1-Laboratoriya ishi Mavzu: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi. Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari


Download 0.78 Mb.
bet44/55
Sana07.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1337748
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55
Bog'liq
Аналитик кимё тажриба 2022.

8 - Laboratoriya ishi
Mavzu: Ishchi ishqor eritmasining konsentrasiyasini aniqlash. Berilgan kislotani foiz konsentrasiyasini aniqlash.
MAQSAD: Neytrallash metodidan foydalanib eritmadagi ishqor miqdorini aniqlash
Kerakli asbob-uskuna va reaktivlar:
-konussimon kolba;
-25 ml li byuretka;
-10 ml li pipetka;
-fenolftalien yoki metiloranj eritmasi solingan tomizgich(indikator);
- shtativ;
-o`lchov kolbasi;
-0,1 n li HCl eritmasi;
-0,1n li NaOH eritmasi;
Ishning bajarilish tartibi: Laborantdan analiz uchun olingan ishqor eritmasining ma`lum miqdori 100-200 ml sig`imli o`lchov kolbasiga solinadi, distillangan suv bilan belgisigacha suyultiriladi va yaxshilab aralashtiriladi. Konussimon kolbaga tekshirilayotgan ishqor eritmasidan pipetka bilan 10 ml o`lchab solinadi, unga 1 tomchi metiloranj eritmasi tomiziladi va indikatorning sariq rangi bir tomchi aislota ta`sirida och pushti rangga o`tguncha xlorid kislotaning ish eritmasi bilan titrlanadi. Agar indikator sifatida fenolftalien ishlatilsa qizil rang rangsiz xolga kelguncha titrlanadi.
Ishqor eritmasining normalligi ushbu formuladan hisoblab topiladi:

So`ngra normallik bo`yicha shu eritmaning titri xisoblab chiqariladi:

ENaOH = 40,01 g-ekv.
O`lchov kolbadagi ishqorning og‘irlik miqdori titr bo‘yicha hisoblab topiladi:
Q=T*V kolba
NaOH va Na2CO3 ning ikkalasi ishtirok etganda ularni aniqlash
Maqsad: Ma`lumki ishqorlar havodan CO2 ni yutib, karbonatlarga aylanadi, masalan: 2 NaOH + CO2=Na2CO3 + H2O
Shu sababli o`yuvchi natriy eritmasida xar doim Na2CO3qo`shimchasi bo`ladi. Ba`zi hollarda ayni eritmadagi NaOH va Na2CO3 miqdorini bilish kerak. Shuning uchun ikkinchi misol tariqasida NaOH va Na2CO3 ning ikkalasi ishtirok etganda ularni aniqlashni ko`rib chiqamiz. Bu masalani hal qilish uchun ikki usuldan foydalanish mumkin. Bu usuldan biri Na2CO3 ning titrlash egri chizig’idan ikkala ekvivalent nuqtani topishga asoslangan: ikkinchi usulda NaOH CO3-2 ionlarini Ba+2 ionlari bilan cho`ktirilgandan so`ng aniqlanadi.
Kerakli asbob-uskuna va moddalar:
-250 ml sig`imli o`lchov kolbasi;
-25 ml sig`imli pipetka;
-25 ml sig`imli byuretka;
-fenolftolien va metiloranj eritmasi solingan tomizgich;
-shtativ;
-0,1 n li HCl eritmasi;
-0,1n li NaOH eritmasi;
-0,1n li Na2CO3 eritmasi;
-hisoblash mashinkasi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling