Oqova suvlarni tozalash turlari. Reja
Download 52.1 Kb.
|
Маъруза 14 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch soz va iboralar
Oqova suvlarni tozalash turlari. Reja: 1. Oqova suvlarning tozalash usullarini aniqlash 2. Oqova suvlarni to‘liq tozalash; 3. Oqova suvlarni chuqur tozalash usuli; 4. Oqova suvlar sarfiga asoslanib kerakli inshootlar tarkibi. Tayanch so'z va iboralar: melioratsiya, sho'r yuvish, suv sarfi, xlor ioni, sulfat ioni, quruq qoldiq, sho'r yuvish me'yorlari, muddati, soni Oqova suvlarni tozalash usullarining turlari. Oqova suvlarni tozalash usulini 10 jadvalga asoslanib qabul qilinadi. Keyin shu tanlangan usullarning tozalash inshootlarining tarkibi 11jadval bo‘yicha tanlanadi. Tozalash inshootlarining tarkibini tanlashda stansiyalarning tarkibi, iqlimiy sharoiti, tuproq turi, grunt suvlar sathi, shamol oqimi, tozalangan oqova suvlarni ishlatish imkoniyatlari va ularni suv havzalariga tashlash joylari hisobga olinadi. SHu qiymatlarga asoslanib, quyidagi berilgan 11 - jadvaldan kerakli bo‘lgan tozalash usullari va inshoot turlari tanlanadi. 11-jadval Oqova suvlar sarfiga asoslanib kerakli inshootlar tarkibi.
Oqova suvlarni tozalash usullarining mohiyati va shakllari Oqova suvlarning kerakli bo‘lgan tozalash darajasi topilgandan keyin, 11jadvalga asoslanib, ularning tozalash usullari va inshootlar tarkiblari aniqlanadi: Oqova suvlar quyidagi tozalash usullarida tozalanadi. a) mexanik b) biologik v) fizik-kimyoviy g) kimyoviy d) chuqur (oxirigacha) tozalash. Oqova suvlarni tozalash usullari va ularning mohiyati. A) Mexanik tozalash usulining mohiyati. Bu usulda oqova suvlar tarkibidagi erimagan, ko‘pol, mayda dispersli muallaq suzib yuruvchi moddalarni suzish, tindirish va filtrlash yo‘llari bilan ajratib olinadi, ya’ni mexanik yo‘llar bilan suzib yuruvchi va muallaq moddalarni chiqarishdan iborat bo‘ladi. B) Biologik tozalash usulining mohiyati. Biologik usul bilan oqova suvlarni tozalashda, oqova suvlar tarkibidagi mayda erimagan, erigan va kolloid ko‘rinishidagi organik moddalar havo yordamida biokimyoviy jarayonda mineralizatsiya holatiga o‘tkaziladi. Suvlarni biologik usulda tozalash oqibitida oqova suvlar tiniq, chirimaydigan, nitratli va kislorodli bo‘ladi. Biologik tozalash sharoiti bo‘yicha ikkiga bo‘linadi: tabiiy va sun’iy yaratilgan sharoitda. Tabiiy sharoitda biologik tozalash tuproqdan filtrlash yoki havzalardagi mikroorganizmlar havodagi kislorodni shimishi (yutishi) natijasida organik moddalar mineralizatsiya holatiga o‘tadi. Sun’iy yaratilgan sharoitda biologik tozalash, oqova suvlar tarkibidagi organik moddalarni havo va faol cho‘kmalar yordamida mineralizatsiya holatiga o‘tkazishdan iborat. V) Oqova suvlar fizik-kimyoviy usulda, kimeviy reaksiyaga kirishishi natijasida, erimagan aralashmalar, kolloid va erigan birikmalarning konsentratsiyasini kamaytiradi; erigan birikmalarni erimagan yoki erigan ko‘rinishiga o‘tkazadi. G) Kimyoviy tozalash usulida, oqova suvlarga shunday kimyoviy reagentivlar qo‘shiladiki, natijada ular oqova suvlardagi iflosliklar bilan reaksiyaga kirishib, qisman erigan, kolloid va erimagan moddalarni cho‘kma bo‘lib tushishiga yordam beradi, shuningdek bir xil zaharli erimagan moddalarni zararsiz erigan moddalarga o‘tkazadi. D) Hozirgi davrda suv resurslarini muhofaza qilish, shuningdek tabiatni ekologik holatini yaxshilash va saqlash eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi. SHuning uchun oqova suvlarni mexanik, biologik yoki fizik-kimyoviy yoki kimyoviy usullarida tozalash etarli bo‘lmaydi. CHunki tozalangan oqova suvlarning ifloslik konsentratsiyalar qiymatlari qoida [8] kitobida berilgan shartlarni bajarmaydi. SHuning uchun oqova suvlar oxirigacha tozalanishi zarur.(48 - rasmga qarang). 1-shakl – bu eng sodda tozalash inshooti shakli bo‘lib, bunda oqova suvlar panjaradan o‘tib, faqat eng katta chiqindilar ushlab qolinadi. Bunday shakl qachonki tozalangan oqova suvlar katta suv havzalariga tashlanganda [8] qoida kitobidagi shartlar bajarilganda qo‘llaniladi. (26 A - rasm). 2-shakl – shakl yuqoridagi holda, 1-shakldagidek bo‘lib, faqat 5 mm dan kichik bo‘lgan iflosliklar zarrachilarini ushlash zarur bo‘lganda qo‘llaniladi (26 A - rasm). SHuningdek bunday shakl sanoatdan chiqayotgan oqova suvlarni shahar kanalizatsiyasiga tashlashdan oldin qo‘llash mumkin bo‘ladi. 3-4 shakllar, qachonki xo‘jalik oqova suvlarini havzaga tashlashdan oldin faqat mexanik usulida tozalash zarur bo‘lganda ishlatiladi. 3-shakl - oqova suvlar sarfi 10 ming m3/sutkagacha bo‘lganda, (26 B - rasm). 4-shakl - esa, oqova suvlar sarfi undan ko‘p bo‘lganda qo‘llaniladi, (26 V - rasm). 5-shakl - tabiiy usulda biologik tozalashga kiradi. Oqova suvlar oldin mexanik usulda tozalanadi va sug‘orish yoki filtrlash maydoniga yuboriladi. (35 - rasm) 6-shakl - qachonki oqova suvlar sarfi 10 ming m3/sutkadan ko‘p bo‘lib, sug‘orish va filtralash maydonlar yo‘q bo‘lganda qo‘llaniladi (36 - rasm). 7-shakl - fizik-kimyoviy tozalash usuli asosan sanoatdan chiqayotgan oqova suvlarni tozalashda qo‘llaniladi (44-rasm). 8 shakl - kimyoviy tozalash usuli ham asosan ishlab chiqarishdan chiqayotgan oqova suvlarni tozalashda qo‘llaniladi (43-rasm). 9-shakl - oqova suvlarni 3 pog‘onada tozalash usuli berilgan ya’ni mexanik, biologik yoki fizik-kimyoviy yoki kimyoviy, keyin oxirigacha (chuqur) tozalanadi va bunday tozalangan oqova suvlarni sanoat korxonalarida yoki sug‘orishda ishlatish mumkin (48-rasm). 12-jadval Oqova suvlarni tozalash effekti.
SHahar oqova suvlari asosan mexanik, biologik va oxirigacha usulida tozalanadi, ayrim vaqtlarda fiziko-kimyoviy tozalash usuli ham qo‘llanishi mumkin. Sanoatdan chiqayotgan oqova suvlar esa mexanik, biologik, fiziko-kimyoviy, kimyoviy va oxirigacha tozalash usullarida tozalaniladi. Download 52.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling