2. Ortiqcha miqdor cho`ktiruvchining to`la cho`kishga ta`siri.
PbSO4 (EK= 2,2 *10-8) ga o`xshash moddalarni cho`ktirishda, cho`ktiruvchi ekvivalent miqdorda ko`shilganda to`la cho`kish sodir bo`lmasligini ko`rdik. Nazariya va tajriba shuni ko`rsatadiki , cho`ktiruvchi ortiqcha miqdorda olinsa , bu tuzni yanada to’liqroq sho`ktirish mumkin.
Haqiqatan ham EK qoidasiga binoan ortiqcha miqdor cho`ktiruvchi ta`sirida
[ Pb+2] [SO-24]= EKPbSO =2.2*10-8 to`la cho`ktirishga erishish mumkin.
Lekin sifat analizi kursida, cho`ktiruvchidan ortiqcha miqdor qo`shish natijasida cho`kmalarning erib ketish hollarini kurdik. Ma`lumki, cho`kmadagi biror ionlar uzaro bog’lansa, cho`kma qisman yoki to`la erib ketishi mumkin. Masalan, agar biz Zn+2 ionini NH4OH ta`sirida cho`ktirsak Zn(OH)2 cho`kmasi hosil bo`ladi. Ortiqcha miqdor NH4OH qo`shsak ammiakli kompleks hosil bo`lishi natijasida cho`kma erib ketadi:
Demak, yuqoridagi misollardan kurinib turibdiki, cho`ktirilayotgan moddaning tabiatiga karab, qo’shilayotgan cho`ktiruvchining miqdori turlicha ta’sir kursatar ekan. SHu sababli tortma analizda cho`kmaning eruvchanligi tufayli cho`kmay qoladigan qismini kamaytirish uchun, odatda cho`ktiruvchining miqdori reaktsiya tenglamasi buyicha hisoblangan miqdordan 1,5 marta ortiqcha olinadi.
3. To`la cho`kishga temperaturaning ta`siri
To`la cho`kishga temperatura turlicha ta’sir ko’rsatadi. Masalan AgCl ning 1000C dagi eruvchanligi 100C dagi eruvchanligidan 25 marta ko`p. Lekin ko`pchilik cho`kmalarning eruvchanligi atigi 2 marta ortadi.
Nixoyat, shunday hollar ham bo`ladiki, temperaturaning oshishi eruvchanlikning kamayishiga olib keladi. Eruvchanlikning temperaturaga qarab bunday o`zgarishi, erishning issiqlik chiqsa, temperaturaning ko`tarilish bilan eruvchanlikning kamayishiga olib keladi. (Le-Shatel’e printsipiga binoan) va aksincha.
Cho`ktirishni qizdirish yo’li bilan olib borish maqsadga muvofiqdir, chunki bu cho`kma kristallarining yiriklashishiga yoki uning kolloid zarrachalarning koagulyatsiyaga uchrashiga yordam beradi. Lekin temperatura ko’tarilganda eruvchanligi sezilarli ortadigan cho`kmalarni sovutib filtrlash kerak.
Aksincha, agar cho`kmaning eruvchanligi kam bo`lsa, cho`kmani qaynoq holda filtrlash qulaydir, chunki tezroq filtrlanadi, masalan, Fe(OH)3 singari cho`kmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |