faolligi va ko‘rsatilgan usulda olinadigan boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi Litsenziat haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar to‘planishi va ishlatilishi mumkinligiga rozilik beradi. Litsenziar Litsenziatga tegishli bo‘lgan va oxirgi tomonidan Ijtimoiy tarmoqdan foydalanishda o‘z xohishi bo‘yicha qoldirgan, Litsenziar tomonidan qayta ishlamaydigan, jumladan, ushbu shartnomada ko‘rsatilgan maqsadlarini bajarish uchun boshqa ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin. Litsenziat hisob ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarni qayta ishlash Litsenziat Akkaunti ro‘yxatga olingan vaqtdan u o‘chirib tashlangunigacha bo‘lgan davrda amalga oshiriladi, agar amaldagi qonunchilikda boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa. Litsezion shartnoma shartlarini to‘g‘ri bajarish maqsadida Litsenziar Ijtimoiy tarmoqning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi. Belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun, jumladan, amaldagi qonunlarda ko‘rsatilgan holatlarda, noqonuniy harakatlarni aniqlash, ular haqida surishtirishlarni amalga oshirish va ularning oldini olish maqsadida Litsenziat hisob va boshqa ma’lumotlarining uchinchi tomonga uzatilishiga rozilik beradi. Litsenziat hisob ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarining Ijtimoiy tarmoq funksiyalari asosida Litsenziatning Shaxsiy sahifasida ko‘rsatilishiga, shuningdek, bunday ma’lumotlar uchun Ijtimoiy tarmoq funksiyalari asosida Litsenziat tomonidan boshqa kirish rejimi tanlanmagan bo‘lsa, ular ochiq bo‘lishiga rozilik beradi. Litsenziat ma’lumotlarning, jumladan, hisob ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarning Internet tarmog‘idagi boshqa foydalanuvchilar tomonidan Ijtimoiy tarmoq funksiyalari asosida foydalanilishi mumkinligiga rozilik beradi (bu Litsenziar tomonidan vaqti-vaqti bilan o‘zgartirilishi mumkin). Litsenziar uchinchi tomonning Ijtimoiy tarmoqdagi ma’lumotlardan, jumladan, tijorat maqsadlarida foydalanishini cheklashi mumkin. Ma’lumotlarning Litsenziar tomonidan ishlatilishi mazkur Shartnomaga asoslanadi. Akkaunt ro‘yxatga olingandan so‘ng, Litsenziat Akkaunt, Shaxsiy sahifa va Ijtimoiy tarmoqning boshqa elementlarini Kontent bilan to‘ldirish, taqdim etilgan funksiyalar asosida fotosurat va boshqa materiallarni qo‘shish, uyushmalarga qo‘shilish va Litsenziar tomonidan Ijtimoiy tarmoqdan mazkur Shartnomaga rioya qilgan holda foydalanish sharti bilan taqdim etilgan boshqa funksiyalardan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Litsenziat Litsenziat Akkauntiga joylashtirilgan ma’lumot va hisob ma’lumotlariga kirish imkoniyati Litsenziat tomonidan Ijtimoiy tarmoq funksiyalari doirasida cheklanmagan bo‘lsa, ulardan Litsenziatning Shaxsiy sahifasi orqali boshqa Litsenziat bilan tanishish uchun foydalanish mumkinligini tushunadi va bunga rozilik beradi. Akkauntini oldinroq ro‘yxatdan o‘tkazgan Litsenziatning Ijtimoiy tarmoqqa kirishi har gal shaxsni tasdiqlash jarayoni - Litsenziatning login va parolini kiritish, cookie-fayllar texnologiyasi va Litsenziar ruxsat bergan boshqa usullar yordamida amalga oshirilgan shaxsni avtomatik tasdiqlash natijasida e-pochta orqali olingan giperhavolalarga o‘tish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarmoqda haqiqiylik tekshiruvidan o‘tgan shaxs, foydalanish va boshqarish huquqi shunday tekshiruv natijasida, agar boshqasini tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, olingan Akkaunt tegishli bo‘lgan foydalanuvchi hisoblanadi. Litsenziat Ijtimoiy tarmoqdan foydalanayotganda Litsenziatni Ijtimoiy tarmoqda shaxsini tasdiqlash, shuningdek, Ijtimoiy tarmoqqa tashrif buyurish kabi statistik ma’lumotlarni to‘plash maqsadida cookie-fayllar texnologiyasi qo‘llanishi mumkin. Litsenziat brauzerning tegishli parametrlarini qo‘llash orqali cookie-fayllar texnologiyasidan foydalanishni cheklashi yoki butunlay ta’qiqlab qo‘yishi mumkin. Parol yo‘qolgani, Akkaunt bloklangani va boshqa sabablarga ko‘ra haqiqiylik tekshiruvidan imkoni bo‘lmagan hollarda, Litsenziat Litzenziar yordam xizmatiga murojaat qilish yoki Ijtimoiy tarmoqning «Yordam» yoki boshqa bo‘limlarida berilgan ko‘rsatmalarni bajarish huquqiga ega. Akkauntga kirish imkoniyatini tiklash, Litsenziat shaxsini tasdiqlash usullari Litsenziar tomonidan bir tomonlama tartibda o‘zgartirilishi, bekor qilinishi yoki qo‘shilishi mumkin. Litsenziar Ijtimoiy tarmoqning kechayu kunduz ishlashini ta’minlash uchun tijorat jihatidan asoslangan chora-tadbirlarni qo‘llaydi, lekin texnik nosozliklar, olib borilgan profilaktika ishlari sababli uzilishlar bo‘lmasligiga, shuningdek, Ilovaning to‘liq yoki qisman ishlashiga kafolat bermaydi. Litsenziar Ijtimoiy tarmoq yoki uning istalgan elementlari kelajakdagi aniq bir vaqtda ishlashi yoki ishlashdan to‘xtashiga kafolat bermaydi. Ijtimoiy tarmoq, jumladan, ssenariy, Ilova, Kontent va uning bezatilishi, mobil versiyani «o‘zgarishlarsiz» o‘zida aks ettiradi. Litsenziar Ijtimoiy tarmoq yoki uning elementlari ma’lum bir maqsadda foydalanish uchun mos kelishini hech qanday kafolat bermaydi. Litsenziar Ijtimoiy tarmoq yoki uning elementlaridan foydalanishdan maxsus natijalar olinishiga kafolat bera olmaydi va bunga va’da bermaydi. Litsenziar Ijtimoiy tarmoqqa boshqa Litsenziatlar tomonidan Litsenziatning odob va ahloq haqidagi o‘z qarashlari asosida joylashtirilgan Kontent va Ilovaning mosligiga kafolat bermaydi. Ijtimoiy tarmoqdan foydalanishda Litsenziat Kontentga nisbatan, ayniqsa, boshqa Litsenziat tmonidan joylashtirilgan Kontentga, boshqa material va ma’lumotlarga qattiq e’tibor qaratishi lozim; zararli dasturning Litsenziat kompyuteriga salbiy ta’sir ko‘rsatish, Akkauntga ruxsatsiz kirish, parolni o‘g‘irlash va Litsenziat uchun salbiy bo‘lgan boshqa oqibatlarning oldini olish uchun Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan giperhavolalarga o‘tishda, istalgan fayl, shuningdek, dasturiy ta’minotdan foydalanishda. Litsenziat Ijtimoiy tarmoqqa Kontentni joylashtirish orqali Litsenziarga Kontentdan Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan maqsadlarda foydalanish huquqini taqdim etadi. Litsenziat Kontent va Litsenziar, Litsenziat va boshqa mualliflik huquqi egalarining intellektual faoliyati natijasi hisoblangan boshqa tarkibni mualliflik huquqi egalari roziligisiz va/yoki bunday harakat uchun yetarli bo‘lgan hajmdagi huquqsiz yuklash yoki boshqa usulda barchaga oshkor qilish (Ijtimoiy tarmoqqa joylash, Ijtimoiy tarmoq doirasida e’lon qilish) huquqiga ega bo‘lmaydi. Litsenziar roziligisiz Ijtimoiy tarmoqdagi ma’lumotlarni tijorat maqsadlarida qo‘yish, nusxa olish, to‘plash, tizimlashtirish, saqlash, uzatish va/yoki Ijtimoiy tarmoq ma’lumotlar bazalarini tijorat yoki notijorat maqsadlarda chiqarib olish yoki undan to‘liq yoki qisman foydalanishga ruxsat berilmaydi. Litsenziar roziligisiz ma’lumotlarni to‘plash uchun avtomatlashtirilgan ssenariylardan (dastur, bot, kraulerlar va boshqa avtomatik ma’lumot to‘plash vositalari) foydalanish va (yoki) Ijtimoiy tarmoq bilan aloqa qilish ta’qiqlanadi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling