1-Laboratoriya ishi Mavzu: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi. Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari


Download 0.78 Mb.
bet22/55
Sana07.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1337748
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55
Bog'liq
Аналитик кимё тажриба 2022.

Ikkinchi guruh: xlorid-ioni Sl-, bromid-ion Vr-, yodid-ion I- va sulfid-ion S2-. Bu ionlar Ag+ ionlari bilan suvda qiyin eriydigan va suyultirilgan nitrat kislotada erimaydigan tuzlar hosil qiladi. Suyultirilgan nitrat kislota ishtirokidagi AgNO3 guruh reaktividir.
Uchinchi guruh: nitrat-ion NO3-, nitrit-ion NO2-. Bu anionlarning kumush va bariyli tuzlari suvda yaxshi eriydi. Guruh reaktivi yo`q.
Analizning hamma qabul qilgan sistematik yo`li yo`q. Kationlarning analizidan farqli o`laroq, anionlarning analizida ayrim anionlarni oldindan ajratmasdan to`gridan-to`rgi topish ayniqsa maqsadga muvofiqdir. Uning mumkinligiga sabab shuki, anionlar ko`pincha bir-birining ochilishiga xalaqit bermaydi. Shunga muvofiq, guruh reaktivlari guruhlarni ajratish uchun emas, balki ularni topish uchun qo`llaniladi.
Anionlarga xususiy reaksiyalarini bajarishda shuni nazarda tutish kerakki, ko`pgina anionlarning bariy yoki kumush tuzlari bilan hosil qilingan cho`kmalarining tashqi ko`rinishi bir xil. Shuning uchun cho`kmaning kislotalarda yoki boshqa reaktivlarda eruvchanlik darajasi va xarakteri ustidan aloxida e'tibor bilan kuzatish kerak. Ushbu kislotada eriydigan, 2-3 tomchi eritmadan hosil qilingan shunday cho`kmani bilamizki, u bir necha tomchi suyultirilgan kislota (taxminan 2 n. li) qo`shilganda qoldiqsiz yoki juda ham oz qoldiq bilan eriydi. Biroq, agar taxminan 10 tomchi kislota (yoki boshqa reaktiv) qo`shilganda erish boshlanmasa yoki eritmaning erishi sezilarli bo`lmasa, u xolda cho`kma erimaydi deb hisoblanadi. Anionlarga xususiy reaksiyalarni yozish uchun biz bir qancha o`zgargan shaklni taklif etamiz:
Yozish shakli. Birinchi guruh anionlarining xususiy reaksiyalari

Anion

Muhit

Reaktiv nomi

Kuzatiladigan o`zgarishlar

Cho`kma xossalari

Reaksiya tenglamasi

SO3 2-

Neytral yoki kuchsiz ishqoriy

Bariy xlorid VaS12

Oq cho`kmaning tushishi

Cho`kma
kislotalarda gaz chiqarish bilan oson eriydi

Ca2+, Ba2+ va VaSO3+2NS1=BaCI2+CO2+H2O























































Birinchi guruh anionlarining xususiy reaksiyalari
Birinchi guruhga RO43-, SO32- , SO32-, SO42- anionlari kiradi. VaSl2 neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda guruhviy reaktivdir, chunki bu anionlarning qiyin eriydigan bariyli tuzlari, BaSO4 dan tashqari, kislotalarda eruvchan bo`ladi.
Ag+ ioni ushbu guruh anionlari (SO42-) bilan suvda qiyin eriydigan, suyultirilgan nitrat kislotada oson eriydigan tuzlar hosil qiladi. Aytilganlardan xulosa qilish qiyin emas, SO42- ioni o`zining bariy va kumushli tuzlarining xossalari bo`yicha birinchi guruhning qolgan anionlaridan farq qiladi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling