1-Laboratoriya ishi Mavzu: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi. Laboratoriyada ishlashning umumiy qoidalari


Download 0.78 Mb.
bet30/55
Sana07.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1337748
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55
Bog'liq
Аналитик кимё тажриба 2022.

S2- IONINING REAKSIYALARI
S2- ioni vodorod sulfidning suvdagi eritmasidan iborat bo`lgan vodorod sulfid kislotaning anionidir. Bu eng kuchsiz kislotalardan biri S2- ioni oson oksidlanadi.
1. Kumush nitrat AgNO3 ioni bilan o`zaro ta'sir etib kumush sulfidning qora cho`kmasini hosil qiladi:
Na2S + 2AgNO3 = Ag2S↓+ 2NaNO3
2Ag+ + S2- = Ag2S↓
Kumush sulfid sovuqda suyultirilgan nitrat kislotada erimaydi, ammo unda qaynatilganda eriydi. Ammiakda erimaydi.
Reaksiyaning bajarilishi. Natriy sulfid Na2S ning 2 tomchi eritmasiga kumush nitrat eritmasidan 2 tomchi qo`shiladi va cho`kma tushishi kuzatiladi.
2. Xlorid kislota natriy sulfid eritmasiga qo`shilganda undan vodorod sulfidni ajratadi, uni xididan oson bilish mumkin (palagda tuxum xidi);
Na2S + 2NS1 = H2S + 2NaCl
Qo`rg`oshin asetat Pb(CH3COO)2 eritmasi bilan ho`llangan filtr qog`oz vodorod sulfid ishtirokida qorayadi.
Reaksiyaning bajarilishi. Reaksiya mo`rili shkafda o`tkaziladi, chunki vodorod sulfid juda zaharli. Probirkaga 2 tomchi natriy sulfid Na2S eritmasi tomiziladi va 2 tomchi xlorid kislota qo`shiladi. Probirkaning teshigiga qo`rg`oshin asetat bilan xo`llangan filtr qog`ozning bo`lakchasi yaqin olib kelinadi va qog`ozning qorayishi kuzatiladi.
Uchinchi guruh anionlarining xususiy reaksiyalari
Anionlarning uchinchi analitik guruhiga nitrit ioni NO2- va nitrat ioni NO3- kiradi. Bu anionlarning kumushli va bariyli tuzlari suvda eriydi, buning natijasida na AgNO3, na VaS12 uchinchi guruh anionlarini cho`ktirmaydi. Bu guruhning guruhviy reaktivi yo`q. Nitrit va nitratlarni aniqlash ichimlik suvlarni tekshirish uchun katta ahamiyatga ega. Nitrit va nitratlarning ko`p miqdorda bo`lishi suvni ichish uchun yaramaslik va ifloslanish ko`rsatkichidir.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling